Elektrokardiogramma: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Elektrokardiogramma''' (elektro., kardio... va gramma) (EKG) — yurak muskuli ishlayotganda hosil boʻlgan elektr impulslari yozib olingan egri chiziq. E. elektrokardiograf yordamida qogʻozga yoki fotoplyonkaga tushiriladi. Butun gavdaga tarqaluvchi yurak toklari (harakat toklari) EKG si gavdaning turli qismlari (koʻkrak qafasi, qoʻl va oyoqlar)ga oʻrnatilgan va elektrokardiografga ulangan elektrodlar bilan yozib olinadi. Hozirgi zamon tibbiy texnika yutuqlari tekshirilayotgan odam ancha uzoq masofada boʻlsa ham tele yoki radiouzatkichlar yordamida EKGni yozib olish imkoniyatiga ega. Bunday usullar ogʻir jismoniy sinovlarda, sportchilar, kosmonavtlar va boshqalarning yurak faoliyatini kuzatish imkoniyatini beradi.
Sogʻlom odamlar EKGsi gavda tuzilishi, yoshi va boshqalarga bogʻliq. Ammo normal EKGda har doim yurak muskulining ketmaketketma-ket qoʻzgʻalishini aks ettiruvchi tishchalar va intervallar (oraliqlar)niintervallarni farq qilish mumkin. Turli kasalliklarda EKG tishchalarining oʻlchami, oraliqlari va yoʻnalishi, intervallar (segmentlar)ning davom etishi hamda joylagdishi anchagina oʻzgaradi. EKG yordamida yurak ritmining turli oʻzgarishlari, yurakning ishemik kasalligi, miokard infarktining xarakteri va bosqichlari aniqlanadi. EKG yurak kasalliklarini diagnostika qilishda boshqa usullardan samarliroq hisoblanadi.
== Normal EKG ==
Odatda EKGda 5 ta tish ko'rinadi: P,Q,R,S,T
'''P tish'''
* I, II, aVF, V2-V6 tarmoqlarda doim musbat
* III, aVL, V1 tarmoqlarda musbat, ikki fazali, III va aVL da bo‘lsa manfiy bo‘lishi ham mumkin
* aVR tarmoqda doim manfiy
* Davomiyligi 0,1 s dan oshmaydi, amplitudasi – 1,5-2,5 mm
* P-Q interval – 0,12-0,2 s
'''Q tish'''
* V1-V3 dan boshqa barcha tarmoqlarda yozish mumkin
* aVR dan boshqa barcha tarmoqlarda amplitudasi R tishning ¼ qismidan oshmaydi, davomiyligi – 0,03 s
* aVRda normada chuqur va keng Q tish yozilishi mumkin, hattoki QS kompleks ham
'''R tish'''
* Barcha tarmoqlarda yoziladi. aVRda yaxshi ko`rinmasligi yoki umuman yo`qolishi mumkin
* Ko‘krak tarmoqlarida V1 dan V4 gacha amplitudasi ortib boradi, keyin kamayib boradi.
* RV1,V2 qo‘zg‘alishning qorinchalararo to‘siq va o‘ng qorincha bo‘ylab tarqalayotganini ko‘rsatadi. RV4,V5,V6 qo‘zg‘alishning chap qorincha va qisman o‘ng qorincha bo‘ylab tarqalayotganini ko‘rsatadi.
* Amplitudasi standart va kuchaytirilgan tarmoqlarda 20, ko‘krak tarmoqlarida 25 mm gacha.
'''S tish'''
* Amplitudasi turli tarmoqlarda katta farq qiladi, lekin 20 mm dan oshmaydi.
* V1 dan V4 gacha amplitudasi pasayib boradi, V5,6 da yo‘qolishi ham mumkin.
* QRS 0,1 s dan oshmaydi.
'''T tish:'''
* RS-T segment standart va kuchaytirilgan tarmoqlarda izoliniyada joylashgan (±0,5 mm)
* V1-V3 izoliniyadan ko‘tarilishi mumkin (<2 mm), V4,5,6da bo‘lsa pasayishi mumkin (<0,5 mm)
* T tish I, II, aVF, V2-V6 da doim musbat
* III, aVL va V1 da musbat, ikki fazali yoki manfiy bo‘lishi mumkin. aVRda doim manfiy.
* Amplitudasi standart va kuchaytirilgan tarmoqlarda 5-6 mm gacha, ko‘krak tarmoqlarida 15-17 mm gacha bo‘lishi mumkin.
* Davomiyligi 0,16-0,24 s.
== Adabiyotlar ==
1. https://t.me/Cardio_03_15