Sulaymon Najafov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Sulaymon Narimon oʻgʻli Najafov''' (1937.25.7, [[Ozarbayjon Respublikasi]] Aqdam tumani — 1993.25.10, [[Jizzax]]) - [[teatr]] rassomi, [[Oʻzbekiston]]da xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989). [[Boku]] shahridagi rassomlik bilim yurtini (1968) va Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1976). 1976 yildan Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax viloyat musiqali drama teatrida, 1991 yildan Jizzax viloyat qoʻgʻirchoq teatrida rassom. N. ijodi adabiy asardagi milliy va badiiy gʻoyaning tasviriy obrazini sahna bezaklarida yaratishga qodirligi bilan diqqatga sazovor. Jizzax teatrining "Xolisxon" (1978), "Zoʻraki tabib" (1978), "Oygul va Baxtiyor" (1979), "Kelinlar qoʻzgʻoloni" (1979), "Vatan ishqi" (1981), "Xonuma xonim" (1982), "Katta oʻgʻil" (1984), "Qasam va vijdon" (1988) kabi, Jizzax qoʻgʻirchoq teatrining "Temirboyning sarguzashtlari" va boshqa spektakllari shular jumlasidan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
Qator 8:
{{bio-stub}}
[[Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari]]
[[Turkum:1937-yilda tugʻilganlar]]
[[Turkum:1993-yilda vafot etganlar]]
[[Turkum:25-iyulda tugʻilganlar]]
[[Turkum:25-oktabrda vafot etganlar]]
{{DEFAULTSORT:Najafov, Sulaymon}}