Rejissyorlik sanʼati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Rejissyorlik sanʼati''', rejissuragandoni yaratiwrejissura — garmonik bir butun va muayyan yaxlitlikka ega boʻlgan tomosha, koʻrinish yaratish sanʼati (teatr, kino, telefilm, sirk va estradada). Rej. sahna asari yoki kinofilm yaratish jarayonida ijodiy xodimlar — aktyor, yakkaxon, rassom, kompozitorga (kino va televideniyeda operatorlarga ham) va yordamchi xodimlarga rahbarlik qiladi. Rejissyorlik sanʼati drama teatrida pyesa tanlash, uning gʻoyasi, janr va badiiy xususiyatlari, tasvirlanayotgan davr, muallifning ijobiy uslubini oʻrganishdan boshlanadi. Rej. asar talqini uchun saxna vositalarini izlaydi, har bir personaj harakteri va umuman, spektakl talabiga monand aktyorlar tanlaydi, sahnaviy ritm va surʼatni belgilaydi, mizansahnalar yaratadi, rassom va kompozitor bilan hamkorlikda asarni badiiy bezash prinsiplarini ishlab chiqadi. Realistik spektakldagi yaxlit va chuqur xaqqrniylik bir-biri bilan uzviy bogʻlangan "uch haqiqat" (hayotiy, ijtimoiy va saxnaviy) asosida yaratiladi (V. I. NemirovichDanchenko). Agar rej. ulardan birini eʼtibordan chetda krldirsa, boshqalari ishonarli chiqmaydi. Rejissyorlik sanʼatida aktyor bilan ishlash muhim oʻrin tutadi. Rejissyorlik sanʼatisahna ijodining mustaqil turi sifatida ajralib chiqquniga qadar, sahnalashtiruvchi vazifasini muallif, yetakchi aktyorlar bajargan.
 
Uygʻonish davrida Yevropada sayyor professional teatr bilan birga muallif, aktyor va rej. vazifalarini oʻtagan truppa rahbari ham yuzaga keldi. 16—17-asrlarda Rejissyorlik sanʼatining rivojiga U. Shekspir, J. Molyer, Lope de Vegalar muhim qissa qoʻshgan. Burjua maʼrifatparvarligi davrida Rejissyorlik sanʼati nazariyasi yaratila boshladi ([[Lessing Gotxold Efraim|G. Lessing]], [[Didro Deni|D. Didro]]). G. Lessingning izdoshi F. L. Shreder Gamburg teatrida birinchi boʻlib, aktyor oʻz rolinigina emas, pyesani ham toʻliqoʻrganishini joriy etdi. Bu prinsiplarni F. Talma ([[Fransiya]]) davom ettirib, Rejissyorlik sanʼatida klassitsizmdan romantik teatr tomon burilish yasadi.