Oʻzbek adabiyoti: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Emoji Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k 213.230.103.131 tahrirlari PlanespotterA320 versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Qator 30:
: Yirik adib va dinshunos. [[Xorazm]]ning [[Raboti Oʻgʻuz]] qishlogʻida tugʻilgan, u yerda qozilik qilgan. [[Moʻgʻul]] istilosi davrida yaratilgan birdan-bir yirik asar „[[Kisasul-Rabgʻuziy]]“ muallifi. Asar moʻgʻul hukmdori [[Toʻqbugʻa]]ning topshirigʻi bilan hijriy 710 yilda (mil. 1310 yil) yozilgan..
 
== Oʻzbek Mumtoz Adabiyoti ==
What for guys Greg hulk 😂💀👀 the best 😂😂😍😍👀 hgff the first to comment on your website and it was great gcfyg the best of weather hgff and of go ahead f of the first one I have a great day today to comment to comment on the best 😂😂😂😍😍👀 the best of luck in the best of luck in your 💓💓💓💓💓❤️💓💓💓✋✋✋✋💓 the best 🙌😘🙌😘 to comment on the phone with me and I will be 💯💯💯💯💯💗💗 RTT gggg
(XIV Asr-XIX Asrning Birinchi Yarmi)
=== Temuriylar davri adabiyoti (14-15 asrlar) ===
Temuriylar davri adabiyoti (14-15 asrlar)
 
* [[Sayfi Saroyi]]
: Oʻzbek mumtoz adabiyotining isteʼdodli vakillaridan biri. Xorazm yaqinidagi Qamishli qishlogʻida tugʻilgan. Oltin Oʻrda davlatining poytaxti Saroy shahrida yashagan, hayotining soʻnggi yillarini Misrda oʻtkazgan va u yerda vafot etgan.
 
* [[Lutfiy]]
: 15 asr oʻzbek sheʼriyati takomilida oʻziga xos oʻringa ega, katta isteʼdod sohibi, „Malikul-kalom“ (Navoiy), tuyuq janrining ustasi.
 
* [[Xorazmiy]]
: Isteʼdodli shoir, temuriylar davri adabiyotining yirik namoyandasi. Xorazmiy — shoirning adabiy taxallusi, ismi va hayoti voqealari maʼlum emas. Birgina asari „Muhabbatnoma“ (1353) Sirdaryo boʻylarida yozilgan va Oltin Oʻrda hukmdorlaridan Muhammad Xoʻjabek (Oltin Oʻrda xoni Jonibekning oʻgʻli)ga bagʻishlangan.
 
* [[Husayn Boyqaro|Husayniy]] (Husayn Boyqaro)
: Taniqli shoir va davlat arbobi. Hirot yaqinida tugʻilgan. 1469 yildan umrining oxirigacha Xuroson podshohi. Uning hukmdorligi yillarida iqtisodiy va madaniy hayot yaxshilangan. Navoiyning maktabdosh doʻsti va homiysi.
 
* [[Alisher Navoiy]]
: Ulugʻ oʻzbek shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi. Gʻarbda chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda „nizomi millati va d-din“ (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulugʻlanadi.
 
* [[Bobur, Zahiriddin Muhammad|Zahiriddin Muhammad Bobur]]
: Ulugʻ oʻzbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi; markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisi.
 
* [[Atoyi]]
: Mumtoz sheʼriyatda gʻazal janrining taraqqiyotiga hissa qoʻshgan shoir. Balx shahrida yashagan, yassaviylik tariqati shayxlaridan Ismoil otaning oʻgʻli. Mirzo Ulugʻbek saroyga bir qancha shoir va olimlarni taklif etganda, ular orasida Atoyi ham bor edi.
 
* [[Sakkokiy]]
: 15 asr sheʼriyatining isteʼdodli vakillaridan biri. Mumtoz adabiyot taraqqiyotida gʻazalgoʻy va qasidanavis shoir sifatida mashhur. Movaraunnahrda tugʻilgan, hayotining asosiy qismini Samarqandda Shohruh Mirzo va Ulugʻbek saroyida oʻtkazgan.
 
* [[Gadoiy]]
: Oʻzbek mumtoz sheʼriyatining taniqli namoyandasi, 1403-04 yillarda tugʻilganligi taxmin qilinadi. Temuriylar xonadonining vakillaridan biri.
 
=== 16 asr-19 asrning birinchi yarmi ===
* [[Shayboniy]]
: Taniqli oʻzbek shoiri, davlat arbobi, oʻzbekxonlar sulolasining asoschisi, „hazrati imomuz-zamon xalifatur-rahmon“ (zamona imomi va xalifasi) unvoniga erishgan.
 
* [[Muhammad_Solih_(shoir)|Muhammad Solih]]
: Oʻzbek epik sheʼriyati taraqqiyotida iz qoldirgan isteʼdodli shoir, Shayboniy saroyida „amirul-umaro“, „malikush-shuaro“ unvonlarini olgan.
 
* [[Ubaydiy]]
: Taniqli shoir, davlat arbobi, tasavvuf adabiyotining namoyandasi. Buxoroda tugʻilgan, Shayboniyxonning jiyani. Buxoro xoni sifatida (1533—1539) mamlakatda obodonchilik va madaniy-maʼrifiy ishlarni yuksaltirgan.
 
* [[Abulgʻozi Bahodirxon]]
: Mashhur adib, tarixchi olim va davlat arbobi, turkiy xalqlar shajarasining yaratuvchilaridan. Abulgʻozi Bahodirxon Xiva xoni Arabmuhammad oilasida (1603) tugʻildi. Oʻn uch yoshligidan (1616) boshlab, toj-taxt uchun kurashlarda ishtirok etgan. Abulgʻozi 1644 yilda Xorazm taxtini egallaydi, 20 yil hukmronlik qiladi, 1644 yil aprelda vafot etadi.
 
* [[Soʻfi Ollohyor]]
: Yirik oʻzbek adibi, tasavvuf adabiyotining namoyandasi. Samarqandning Minglar qishlogʻida (1644) tugʻilgan. Oʻn yoshlarida Buxoroga oʻqishga boradi, 25 yoshida Buxoro bojxonasida bojgir boʻlib ishlaydi. Keyinroq Shayx Navroʻz qoʻlida 12 yil tahsil oladi. 1721 yilda Surxondaryo Vaxshivorda vafot etadi. Qabri oʻsha yerda.
 
* [[Boborahim Mashrab]]
: Ulugʻ oʻzbek shoiri, tasavvuf adabiyotining yetuk namoyandasi Boborahim Mashrab Mulla Vali oilasida (1653) dunyoga kelgan. Mullo Bozor Oxund qoʻlida oʻqiydi. 1665 yilda Qashqarga Ofoq Xoʻja huzuriga borib bilimini yanada chuqurlashtiradi. 1673 yildan boshlab umrining oxirigacha qalandarlarcha hayot kechiradi. Balx hokimi Mahmud Qatagʻon tomonidan (1711) dorga osiladi.
 
* [[Muhammadniyoz Nishotiy]]
: Taniqli oʻzbek shoiri, liro-epik sheʼriyat tarraqqiyotida alohida oʻringa ega. Xorazm (1701)da tugʻildi. Ijodiy merosidan lirik sheʼrlari va „Husnu Dil“ dostoni yetib kelgan. Sheʼrlari „Gʻazaliyot va muxammasoti Nishotiy“, „Bayozi mutafarriqa“, „Bayozi majmuai ash`or“ kabi manbalarda jamlangan. Muhammad Yusuf Chokar tomonidan koʻchirilgan devoni (1903) OʻR FA ShI da (inv.1197, 7013,1117, 1027, 7054) saqlanadi.
 
* [[Xoʻjanazar Huvaydo]]
: Isteʼdodli shoir, tasavvuf adabiyotining yirik namoyandasi. Xoʻjanazar Gʻoyibnazar oʻgʻli Chimyonda (1704) tugʻilgan. Nasl-nasabi oʻshlik boʻlib, otasi Gʻoyibnazar Sharq olamida mashhur qashqarlik Ofoq Xojaning muridi boʻlgan. Huvaydo dastlab Chimyonda, keyin Qoʻqon madrasalarida tahsil oldi. Chimyonda (1780) vafot etgan, qabri oʻsha yerda.
 
* [[Nurmuhammad Andalib]]
: Isteʼdodli adib, dostonchilik taraqqiyotida alohida oʻringa ega. Xivada tugʻilgan, Xiva va Buxoro madrasalarida taʼlim olgan. Munis va Ogaxiyning „Firdavsul-iqbol“, Bayoniyning „Shajarayi Xorazmshohiy“ asarlarida fikrlar bor.
 
* [[Shermuhammad Munis]]
: Yirik oʻzbek shoiri, tarixnavis, davlat arbobi Shermuhammad Munis Xiva yaqinidagi Qiyt qishlogʻida Avazbiy mirob oilasida (1778) tugʻildi. 1800 yilda otasi va ogʻa-inilari vafot etadi. Xorazmda Avazbiy inoq, va uning oʻgʻli Eltuzarxon davrida yashadi, saroyda bosh mirob vazifasini bajardi. Munis „Firdavsul-iqbol“ nomli tarixiy asarini Eltuzarxonning taklifi bilan yozishni boshlaydi. Unda qadimiy tarixdan boshlab 1813 yilgacha boʻlgan voqealarni yozib qoldiradi. Asarni Ogahiy yakunlaydi. Munis 51 yoshida vabo kasalidan vafot etadi.
 
* [[Jahon otin Uvaysiy]]
: Atoqli shoira, oʻzbek shoirlari murabbiysi Jahonotin Uvaysiy Margʻilonda tugʻilgan. Otasi Siddiq bobo ikki tilda sheʼrlar yozgan. Onasi Chinnibibi otinoyi boʻlib, akasi Oxunjon hofiz sifatida mashhur edi. Uvaysiyni Hojixon ismli kosibga uzatishgan, biroq shaxsiy hayoti quvonchli kechmagan. U Nodira bilan hamdardlikda Qoʻqonda xon saroyida yashay boshlaydi. 65 yoshligida Margʻilonda vafot etadi.
 
* [[Amiriy]] (Amir Umarxon)
: Yirik oʻzbek shoiri, adabiy maktab asoschisi, tarixnavis va davlat arbobi. Amirsaid Muhammad Umarxon Qoʻqonda tugʻilgan, Qoʻqon xoni Olimxonning ukasi. Davlat arbobi sifatida Margʻilon hokimi (1807—1810), Qoʻqon xoni (1810-22) boʻlgan. 1808 yilda Andijon hokimi Rahmonqulibiyning qizi Mohlaroyim (Nodira) ga uylangan. „Devon“ tartib bergan, „Umarnoma“ dostonining muallifi. Asarlari turli bayozlarda ham eʼlon qilingan, uning torshirigʻi bilan „Muhabbatnoma“ majmuasi tartib berilib, Usmonli xalifasi Maxmud II ga tortiq qilingan.
 
* [[Nodira]] (Komila)
: Taniqli shoira, davlat arbobi. Asl ismi Mohlaroyim, Andijon hokimi Rahmonqulibiy oilasida dunyoga keldi. 1808 yilda oʻsha paytda Margʻilon hokimi boʻlgan Amir Umarxonga turmushga chiqadi. 1810 yilda akasi Olimxon oʻrniga taxtga chiqqan Umarxon bilan Qoʻqonga keladi. 1822 yil Umarxonning fojeali vafotidan soʻng oʻgʻli Maʼdalixon bilan birga Qoʻqon xonligini boshqaradi. Madrasa, masjid, karvonsaroylar qurdiradi. Ilm ahliga rahnamolik, faqirlarga homiylik qiladi. 1842 yil Buxoro xoni Amir Nasrulloh tomonidan qatl etiladi.
 
* [[Muhammadsharif Gulxaniy]]
: Taniqli oʻzbek adibi, oʻzbek adabiyotida satirik maktab yaratuvchilaridan biri. Oʻratepada (ayrim manbalarda Namangan viloyatida) tugʻilgan, hayot yillari nomaʼlum. Turk va fors tillarida asarlar bitgan. „Zarbulmasal“ asari Umarxonning torshirigʻi bilan yozilgan. U haqda Fazliyning „Majmuai shoiron“, Vozehning „Tuhfatul-ahbob“, Avazmuhammad Attorning „Tarixi jahonnoma“ asarlarida maʼlumot bor.
 
* [[Muhammad Rizo Ogahiy]]
: Ulugʻ oʻzbek shoiri, tarixnavis, tarjima maktabining asoschisi va davlat arbobi Muhammad Rizo Ogahiy Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogʻida Erniyozbek mirob oilasida (1809) tugʻildi. Uch yoshligida otasi oʻlib, amakisi Munis tarbiyasida qoldi. 1829 yilda Munis vafotidan keyin Ogahiy bosh miroblik vazifasiga tayinlandi. 1857 yilda miroblikdan isteʼfo beradi. Qolgan umrini ijodga bagʻishlaydi. 1874 yilda 65 yoshida vafot etadi.
 
== Yangi Oʻzbek Adabiyoti ==