Mongoliya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k (via JWB)
Qator 12:
Iqlimi quruq, keskin kontinental. Qishi sovuq, kam qorli, serquyosh. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —10°, —35° (eng past temperatura —50°), yozi iliq, qisqa, iyulning oʻrtacha temperaturasi 18—26° (eng yuqori temperatura 40°). Yillik yogʻin 100–300 mm, togʻaarda 500 mm gacha. Mongoliya Oltoyida muzliklar bor. Yirik daryolari: Selenga, Kerulen, Onon, Dzab-xan va Kobdo. Daryolari qor va muzliklardan suv oladi, bahor va yezda toʻlib oqadi. Yirik koʻllari: UbsuNur, Xirgis-Nur, Xubsugul va Hara-UsNur. M. hududining aksari qismi (60%)da kashtan, shuningdek, qoʻngʻir, togʻlarda qora, vodiylarda oʻtloqi tuproqlar tarqalgan. Oʻsimliklarning 2 mingdan ziyod turi oʻsadi. Mamlakatning shimoliy va Shimoli-sharqi dasht, janubiy va janubi-sharqi chala choʻl va choʻldan iborat. Chala choʻlda saksovulzorlar uchraydi. M. hududining 10% oʻrmon. Togʻ yon bagʻirlarida tilogʻoch, kedr, qaragʻay va qayinzorlar bor. Hayvonot dunyosi xilma-xil. Sut emizuvchilarning 100 dan ortiq turi uchraydi. Qumsichqon, qoʻshoyoq, tolay quyoni, ondatra, sobol, tiyin, jayran, maral, boʻri, tulki va h.k. bor. Baʼzi hayvonlar (yovvoyi tuya, yovvoyi ot, gobi ayigʻi) M.dan boshqa yerda uchramaydi. Ulan-Bator yaqinida Bogdo-Oʻla qoʻriqxonasi tashkil etilgan.
 
Aholisining 90% dan ortigʻi mongollar. Mamlakat shimolidashimolda buryatlar, shimoli-gʻarbda qozoqlar, tuvalar yashaydi. Rasmiy tili — mongol tili. Dindorlar budda dinining lamaizm yoʻnalishiga eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 60%. Yirik shaharlari: Ulan-Bator, Darxan, Erdenet.
 
== Tarixi ==
Mongoliya hududida odamlar quyi paleolit oxiridan yashab keladi. Ilk paleolit davrida matriarxal-urugʻchilik, jez davrida patriarxal-urugʻchilik tuzumlari shakllandi. Miloddan avvalgi 4— 3-asrlardan xususiy mulkchilik vujudga keldi, temir buyumlar yasala boshladi, qabilalar ittifoqi yuzaga keldi. Milodiy 4—10-asrlarda Jujan, Turk, Uy-gʻur, Qirgʻiz xoqonliklari vujudga keldi. 10—12-asrlarda M. hududi Kidonlar saltanati tarkibiga kirdi. 13-asr boshida koʻpgina moʻgʻul qabilalari birlashib, Temuchin hukmronligidagi moʻgʻul davlatini tashkil etdi. 1206 yil moʻgʻul noyonlarining qurultoyida Temuchin buyuk xon — Chingizxon deb eʼlon qilindi. 1211 yildan Chingizxon va vorislarining bosqinchilik urushlari boshlandi. 13-asr oʻrtalarida Shimoliy Xitoy, Tangut davlati, Oʻrta Osiyo, Zakavkazye, Eron, Rossiyaning bir kismi Chingizxon qoʻl ostiga oʻtdi. Natijada yirik Moʻgʻullar davlati tashkil topdi. Biroq yagona iqtisodiy bazasi boʻlmagan saltanat bosqinchilik urushlari natijasida vujudga kelgan ichki ziddiyatlar oqibatida parchalanib ketdi. 1368 yil Xitoy, 1380 yilda Rossiya, 14-asrning 2-yarmida Eron, Zakavkazye va Oʻrta Osiyo moʻgʻullar zulmidan ozod boʻldi. 14-asrning oxirgi choragida Moʻgʻullar davlati batamom barham topdi. 15-asrda Esonxon (1440—55 yillarda xonlik qilgan) va Dayanxon (1479—1543 yillarda xonlik qilgan) kabi hukmdorlar birlashgan Moʻgʻul davlatini tiklashga harakat qildilar. Dayanxonning oʻlimidan keyin mamlakat Janubiy Moʻgʻuliston va Shimoliy Moʻgʻulistonga boʻlinib ketdi. Shimoliy Moʻgʻuliston ham oʻz navbatida Gʻarbiy va Sharqiy qismlarga ajraldi. 16-asrda M.ning uchala qismida jami 200 xonlik boʻlgan. 16-asr oxiriga kelib M.da budda dinining lamaizm yoʻnalishi yoyildi va 17-asr boshida davlat diniga aylandi. 1616 yilda Shim.Shimol-Sharqiy Xitoy hududida vujudga kelgan Manjurlar davlati 1634 yil Janubiy Moʻgʻulistonni bosib oldi va uni Ichki Mongoliya deb atadi. 1688 yilda Sharqiy Moʻgʻuliston manjurlar asos solgan Sin sulolasi (1644— 1911) hokimiyatini tan oldi. Shundan keyin Sharqiy Moʻgʻuliston (hozirgi M. xududi) Tashqi Mongoliya deb atala boshladi.
 
Mongoliyada yagona mustaqil davlat — Oyrot xonligi ham 1758 yilda manjurlar tomonidan tugatildi va uning yarim milliondan ortiq aholisi qirib tashlandi. Oʻz hukmronligini abadiylashtirish maqsadida Sin sulolasi M.ni tashqi dunyodan ajratish choralarini koʻrdi. 20-asr boshlarida M. Osiyoningeng qoloq mamlakatlaridan biri edi. M.da 19-asr oxirida boshlangan milliy ozodlik harakati 20-asr boshlarida yanada kuchaydi. 1911 yil aratlarning yirik qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi. 1911 yil noyabrda Urga (hozirgi Ulan-Bator)da Sin sulolasi hokimiyati agʻdarilib, mustaqil M. davlati tuzilganligi eʼlon qilindi. Mamlakatdagi lama ibodatxonasining oliy ruhoniysi — Boʻgʻdixon tuzgan hukumat M. suverenitetining davlatlar tomonidan tan olinishi uchun 3 yildan ortiqroq harakat qildi. 1915 yilda Rossiyaning Kyaxta shahrida chor Rossiyasi, Xitoy va M. vakillarining uch tomonlama konferensiyasi boʻldi, uning qarorlariga muvofiq, M.ning maqomi Xitoy suvereniteti ostidagi va Rossiya homiyligidagi keng muxtoriyat bilan cheklandi. 1919 yilda Xitoy M.ga qoʻshin kiritdi va uning hukmron yuqori tabaqasini muxtoriyat maqomidan voz kechishga majbur qildi. Ammo mongol xalqi mustaqillik uchun kurashni davom ettirdi.