Xushnud Xudayberdiyev: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MrErgashev (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 25:
 
== Blogerlik faoliyati ==
[[2012-yil]]dan buyon „Xushnudbek.uz“ shaxsiy saytini yuritadi. Shuningdek, 2018 yil may oyida Telegram messenjerida kanal ochgan. Hozirda uning [[Telegram]] kanalini 197247 mingdan koʻproq obunachi kuzatib boradi.<ref>[https://uz.tgstat.com/blogs Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdievning Telegram kanali]</ref> 2018 yilgi blogerlar chempionatida 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan.<ref>[https://blog.xabar.uz/natijalar Bloggerlar chempionati]</ref> 2019 yilda esa yilning eng yaxshi blogeri deb topilgan.<ref>[https://sof.uz/post/eng-yaxshi-bloger-kim Sof.uz nashri yilning eng yaxshi blogerini aniqladi]</ref> U 2004 yildan buyon [[Zakovat]] intellektual klubining aʼzosi va muntazam efir oʻyinlarida ishtirok etib keladi. Efir orqali ilk marta 2005 yil iyun oyida oʻyinlarda ishtirok etgan. Faoliyati davomida 9 marta Oliy liga finalida ishtirok etib, ulardan 4 tasida jamoasi bilan chempion boʻlgan.
Zakovat intellektual oʻyinlarida erishgan yutuqlari: Toʻrt karra [[Zakovat]] oʻyinlari chempioni (2007, 2009, 2011, 2016 yillar); 2008, 2010, 2012, 2015 va 2018 yillarda Oliy liga oʻyinlari finalchisi; 2008 hamda 2012 yilgi Oliy liga final oʻyinidagi „[[Zakovat]] terma jamoasi“ aʼzosi; 2008 yilda „Yilning eng yaxshi yosh bilimdoni“ nominatsiyasi sohibi; 2011 yilda „Yilning eng faol bilimdoni“ nominatsiyasi sohibi; 2013 yilda „Tomoshabinlar mehrini qozongan bilimdon“ nominatsiyasi sohibi.