Andoza:Yaxshi maqola — versiyalar orasidagi farq

xulosa tahrirlanmadi
(New)
[[Fayl:Where Rivers and Mountains Sing.jpg|right|120px]]
'''„Where„[[Where Rivers and Mountains Sing|Where Rivers and Mountains Sing: Sound, Music, and Nomadism in Tuva and Beyond“Beyond]]“''' („Daryolar va togʻlar kuylovchi yerlar: Tiva va uning atrofidagi hududlarda tovush, musiqa va koʻchmanchilik“) ({{lang-ru|Музыка новых номадов. Горловое пение в Туве и за ее пределами}}; „Yangi koʻchmanchilar musiqasi. Tiva va uning atrofidagi hududlarda [[jir]] ijrosi“) — amerikalik musiqashunos va etnograf [[Theodore Levin]] qalamiga mansub kitob. Kitob matnini boshdan-oyoq Levin yozgan boʻlsa-da, muallif unga yaqindan koʻmaklashgan va u bilan gʻoyalarini boʻlishgan [[tiva]]lik etnograf olima Valentina Suzukeyni hammualif oʻlaroq koʻrsatgan. Kitobda [[Oltoy togʻlari]] yaqinida yashovchi koʻchmanchi xalqlar, xususan, [[tivalar]], [[xakaslar]], [[oltoylar]], [[moʻgʻullar]], [[qozoqlar]] va [[qirgʻizlar]] musiqiy merosi haqida soʻz yuritiladi. Kitobda, shuningdek, tivalik jirovlardan iborat „Xun-Xurtu“ musiqiy guruhi faoliyati atroflicha yoritilgan.
 
Asar ilk bor 2006-yil [[AQSh]]ning Bloomington shahrida Indiana University Press nashriyotida chop etildi. 2010- va 2019-yillarda qayta nashr qilindi. 2012-yil [[Moskva]] shahrida „Klassika XXI“ nashriyotida Ilya Kun oʻgirgan [[Rus tili|ruscha]] tarjimasi chop etildi. Kitob 40 qoʻshiq va kuyni oʻzida jamlagan hamroh [[kompakt-disk]] hamda 25 ta videolavhani oʻzida jamlagan DVD disk bilan nashr qilingan. Kuylarning barchasini va videolarning aksarini Levinning oʻzi yozib olgan. Kitobda, shuningdek, Oltoy xalqlari musiqasi va musiqiy hayoti toʻgʻrisida yozilgan ilmiy asarlar bibliografiyasi keltirilgan.