Muso: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Islom lug'at programmasi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Muso''' — Qurʼonda tilga olingan pay-gʻambarlardan biri. Qad. yahudiy manbalarida Moshe, xristian manbalarida Moisey nomi bilan maʼlum. Yahudiylikka eʼtiqod qiluvchilar M.ni iudaizm asoschisi deb hisoblaydilar. Qurʼonning bir necha suralarida M.ning nomi qayd etilgan. Baʼzi rivoyatlarda M. "Bani Isroil" qabilasida tugʻilishi, Misr podshohi (firʼavn)ning taxtdan ketishiga sababchi boʻlishi, taqdir taqozosi bilan Misrdan qochib ketishi va arab qiziga uylanganligi aytiladi. Xudo M.ni Isroil qabilasini Firʼ-avn zulmidan ozod qilib, Misrdan olib chiqib ketishga daʼvat qiladi. Unga Sino togʻida "10 vasiyat" tosh la-vhasini takdim etadi. M. qoʻlidagi tayo-qning ilonga aylanishi, choʻntagidan qoʻlini chiqarganda oyna kabi yaltirab koʻzlarni qamashtirishi kabi moʻʼjizalarga ega boʻlgan. Unga Tavrot nozil etilgan. M.ni yahudiylar, musulmonlar, xristianlar paygʻambar deb hisoblaydilar.
Muso alayhissalom «ulul azm» («sabot-matonatli») payg‘ambarlardan biridirlar. U zotning «Kalimulloh» degan laqablari ham bor. Muso alayhissalomning hayotlari kufrga, isyonga, shirkka qarshi kurash bilan o‘tgan.
 
Banu Isroil Yusuf alayhissalom davrlarida asl vatanlaridan Misrga hijrat qilgan edi.
Akalari Yusuf alayhissalomni quduqqa tashlab ketganlaridan so‘ng karvondagi yo‘lovchilar u kishini topib olib, Misr aziziga, ya’ni vazirga sotishdi.