Tojiklar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 32:
}}
 
'''Tojiklar''' ({{lang-tg|Тоҷик}}, [[Fors tili|fors]]. ''تاجک [tɔː'ʤɪk]'') — [[Markaziy Osiyo]]dagi eng qadimgi xalq. [[Tojikiston]] [[Respublika]]siningsi asosiy aholisi (7 mln. 800 mingdan ortiq, 2010). Oʻzbekistonda (rasmiy 1 mln. 500 mingdan ortiq, 2020; norasmiy 10 mln.dan 12 mln.gacha, asosan, Samarqand, Buxoro, Surxandaryo, Qashqadaryo hamda Fargʻona Vodiysi, shuningdek kichik miqdorlarda boshqa hududlarda), Afgʻonistonda (13 mln. 500 ming), Xitoyning sharqida (50 mingdan ortiq), Eron Xurosonida (500 mingdan ortiq), Rossiya Federatsiyasida (300 mingga yaqin), Qozogʻistonda, Qirgʻiziston va Turkmanistonda, shuningdek, Pokistonda yashaydilar. T.ning umumiy soni 10 mln.dan ortiq. Asosiy qismi tojik-dariy tilida soʻzlashadi. Togʻli Badaxshon Muxtor viloyati hamda Yagʻnob aholisining asosiy qismi sharqiy eron tillari guruhi oilasiga kiruvchi tillarning dialektlarida soʻzlashadi. T. asosan, islom dinining sunniy mazhabiga, Badaxshon aholisining aksariyati esa shia mazhabining ismoiliya oqimiga eʼtiqod qiladi.
 
T.ning etnik maydonda shakllanishiga Markaziy Osiyoda yashagan bir qator etnik guruh va qabilalar, chunonchi asosan sugʻdiylarso'gʻdiylar, baqtriyaliklar, toxarlar, koʻchmanchi sak va skiflar katta taʼsir koʻrsatgan.
 
T. T.i shimoliy va janubiy T.ga boʻlinib, har 2 guruh geohududiy kelib chiqishiga qarab yana bir qancha guruhlarga boʻlinadi. Chunonchi: xoʻjandlik, buxorolik, samarqandlik, chustlik, kosonsoylik, rishtonlik, so'xlik, darbandlik, koʻloblik, garmlik, pomirlik, darvozlik, romitlik, vaxonlik, gʻozimaliklik, yovonlik, kobullik, balxlik, panjsherlik, g'aznilik, hirotlik va hokazo. Pomirda yashovchi T., sharqiy eroniy tillarining turfa dialektlarida soʻzlashishlariga qaramasdan, ular ham oʻzlarini T.ning ajralmas qismi sifatida eʼtirof etadilar. Sababi T.ning eng qadimgi ajdodlari baqtriyaliklar, so'g'dlar, qadimgi xorazmliklar, saklar sharqiy eroniy tillarda so'zlashishgan. 9-asrda arab bosqinidan so'ng asli balxlik eroniylar xonadoniga mansub Somonxudot avlodlari Markaziy Osiyoda ulkan davlatga asos solishadi. Somoniylar deb atalmish ushbu davrda hukmdorlar uyg'onish davrini boshlab berishadi va aynan fors tilini davlat tili deb e'lon qilishadi. Natijada Buxoro va Balx Somoniylar davrida Yangi [[Fors tili]] vujudga kelishi va rivojlanishiga tayanch bo'lib xizmat qiladi. [[Arab]] va [[fors]] tillari eng muhim tillarga aylandi. Jumladan, arab bosqini natijasida sharqiy eroniy tillariga kiruvchi [[so'g'd tili]] barham topgan va [[o'lik tillar]] qatoriga kirgan edi. Uning o'rnini esa g'arbiy [[eroniy tillar]]idan biri [[Fors tili]] egallaydi va keyinchalik aynan Somoniylar davrida Sharq adabiyotining tayanch tiliga aylanishiga debocha yaratiladi. 20-asr T., uchun eng og'ir davr hisoblanadi. Aynan Erondagi forslar va hozirgi hududlarda yashayotgan tojiklar bir til - [[Fors tili]]da suhbatlashishlariga qaramasdan, Markaziy Osiyolik T.,ning yozuvi kommunistlar tomonidan kirill alifbosiga o'zgartirildi va unga xalq nomidan kelib chiqib [[tojik tili]] deb nom berildi. Bu o'z navbatida tojiklarning ming yillik tarixi va madaniyatidan judo qildi.
 
T.ning xoʻjalik mashgʻuloti qadimdan, asosan, sunʼiy sugʻorishga asoslangan dehqonchilik va bogʻdorchilik hisoblanib, chorvachilik ham muhim rol oʻynagan. Shuningdek, binokorlik va hunarmandchilik: yogʻoch oʻymakorligi va ganchkorlik, kashtachilik, choʻptaroshlik (tovoq, choʻmich va qoshiqlar yasash) keng rivojlangan.