Imom al-Buxoriy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k 78.186.36.104 tahrirlari 84.62.149.92 versiyasiga qaytarildi
Teglar: Eski holiga qaytarish Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 15:
}}
[[Fayl:Мемориальный комплекс Аль-Бухари 05.JPG|thumb|Imom al-Buxoriy maqbarasi, Samarqand yaqiniga]]
...
'''Buxoriy''', Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al Buxoriy) (810.21.7, Buxoro — 870.31.8, Samarqand yaqinidagi Hartang qishlog‘i) — islom olamining yirik mutafakkiri. Muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni deb ham yuritiladi.Otasi Ismoil o‘z davrining yetuk muhaddislaridan, Malik ibn Alasning shogirdi va yaqinlaridan biri bo‘lib, tijorat ishlari bilan shug‘ullangan. Onasi taqvodor, diyonatli, oqila ayol edi. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5—6 yoshidan islomiy ilmlarni, Muhammad (s.a.v)ning hadislarini o‘rganishga va yodlashga kirishadi. Taniqli muhaddislar — Doxiliy, Muhammad ibn Salom Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf Poykandiy, Abdulloh ibn Muhammad Masnadiy va boshqalardan saboq olgan. Azaldan muhaddislar safarga chiqishdan oldin o‘z yurtidagi roviylardan birorta ham hadis qoldirmasdan yozib olgan bo‘lishi va shundan keyingina boshqa shahar yoki mamlakatga safarga otlanishi mumkin edi. Buxoriy 16 yoshga yetguncha, o‘z yurtidagi mashoyixlardan hadis eshitib, yozib olib, xalifalikning turli viloyatlari tomon yo‘l oladi. 825 yil Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Makkaga kelib, haj ibodatini ado etadi. Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, o‘zi Makkada qoladi. Bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan olimlarning ilmiy yig‘inida qatnashadi. 827 yil Madinaga boradi. Madinadagi mashhur ulamolardan Ibrohim ibn Munzir, Mutrif ibn Abdulloh, Ibrohim ibn Hamza va boshqalar bilan muloqotda bo‘lib, ulardan hadislar bo‘yicha saboq oladi. Bu vaqtda Rasulullohning sahobalari, sahobalarning izdoshlari turli mamlakatga tarqab ketgan edilar. Shunday sharoitda Muhammad(s.a.v)ning hadislarini to‘plash turli shahar va mamlakatlarga borishni taqozo qilar edi. Bir necha tarixchilarning taʼkidlashicha, Imom Buxoriy Hijoz, Makka, Madina, Toif, Jiddaga qilgan safarlari 6 yil davom etgan. So‘ng Basra, Kufa va Bag‘dodga safar qiladi. Shom va Misrga o‘tadi. Bundan tashqari Xuroson, Marv, Balx, Hirot, Nishopur, Ray, Jibol kabi shaharlarda bo‘lib, bu shaharlardagi olimlardan saboq oldi va hadislar to‘pladi. Imom Buxoriyning asarlari orasida eng mashhur bo‘lgani “Al-jome’ as-Sahih”dir. Undan tashqari tarixiy voqealar va shaxslarni chuqur tahlil qiladigan, hadis ilmining asoslaridan bo‘lgan ilmlarga oid bir qator o‘ta ahamiyatli kitoblar yozdi. Imom Buxoriyning ilmiy ahamiyati yuksak bo‘lgan bir nechta asarlar tasnif qildi: «Al-jome’ as-sahih», «Al-adab al-mufrad», «At-tarix al-kabir», «At-tarix as-sag‘ir», «At-tarix al-avsat», «At-tafsir al-kabir» «Birrul volidayn», «Asmo as-sahoba», «Kunyalar» va boshqalar. Ular orasidagi «Al-jome’ as-sahih» asari islom olamida Qur’ondan keyingi eng muhim manba sifatida e’zozlanuvchi manba hisoblanadi. Imom Buxoriyning hadislar to‘plash borasidagi qo‘ygan shartlari boshqa muhaddislarning shartlaridan ko‘ra aniqroq bo‘lgani sababli «Al-jome’ as-sahih» asari «Eng ishonchli hadislar to‘plagan» nomiga sazovor bo‘lgan. Muhaddislar hadislarning roviylarini o‘zaro uchrashganlari ehtimoli mavjud bo‘lsa shunga kifoyalanishgan, ammo Imom Buxoriy eshitgan hadislarining roviylari o‘zaro uchrashganini alohida ko‘rgan guvohning e’tirofini ham shart qilib qo‘ygan. Bunday shart boshqa muhaddislarda uchramaydi. Hofiz ibn Xajar al-Askaloniyning hisobiga ko‘ra «Al-jome’ as-sahih»dagi hadislarning soni 7397 tani tashkil etadi. Bular orasida takrorsizlari 2602 tani tashkil qiladi. Izohlar, roviylarning ixtilofi va ilovalarni qo‘shilsa kitobda keltirilgan hadislar soni 9082 taga yetadi.Aynan Imom Buxoriy tufayli Movarounnahr hududida IX-XII asrlarda ko‘plab hadisshunoslik maktablari shakllandi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi. Hozirgi kunda olimning asarlari dunyoning o‘nlab tillariga tarjima qilingan va islom dunyosida uning ijodidan ko‘plab ilmiy tadqiqotlarda foydalanib kelinadi. Xorijiy yurtlardagi safardan keyin Buxoroga qaytgach, hadis ilmini targ‘ib etishga kirishadi. Ul zotning bu saʼyu ko‘shishlari bu vaqtda Buxoroda isoblanadi. Bu asar Hindiston va Qohirada chop etilgan. Buxoriy yaratgan „Kitob alfavoid“ („Foydali ashyolar haqida kitob“), „AlJomi’ alkabiyr“ („Katta tayanch“), „Xalq af’ol alibod“, („Alloh bandalari ishlarining tabiati“), „AlMusnad alkabiyr“ („Katta tayanch“), „Attafsir alkabiyr“ („Katta tafsir“), „Kitob alxiba“ („Xayrehson haqida kitob“) va boshqa asarlarning baʼzilari bizgacha yetib kelmagan, baʼzilari jahonning turli mamlakatlari kutubxonalarida saqlanayotganligi haqida maʼlumotlar bor. Buxoriyning boshqa asarlari orasida „Tafsir alQur’on“ („Qur’on tafsiri“) kitobini ham alohida taʼkidlash kerak. Buxoriy asarlari musulmon dunyosining barcha Madrasa va dorilfununlarida payg‘ambar (as) sunnatlari bo‘yicha asosiy darslik, qo‘llanma hisoblanadi. Jamoat arboblari, olimu ulamolar va din peshvolari Buxoriy asarlariga tayanib ish tutadilar.Istiqlol sharofati bilan Buxoriyning o‘lmas merosi elyurti bag‘riga qaytdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Imom alBuxoriy tavalludining hijriyqamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash to‘g‘risida“gi qarori (1997 yil 29 aprel) asosida Buxoriyning ilmiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish, xotirasini abadiylashtirish borasida katta ishlar qilindi. 1998 i. 23 okt.da Samarqandda yubiley to‘ytantanalari bo‘lib o‘tdi. www.ziyouz.com kutubxonasi 750Alloma abadiy qo‘nim topgan Chelak tumanidagi Hartang qishlog‘ida ulkan yodgorlik majmui ochildi (qarang Buxoriy yodgorlik majmui).Buxoriyning boy maʼnaviy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning tashabbusi bilan Imom alBuxoriy xalqaro jamg‘armasi tuzildi (1998 yil 4 noyab.; raisi Zohidillo Munavvarov). Jamg‘armaning asosiy vazifasi Qur’oni karim va Buxoriyning „alJomi’ assahih“i tarjimalarining akademik nashrlarini tayyorlash, buyuk islomshunoslar ilmiy merosini tadqiq etish, diniyfalsafiy mavzularda ilmiy anjumanlar o‘tkazish va shular yordamida yosh avlodni milliy anʼanalarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat. 2000 yildan boshlab mazkur jamg‘arma o‘zining maʼnaviymaʼrifiy, ilmiyadabiy „Imom alBuxoriy saboqlari“ jur.ini nashr eta boshladi. Jur. xalqimizni milliymaʼnaviy merosimizdan bahramand etish, milliy, liniy qadriyatlarning sog‘lom idrok etilishiga yordam berishni uz oldiga maksad qilib qo‘ygan. O‘zbekistonda Buxoriyning xotirasi munosib tarzda abadiylashtirilgan. Toshkent Islom in-tiga Buxoriy nomi berilgan. Buxoriyning hayoti va ijodiga bag‘ishlab bir necha tillarda kitobalbom, 2 qismli film (1995), „Hadis ilmining sultoni“ 4 qismli kinoqissa (1998) yaratilgan.