Asalari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
[[Fayl:A welcome visitor. (23101201893).jpg|thumb|right|asalari]]
'''Asalari''', '''bolari''' (Apis mellifera L.) — arilar oilasining bir turi. Ari vatani Janubiy Osiyo hisoblanadi. Hozirgidavrda janubiy kengliklardan Chekka Shimolgacha tarkal-gan. Arilar, asosan, oila bo‘lib yashaydi. Bir oila bir ona (xalq tilida „podshosi“ deb ham yuritiladi), bir necha ming ishchi va bir necha yuz erkak Aridan iborat. Ona Ari tanasi uz. 20 — 25&nbsp;mm, vazni 200 — 250&nbsp;mg, bahordan kuzga kadar tuxum qo‘yish va oilani boshqarish vazifasini bajaradi. Qanoti tanasining yarmini qoplaydi, nektar, gul changini yig‘uvchi apparatining yukligi bilan farq qiladi. Ona Arining jinsiy aʼzolari rivojlan-gan. 5 yilgacha yashaydi (tajribali asalarichilar ona Ani har ikki yilda yangilab turadilar). Bir sutkada 2 — 2,5 ming-tagacha tuxum qo‘yadi. Otalangan tuxumlardan 21 kunda ishchi Ari, otalanmagan tuxumlardan 24 kunda erkak Ari chiqadi. Agar lichinkalarni ishchi Arilar asalari suti bilan oziqlantirib tursa 16 kunda ona Ari chiqadi. Tuxumdan chiqqan ona Ari 7 — 8 kunda jinsiy balog‘atta yetadi. Er-kak Ari tanasi uz. 15 — 17&nbsp;mm, vazni 200&nbsp;mg, qorin qismi to‘mtoq bo‘lib, oldingi qanotlari uzun, gul changi va nektar yi-guvchi apparati, nayzasi yo‘q, ko‘kragi keng, hartumi qisqAri Bir oilada 80 — 100 tagacha erkak Ari bo‘ladi. Asosiy va-zifasi ona Arini urug‘lantirish (asosan, havoda juftlashadi, urug‘lantirganidan keyin halok bo‘ladi). Ular uyada faqat yozda bo‘ladi, kuzda oilada urchish ishlari to‘xtashi bilan ularni ishchi Arilar uyadan quvib chiqaradi. Ishchi Ari tanasi uz. 11 — 15&nbsp;mm, vazni o‘rtacha 100&nbsp;mg, jinsiy aʼzolari rivojlanmagan, urgochi asalarilar bo‘lib, yozda 35 — 40 kun, qishda 3 oy yashaydi. Bir oilada yozda 60 — 80 ming, qishda 10-15 ming ishchi Ari bo‘ladi, soatiga 60&nbsp;km tezlikda ucha oladi, oiladan 2 — 3&nbsp;km va undan ortiq masofaga uchib borib, nektar va gul chan-gini yig‘ish, nektarni asalga aylanti-rish, mum ishlash, lichinkalarni boqish, katak qurish, uyani qo‘riqlash kabi ishlarni bajaradi. A qadimdan qimmatbaho mahsulotlar bo‘lgan asal, propolis, mum, ona asalari suti, asalari zahari va boshqalarni olish, shuningdek qishloq xoʻjaligi ekinlarini mevali bog‘larni changlatish uchun boqiladi (qarang Asalarichilik). Ari oilasi bir mavsumda 683140 — 150&nbsp;kg asal to‘playdi, bundan 100&nbsp;kg Ari taʼminotiga sarflansa, 40 — 50&nbsp;kg asal ajratib olinadi. Ari oila aʼzolarining xizmat faoliyati o‘zaro bog‘liq bo‘lganidan ularning birortasi ham o‘zicha mustaqil hayot kechira olmaydi.Zotlari: O‘rta Rossiya o‘rmon (qoramtir) Ari zoti (Asalari millifera) — eng ko‘p tarqalgan zotlarga kiradi. Arilari yirik, asaldorligi yuqori, sovuqqa chidamli, har bir oiladan 100&nbsp;kg gacha asal olish mumkin. Kavkaz (Gruziya) tog‘-qo‘ng‘ir Ari zoti (Asalari cavcasica) — aso-san, Zakavkaze, O‘rta Osiyoda tarkal-gan. Karpat Ari zoti — G‘arbiy Ukrai-naning tog‘li rayonlari va Karpat ortida ko‘p uchraydi. Rangi qoramtir, tabiati yumshoq, hartumi uzun. Italiya sariq Ari zoti (Asalari ligustuca)ning kelib chiqishi Italiya hisoblanib, Kanada, AQSH, Av-straliya va Yangi Zelandiyada tarqalgan. Keyinchalik Finlyandiya, Yaponiya, Xi-toy va Hindistonga ham keltirilgan. 1964 — 70 yillarda O‘zbekistonga kelti-rib sinalgan. Paxta ekiladigan yerlarda yuqori mahsuldorlikka erishildi. Uzoq Sharq Ari zoti — Uzoq Sharq (Pri-more, Xabarovsk)da ko‘p tarqalgan. Zot Ukraina, O‘rta Rossiya, Italiya va Kav-kaz Arilari ishtirokida yetishtirilgan, mahsuldorligi o‘rtachAri Kraina kulrang Ari zoti (Asalari carnica) — Yugoslaviya, Av-striya tog‘larida keng tarqalgan. Tashqi ko‘rinishdan Kavkaz tog‘-qo‘ng‘ir Arisiga o‘xshaydi, mahsuldorligi o‘rtachAriO‘zbekiston chorvachilik ilmiy tadqiqot institu-tida Arilar bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>