Milliy PR-markazi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MrErgashev (munozara | hissa)
„Milliy PR-markazi davlat unitar korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining (03.02.2018 yildagi № PF-5326-sonli) Farmoniga asosan [[O‘zbek...“ yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi
(Farq yoʻq)

30-Aprel 2020, 15:20 dagi koʻrinishi

Milliy PR-markazi davlat unitar korxonasi [[O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining (03.02.2018 yildagi № PF-5326-sonli) Farmoniga asosan O‘zbekistonning sayyohlik, madaniy, tabiiy va sport salohiyatini yanada faollashtirish va targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tarkibida 2018 yilda tashkil etilgan. PR-markazining asosiy vazifasi jahon hamjamiyati orasida O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilish va mamlakatimizga sayyohlarni jalb qilishdan iborat. Samandarova Dilfuza Mansurovna Milliy PR-markazi davlat unitar korxonasining direktori.

Milliy PR-markazining asosiy faoliyat turlari:

1.Ko‘rgazma faoliyati 2. Turizm sohasiga oid tadbirlar o‘tkazish 3. O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha tarqatma materiallar tayyorlash 4. O‘zbekistonning turizm salohiyatini Internet tarmog‘ida targ‘ib qilish 5. Foto va video yaratish 6. Mahalliy va xalqaro mass-media bilan hamkorlik qilish

=Milliy PR-markazining asosiy faoliyat turlari:

Ko‘rgazma faoliyati

PR-markazi jamoasi 2018 yildan buyon O‘zbekistonning turizm brendi va imidjini jahon sahnasiga targ‘ib qilish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Milliy PR-markazi davlat unitar korxonasi O‘zbekiston hukumati nomidan „O‘zbekiston“ yagona milliy stendi bilan xalqaro yirik sayyohlik ko‘rgazmalarida ishtirok etganlik uchun javobgardir. Milliy PR-markazi 2018 yilda qariyb 100 ga yaqin mahalliy kompaniyalarni jalb etgan holda, 10 ta xalqaro sayyohlik yarmarkalarida ishtirok etdi (FITUR, EMITT, ITB, MITT, KITF, SITIF, Top RESA, Tourism EXRO Japan, PHILOXENIA, WTM).

2019 yilda 80 ta mahalliy hamkorlari bilan birga 9 ta xalqaro sayyohlik yarmarkalarida ishtirok etdi (FITUR, EMITT, ITB, MITT, ATM, SITIF, Top RESA, ITB Asia, WTM). Milliy PR-markazi 2020 yilda 14 ta xalqaro sayyohlik yarmarkalarida qatnashishni rejalashtirgan edi (FITUR, EMITT, ITB, MITT, Halal Travel EXPO and Forum, ATM, SITIF, BITE, MATTA, Top RESA, TTG Rimini, Tourism EXRO Japan, WTM, CITM), biroq COVID-19 pandemiyasi va davlatlar chegaralarining yopilishi sababli faqat 2 ta yarmarkada qatnashishga muvaffaq bo‘ldi (FITUR, EMITT).

Tadbirlar o‘tkazish

2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish  davlat qo‘mitasining muvofiqlashtirishiga muvofiq, PR-markazi tomonidan 43 ta ichki tadbirlar o‘tkazildi, ularning 15 tasi - «Boysun bahori», «Ipak va ziravolar», «Mohir pazanda» singari festivallar, 4 ta “Shahar kunlari”ni nishonlash (Samarqand, Qarshi, Buxoro, Shahrisabz), kuz-qish milliy liboslar ko‘rgazmasi, mamlakatimizning milliy o‘yinlari,  turizmi, madaniyati, tabiati va  sport salohiyatini  targ‘ib qilish bo‘yicha boshqa tadbirlar. 

2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining muvofiqlashtirishiga muvofiq, PR-markazi tomonidan 59 ta ichki tadbirlar o‘tkazildi, ularning 22 tasi „Palov sayli“, „Ipak va ziravorlar“, „Sharq taronalari“, „Favvoralar“ singari festivallar, Buxoroning ARK qal’asida „Samariya“, „Amir qabuli“ folklori kabi 5 ta teatr namoyishlari, „Navro‘z“ milliy bayramlari, „Chotqol ohanglari“ va boshqa tadbirlar.

Shuningdek, Milliy PR-markazi davlat unitar korxonasi har yili noyabr oyida o‘tkaziladigan „Buyuk ipak yo‘lida turizm“ Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasining bosh tashkilotchisi hamdir.

Tarqatma materiallar

PR-markaz jamoasi tarqatma materiallar yaratish bilan ham shug‘ullanadi. Yurtimizning sayyohlik salohiyatini dunyo miqyosida targ‘ib qilish bo‘yicha logotiplar, dizaynerlik mahsulotlari, ko‘plab broshyuralar va jurnallar, bukletlar va flaerlar, yo‘lni ko‘rsatuvchi kitobchalar yaratildi. 50 dan ziyod reklama-tarqatma materiallari tayyorlandi. „O‘zbekistonga tashrif buyurishning 10 ta sababi“, „O‘zbekistonda Ramazonni nishonlashning 7 ta sababi“, „Uzbekistan.travel“, „O‘zbekiston taʼmlari“, „Ziyorat“, „O‘zbekistonga qishda tashrif buyurishning 5 ta sababi“ nomli bir necha tilda chop etilgan materiallar shular jumlasidandir. Mamlakatimizning tabiati va meʼmorchiligini namoyish etuvchi fotoalbomlar tayyorlandi: „O‘zbekiston“, „Farg‘ona vodiysi“, „Surxondaryoda buddizm“ va b.sh. PR-markazi tomonidan yurtimizning horijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali tarqatma materiallarini butun dunyoga tarqatish ishlari doimiy asosda taʼminlanadi. Internet tarmog‘ida tarqatish Markaz mutaxassislar tomonidan sayohatchilar uchun 15 ta tilda: o‘zbek, rus, ingliz, xitoy, nemis, fransuz, ispan, portugal, yapon, turk, arab, hindi, koreys, italyan, malayziya tillarida faoliyat ko‘rsatadigan www.uzbekistan.travel yagona milliy sayyohlik portali yaratildi. Sayt sayyohlarning talablari va qiziqishlarini hisobga olgan holda, oson tilda va qulay interfeysda ishlab chiqilgan bo‘lib, kerakli maʼlumotni tez va oson topishga yordam beradi. COVID-19 pandemiyasi sababli 2020 yilda O‘zbekistonning 200 ta sayyohlik diqqatga sazovor joylariga onlayn turlar tashkil etildi.

Foto i video

Markaz shtatida professional fotosuratchilar, operatorlar va montajyorlar faoliyat yuritadi. 200 mingdan ziyod fotomateriallar va 100 dan ortiq videoroliklarning bazasi bor. Shuningdek, panoramali fotomateriallar, sayyohlik ob’ektlar va diqqatga sazovor joylarning bazasi ham yaratilgan. Orenburg (Rossiya) da bo‘lib o‘tgan Foto, video va animatsiya xalqaro sayyohlik festivalida O‘zbekiston ikkita nominatsiya: „Madaniy-tarixiy joylar“ va „Sayyohlik yo‘nalishlari“ nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Festival doirasida „Buxoroga xush kelibsiz!“ loyihasi namoyish etildi. Mass-media va blogerlar bilan hamkorlik Milliy PR-markazi o‘z faoliyatining boshidan O‘zbekistonning sayyohlik brendini Internet tarmog‘i, ijtimoiy tarmoqlar va messendjerlarda targ‘ib qilish bo‘yicha faol ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Xususan, O‘zbekistonning sayyohlik brendini namoyish etuvchi telegram-kanal, Instagram i Facebook da sahifalar ochildi. Mashhur blogerlar va OAV vakillari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.

Mukofotlari

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi 2019 yilda PR-markaziga keng miqyosli „Word Influencers Congress“ tadbirini o‘tkazganlik uchun mukofot topshirdi. Ushbu tadbir tufayli mamlakatimizga media vakillari taklif etildi va dunyo bo‘yicha millionlab insonlar O‘zbekiston haqida maʼlumotga ega bo‘ldilar. Orenburg (Rossiya) da bo‘lib o‘tgan „Divo Eurasia“ Foto, video va animatsiya xalqaro sayyohlik festivalida PR-markazi tayyorlangan roliklari bilan „Madaniy-tarixiy joylar“ va „Sayyohlik yo‘nalishlari“ nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Hamkorlik PR-markazi o‘z faoliyati davomida Malaziyaning „Matta“ Sayyohlik kompaniyalari va turoperatorlar uyushmasi, „Kazakh Tourism“ AJ MK, „Globe-Trotter Travel Guidebook“ va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan ko‘plab shartnoma va memorandumlarni imzolagan.

Manbalar