Birlashgan Millatlar Tashkiloti: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k 139.194.37.72 tahrirlari Malikxan versiyasiga qaytarildi
Teglar: Eski holiga qaytarish Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
[[Tasvir:UN flag.png|right|156px|thumb|Birlashgan Millatlar Tashkiloti]]
 
'''Birlashgan millatlar tashkiloti''' (BMT) ([[inglizcha|ing]]. ''United Nations'') — yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni taʼminlash, davlatlarning o‘zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot. 1945-yilda tuzilgan. BMTni barpo etish haqidagi qaror SSSR, AQSH, Angliya va Xitoy tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida 1943-yilda, Ustavi esa SanFransisko konferensiyasida 1945-yilda qabul kilindi. BMT Ustaviga dastlab 51 davlat imzo chekkan, 2000-yilda esa ular soni 189 ga yetdi. BMTning doimiy ish o‘rni (shtab kvartirasi) — NyuYork. BMT Ustavida ko‘rsatilganidek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning teng huqukdi bo‘lishi va o‘z takdirini o‘zi belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini rivojlantirishni, iktisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni hal etishda xalqlar o‘rtasida hamkorlik bo‘lishini taʼminlashni ko‘zda tutib, shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini uyg‘unlashtirib turadigan markaz hisoblanadi.
 
2000-yil 6—8 sentabrda BMTning 55-sessiyasi doirasida "Ming-yillik sammiti" bo‘lib o‘tdi. Unda 155 dan ortiq mamlakatning davlat va hukumat boshliqlari ishtirok etdi. Mazkur anjumanda umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiyiktisodiy, ekologiya va xavfsizlikka doyr muammolar muhokama qilinib, yangi yuz-yillikning dastlabki-yillarida amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan tadbirlar belgilandi. Sammit ishtirokchilari yakdillik bilan kabul qilgan deklaratsiyada 2015-yilgacha ’minlashda, Bosh Assambleya va BMT boshqa organlari qarorlari amalda bajarilishida yordam beradi. Kotibiyat quyidagi departamentlar va boshqarmalarga bo‘linadi: Siyosiy masalalar va Xavfsizlik Kengashi ishlari departamenti, Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti, Vasiylik va o‘z-o‘zini boshqarmaydigan hududlar departamenti, Nazorat boshqarmasi, Xodimlar boshqarmasi, Bosh kotibning maʼmuriy idorasi, Ijtimoiy axborot boshqarmasi, Konferensiyalarga xizmat qilish boshqarmasi, Umumiy xizmat boshqarmasi, BMTning Jeneva bo‘limi. BMT sessiyasi yidda bir marta chaqiriladi. Xavfsizlik Kengashining yoki BMT aʼzolari ko‘pchiligining talabi bilan har qanday masala yuzasidan maxsus sessiyalar chaqirilishi mumkin. BMTning rasmiy tillari — ingliz, fransuz, rus, ispan va xitoy tillari bo‘lib, ingliz, fransuz, ispan tillarida ish yuritiladi.