Indoneziya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k (via JWB)
Qator 46:
Hukumat mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega boʻlgan xorijiy sarmoyani keng jalb etish siyosatini oʻtkazmoqda. 1967—95 yillarda maʼqullangan investitsiyalarning umumiy hajmi 131,4 mlrd. dollarni tashkil etdi, shundan 30 mlrd. dollardan or-tigʻi neft va gaz qazib olishga ishlatildi. Sarmoya, asosan, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Gonkong, AQSH, Singapur, Tayvan, Niderlandiya, Janubiy Koreyadan olindi. 1995 yildan milliy taraqqiyotning yangi 25 yillik bosqichini amalga oshirishga kirishildi. Bu tadbir I. ni Osiyo-Tinch okean mintaqasidagi yangi sanoatlashgan mamlakatlar darajasiga koʻtarishi moʻljallangan.
 
I.da dengiz transporti yetakchi oʻrinda, Portlari: Tanjungpriok (Jakar-ta porti), Surabaya, Palembang, Balik-papan, Ujungpan. Dengiz savdo flotida 3130 ming t dedveyt tonnajga ega boʻlgan 2 mingdan ortiq kema bor. T.y.ningTemir yoʻlning uz. 6,6 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 266 ming km. Gʻarbiy Yevropadan Avstraliyaga boriladigan havo yoʻli Jakarta orqali oʻtadi. Eng katta neft quvurlari: Tanjung — Balikpapan va Tempino — Plaju.
 
I. chetga gaz, neft, kauchuk va kauchuk mahsulotlari, qalay, kofe va h. k. chiqaradi. Chetdan isteʼmol mollari, sanoat xom ashyosi, chala tayyor mahsulotlar, mashina va asbob-uskunalar keltiradi. Tashqi savdodagi mijozlari: Yaponiya, AQSH, Singapur, Germaniya. Pul birligi — Indoneziya rupiyasi.