Qirgʻiziston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k (via JWB)
k (via JWB)
Qator 1:
{{Qirgʻizston_info}}
'''Qirgʻiziston''' ([[Qirgʻiz tili|Qirgʻizcha]]: Kirgizstan — [[Rus tili|Ruscha]]: Kirgizstan), Qirgʻiz Respublikasi ([[Qirgʻiz tili|Qirgʻizcha]]. Kirgiz Respublikasi — [[Rus tili|Ruscha]]. Kirgizskaya Respublika) — [[Oʻrta Osiyo]]ning shimoli-sharqida joylashgan davlat. Poytaxti — [[Bishkek]] shahri. Qirgʻiziston [[BMT]]ning aʼzosidir. Mamlakat shimolidashimolda [[Qozogʻiston]], gʻarbida [[Oʻzbekiston]], janubi-gʻarbida [[Tojikiston]] va janubi-sharqida [[Xitoy|Xitoy Xalq Respublikasi]] joylashgan. Qirgʻiziston aholisi bugungi kunda 6 million kishidan ortiq. Uning 72,6 % [[qirgʻizlar]], 14,34 % [[oʻzbeklar]], 10,65 % [[ruslar]] va 8,31 % 5% [[tojiklar]] boshqa turli millat vakillari tashkil qiladi. Umuman mamlakatda 80 dan oshiq millat va elat vakillari istiqomat qiladilar.
 
== Nomini kelib chiqishi ==
Qator 28:
 
== Tarixi ==
Q.da topilgan arxeologik yodgorliklar bu hududda taxminan 300 ming yil ilgari odam yashaganligidan darak beradi. Miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillik boshlarida avval mis, keyinchalik jezdan ishlangan qurollar tarqalgan. Q.ning shimolidashimolda saklar qabila ittifoqi (miloddan avvalgi 7—3-asrlar), keyinchalik ular oʻrnida usunlar (miloddan avvalgi 2-asr — milodiy 2-asr) qabila ittifoqi mavjud boʻlgan. Janubiy rayonlar miloddan avvalgi 2—1-asrlarda Davan davlati, keyinchalik milodiy 1—4-asrlarda kushon qirolligi tarkibida boʻlgan. 5-asrda Q. shimolidagishimoldagi koʻchmanchi qabilalar oʻtroklasha boshladi. 6—7-asrlarda Q. Turk xoqonligi tarkibida boʻldi. Q. Gʻarbiy Turk xoqonligining markazi boʻlib, xoqonlik poytaxti — Suyob shahri Chu vodiysida (Toʻqmoq shahri oʻrnida) joylashgan. Shimoliy K.da oʻtroqhayotning rivojlanishida Oʻrta Osiyoning dehqonchilik vohalaridan koʻchib kelgan aholining roli katta boʻlgan. 6—8-asrlarda koʻchmanchi turkiy qabilalar Oʻrxun-Yenisey yozuvidan, oʻtroq aholi sugʻd yozuvidan foydalangan. Q. hududida shomoniylik, zardushtiylik, buddaviylik va xristian dinlari tarqalgan. 8-asrning boshida Q.dagi siyosiy hokimiyat turgash zodagonlari qoʻliga oʻtgan. 8-asr oʻrtalarida Oltoydan Tyanshanga qarluqlar kelib, bu yerdagi hokimiyatni egallab olishgan. Qarluqlar hukmronligi 10-asr oʻrtasiga qadar davom etgan. Tyanshanda qirgʻiz qabilalari yashagani haqidagi ilk yozma manbalar 10-asrga oiddir. Bu davrda Chu va Talas vodiylarida shahar va qishloqlar soni koʻpaygan. Ular Issiqkoʻl qirgʻoqlarida ham vujudga kelgan. Shahar va qishloqlar aholisi — Oʻrta Osiyoning boshqa viloyatlari bilan bogʻliq boʻlgan hunarmandlar va savdogarlar koʻchmanchilari ip-gazlama, charm, yogʻoch, sopol, metall buyumlar, gʻalla, quruq meva va boshqa bilan taʼmin-lab turishgan.
 
Koʻchmanchilar shaharlarga chorvachilik mahsulotlarini yetkazib berganlar. Qarluqlar mulkining markazi — Chu vodiysi orqali Buyuk ipak yoʻli oʻtgan. 10-asr oʻrtasidan taxminan 12-asr oʻrtalarigacha Q. hududida Qoraxoniylar davlatinnng asosiy qismi joylashgan. Chu vodiysida davlat poytaxti — Bolasogʻun (hozirgi Boʻrona shahri xarobasi) boʻlgan. 10— 12-asrlarda Talas vodiysi kumush va boshqa metallar ishlab chiqarilishining yirik markazi hisoblangan. Koʻplab shaharlarda (Bolasogʻun, Oʻzgan va boshqalar) hunarmandchilik, savdo va madaniyat taraqqiy etgan. 13-asr boshida boshlangan moʻgʻullar istilosi qirgʻiz xalqi shakllanishi jarayonini uzoq muddatga toʻxtatib qoʻygan, koʻplab shahar-qishloqlar (14-asr boshiga kelib) vayron boʻlgan, oʻtroq dehqonchilik xoʻjaliklari tanazzulga yuz tutgan. Shimoliy Q.da shu davrdan boshlab yarim koʻchmanchi chorvadorlik xoʻjalikning yetakchi tarmogʻiga aylangan. Oʻrta Osiyoga moʻgʻullar bilan birga koʻplab koʻchmanchi qabilalar koʻchib kelgan. Tyan-shanning bir qismi va Sharqiy Turkiston Chigʻatoy ulusi tarkibiga kirgan. Chigʻatoy ulusining parchalanishi (1348) natijasida Qashqar, Yettisuv oʻlkasi va Ili vohasida Moʻgʻuliston davlati tashkil topgan. Chigʻatoy xonlaridan Muborakshoh va Baroqxon qoʻl ostidagi qabilalar bilan Yettisuvdan Movarounnahrga koʻchib oʻtadilar. muborakshoh Ohangaron vohasiga, Baroqxon esa Chagʻoniyonga kelib oʻrnashadi. Bu hol Chigʻatoy ulusining ikkiga boʻlinib ketishiga sabab boʻlgan. Shu vaqtdan boshlab, ulusning sharqiy va Shimoli-sharqiy qismida qolgan turkiy va moʻgʻul qabilalari oʻzlarini moʻgʻullar, mamlakatni esa Moʻgʻuliston deb atay boshladilar. 1348 yil Chigʻatoy naslidan boʻlgan Tugʻluq Temur Moʻgʻuliston xoni qilib koʻtarilgan. Amir Qamariddin hukmronligi davrida Amir Temur unga qarshi 1370—90 yillarda 7 marta qoʻshin tortib borgan va uni oʻziga tobe etgan. Amir Temur vafotidan soʻng temuriylar davrida Ulugʻbek 1425 yil Moʻgʻulistonga zafarli yurish qilgan. 15-asrning oxirida Moʻgʻuliston mayda-mayda qismlarga ajralib ketgan. 15-asrning 2-yarmida Shimoliy Q. hududida qirgʻiz qabilalarining birlashuvi natijasida dastlabki mustaqil xonlik vujudga kelgan, uning aholisini bu davrga kelib shakllangan qirgʻiz xalqi tashkil etgan.
Qator 77:
[[1914]] yili [[Rahmonberdi Madazimov]] rahbarligida [[Oʻsh shahri]]da [[Rus-tuzem maktablari|rus-tuzem maktabi]] oʻqituvchilari bilan birgalikda teatr toʻgaragi tashkil etilgan<ref>[http://www.knews.kg/culture/39275_osh_stareyshiy_teatr_respubliki_otmetil_svoe_95-letie/ Osh stareyshiy teatr respubliki otmetil svoyo 95-letie]</ref>.
 
[[1918]] yili Mirzo Rahmonberdi [[hoji]] Muhammadaʼzim [[aʼlam]] oʻgʻli ([[Rahmonberdi Madazimov|Madazimov]]) rahbarligida Ibrohim Musaboyev, Beknazar Nazarov, Joʻraxon Zaynobiddinov, Nazirxon Kamolov, A.Saidov, A.Eshonxonov, Abduqodir Isxoqov, Isroiljon Ismoilov, Jalil Sobitovlar bilan birga [[Qirgʻiziston]]da birinchi boʻlib [[musulmon]] [[aktyor]]lardan iborat [[Turkiston]] [[front]]i harbiy kengashi qoshidagi [[konsert]] [[brigada]]si negizida [[Oʻsh]]da xavaskor [[teatr]] toʻgaragini tuzgan. [[Rahmonberdi Madazimov]] [[Qirgʻiziston]]dagi mahalliy [[musulmon]] [[teatr]] harakatining birinchi asoschisi va [[Oʻsh]]dagi [[oʻzbek]] [[teatr]]ining birinchi badiiy rahbari va asoschisi boʻlgan. [[1919]] yili [[teatr]] toʻgaragi teatr [[drama]] [[truppa]]siga aylantirilgan. Ushbu [[truppa]] [[Qirgʻiziston]]ning janubidajanubda nafaqat [[teatr]] [[sanʼat]]ini, balkim professional [[musiqa]] [[sanʼat]]ining rivojlanishiga ham yuksak [[hissa]] qoʻshgan<ref>[https://archive.is/ZiH72 Oni stoyali u istokov]</ref>. Chunki [[truppa]]ning [[repertuar]]ida [[drama]] [[asar]]laridan tashqari, koʻplab [[konsert]] [[dastur]]lari namoyish etilardi, shuningdek [[musiqa]]li [[spektakl]]lar qoʻyilardi, bu professional [[musiqachi]]lar yetishib chiqishiga aloxida bosqich boʻldi. [[Teatr]] [[truppa]]si [[Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatri]]ini tuzishga asos boʻlgan.
 
Ushbu [[teatr]] [[Oʻzbek milliy akademik drama teatri|Toshkentdagi Hamza nomli Oʻzbek milliy akademik drama teatridan]] keyin [[Markaziy Osiyo]]dagi eng keksa [[teatr]]dir.