Shukur Burhonov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
'''Shukur Burhonov''' (1910.15.9 Toshkent — 1987.14.8) — [[Oʻzbekiston xalq artisti]] (1940). 1928 yildan Hamza teatrida ishlagan. 30- yillar koʻproq oʻz zamondoshlari rollarini ijro etdi: Hamza asarlaridagi Gʻofir ("Boy ila xizmatchi"), Odilbek ("Xolisxon") obrazlarida aktyorning yangi qirralari ochildi. Urush yillari Oleko Dundich ("Oleko Dundich"), Battol ("Muqanna"), Jaloliddin ("Jaloliddin Manguberdi"), urushdan keyin general Sobir Rahimov ("General Rahimov"), Maksimov ("Dengizchilar uchun") kabi rollarni oʻynadi. Keyinchalik romantik aktyor, fojiaviy rollarning mohir ustasi sifatida shuhrat qozonib, chuqur falsafiy mazmunga ega boʻlgan obrazlar yaratdi: Hamlet, Romeo, Brut ("Hamlet", "Romeo va Julyetta", "Yuliy Sezar"), Voynitskiy ("Vanya togʻa"), Mirzo Ulugʻbek ("Mirzo Ulugʻbek"), shoh Edip ("Shoh Edip"), Sulaymon ota ("Qiyomat qarz") va boshqa gʻoyaviy, psixologik va plastik jihatdan toʻlaqonli, romantik hissiyoti, koʻtarinkiligi bilan ajralib turadigan monumental fojiaviy rollardir. Ayniqsa Shoh Edip roli bilan B. sahnada katta iz qoldirdi. Undagi tashvish, dard, iztirob, tugʻyon sahnamasahna kuchayib boradi. Aktyor bunday kuchli dramatizmga, fojiaviylikka ichki kechinmalar, bosiq harakatlar, xilmaxil maʼnolarni anglatuvchi boqishlar va kuzatishlar, oʻziga xos dardli va musiqaviy nutqtufayli erishdi. Edip rolida aktyorlik sanʼatidagi intellektuallik, emotsionallik, romantik joʻshqinlikni bir-biriga payvand qilib, ilohiy va azaliy qismatlarni faol inkor etuvchi, jamiyat faravonligi va insoniy fazilatlar uchun kurashuvchi buyuk inson obrazini yaratdi. Hamlet obrazida esa qaynoq qalbli, joʻshqin, qudratli inson sifatidagi fazilatlarni mohirona talqin etdi. B. ijodi ijtimoiy, falsafiy va gʻoyaviy mazmunga toʻla, ufqi keng, koʻp qirrali. U romantik, fojiaviy dramatik, lirik harakterdagi va hatto satirik rollarning mohir ijrochisi. Aktyor qanday rol oʻynamasin inson takdiri va uning ijtimoiy muhit bilan munosabatini haqqoniy tasvirlashga erishdi.
 
B. oʻzbek kino sanʼati taraqqiyotiga ham katta hissa qoʻshdi. U yaratgan Qorabotir ("Tohir va Zuhra"), Gʻofir ("Boy ila xizmatchi"), Shoh Kalin ("Ilya Muromes"), Qalandarov ("Sinchalak"), Mirzo Ulugʻbek ("Ulugʻbek yulduzi"), Matniyoz ("Uzoqyaqin yillar"), Husan ota ("Bardosh") kabi rollari rangbarangligi, ijro mahorati, obraz talqinining mukammalligi bilan jahon kino sanʼatida yuqori baholangan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureata (1965).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
Qator 5:
== Manbalar ==
{{manbalar}}
* Olidor O., Shukur Burxanov, M., 1952; Teshabayev Dj., Geroykrupnim planom, T., 1972; Rahmonov M., Silmilshteyn T., Shukur Burhonov, T., 1974.
 
{{OʻzME}}
{{stub}}
 
{{DEFAULTSORT:Burhonov, Shukur}}
[[Turkum:Oʻzbekiston xalq artistlari]]
[[Turkum:1910-yilda tugʻilganlar]]
 
[[Turkum:1987-yilda tugʻilganlar]]
 
[[Turkum:14-avgustda vafot etganlar]]
{{stub}}