Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k (via JWB)
Qator 9:
 
== Tabiati ==
Isroilning dengiz boʻyi qismi kambar pasttekislik, sharqiy qismi bal. 500–1000 m li plato boʻlib, uning sharqiy chekkasi tor, chuqur Hor boti-gʻiga tik tushgan. Xula va Tiveriad koʻllari, Ulik dengiz, janubidajanubda Negev choʻli bor. Fosforit, toshtuz, marmar, mis, temir rudasi, neft, gaz konlari topilgan.
 
Iqlimi subtropik, janubidajanubda va soyliklarda chala choʻl va choʻl iqlimi. Yozi issiq (24—36°), qishi iliq (6—18°). Yillik yogʻin 100–800 mm. Shimoli-shar-qidan Iordan daryosining yuqori qismi oʻtadi. Daryo suvidan sugʻorishda foydalaniladi. Tuprogʻi qoʻngʻir, togʻ boʻz-qoʻngʻir, boʻz, janubidagijanubdagi choʻllarda boʻz-qoʻngʻir. Togʻlarda makvis, gariga, doim yashil eman, qaragʻay va b. usadi. Sirtlon, chiyaboʻri, daman, kemiruvchi va sudralib yuruvchilar koʻp. Qushlarning choʻl va dashtga xos turlari uchraydi.
 
Aholisining 82%i yahudiylar, 16%i arablar, qolgan qismi armanlar, druzlar. Isroil yaxudiylarining yarmidan koʻprogʻi boshqa mamlakatlardan kelgan muhojirlardir. Rasmiy til — ivrit va arab tillari. Koʻpchilik aholi yahudiylik, qolganlari musulmon va xristian dinida. Aholining 90%i shahar va shaharchalarda yashaydi. Yirik shaharlari: Tel-Aviv, Xayfo, Quddus (gʻarbiy qismi), Ramat-Gan.