Moʻgʻullar istilosi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Manbalar: {{no iwiki}} andozasi oʻchirildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali
Qator 1:
'''Moʻgʻullar istilosidavlatining tashqi siyosati''' - Chingizxon boshchiligidagi moʻgʻullarning Osiyo va Sharqiy Yevropaga qilgan bosqinchilik yurishlari (13-asr). Moʻgʻul noʻyonlari harbiy tashkilot tuzib, koʻp xalqlarni bosqinchilik urushiga tortdilar. Ular qoʻshinining asosiy kuchi — koʻchmanchilardan iborat koʻp sonli va juda harakatchan otliq askarlar edi. Ular bosq-inchilik urushlarida bosib olgan mamlakatlarining harbiy kuchi va texnika yutuqlaridan ham foydalanganlar. Qoʻshin birlashgan qoʻmondonlikka ega boʻlib, qattiq institutizom va yaxshi qurollanganligi hamda oʻzining jangovar si-fatlari bilan qoʻshni mamlakat qoʻshinlarida,n ustun turar edi. Osiyo va Sharqiy Yevropaning juda koʻp mamlakatlaridagi ichki nizolar va rahbar tabaqaning xoinligi moʻgʻullarning osonlik bilan gʻalabaga erishishiga qoʻl keldi.
 
Moʻgʻullar istilosi Chingizxon ʼoshshqmoʻgʻullar davlatining tashkil topishidan boshlanib, 13-asr oxiriga qadar davom etgan. 1207—11 yillarda Sibir va Sharqiy Turkiston xalqlari (buryat, yoqut, oyrot, qirgʻiz va uygʻurlar) boʻysundirildi. Tangut davlati (Si-Sya)ga qarshi bir qancha yurishlar qilindi (1227 yil butunlay vayron qilindi). 1211 yil Chjurchjen davlati (Shim. Xitoy)ga hujum boshlandi, 90 ga yaqin shaharni vayron qilib, 1215 yil Pekinni bosib oldilar. 1217 yil Xuanxe daryosining shim. dagi yerlarning hammasi moʻgʻullar qoʻliga oʻtdi.