Futbol: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Grammatikani tuzatdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali
bazi bir joylarini to'g'irlab qo'ydim.
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali
Qator 24:
'''futbol''' (ing. "foot" – "oyoq", "ball"-"to'p") millionlar oʻyini, 2 darvoza (7,32x2,44 m) li maxsus maydon (90–120 x 45– 90)da toʻp bilan jamoa boʻlib oʻynaladi. F. toʻpining ogʻirligi 410–450 g , aylana diametrining uz. 68–70 sm, oʻyinning asosiy vaqti 90 min. (45 min.dan 2 boʻlim, 12–15 min. tanaffus). Maydonda ikkala jamoada 11 kishidan boʻladi. Oʻyindan maqsad raqib darvozasiga toʻpni oyoq yoki gavda qismlari bilan (qoʻldan tashqari) kiritishdan iborat. Faqat darvozabonlargina qoʻl bilan oʻynashi mumkin (jarima maydonchasida).
 
F.ga oʻxshash oʻyinlar miloddan avvalgi asrlarda Misr va Sharq mamlakatlarida maʼlum boʻlgan, keyin Yevropaga oʻtgan. 1848 yilda Buyuk Britaniyadagi Kembrij un-ti oʻqituvchilari F.ning dastlabki zamonaviy qoidalarini ishlab chiqishgan. 1857 yilda shu mamlakatdagi Sheffild shahrida ilk F. klubi tashkil etilgan. 1863 yilda Angliya F. uyushmasi tuzilib, F. qoidalari tasdiqlangan. 18-asrning oxiri – 19-asrning boshlarida Yevropa va Jan. Amerika davlatlarida ham F. uyushmalari tashkil kilindi. 1896 yil F. olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi. 1904 yilda xalkaro futbol federatsiyasi –FIFA tuziddi. F. Braziliya, Germaniya, Italiya, Argentina, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda keng rivojlangan. Pele, Maradona, F. Bekkenbauer, L. Yashin, 3. Zidan, R. Ronaldo va boshqa F.chilar bu oʻyinning jahonda ommaviylashishiga hissa qoʻshishdi.
 
Oʻzbekistonda 20-asr boshlaridan zamonaviy F. qoidalari asosida oʻyinlar oʻtkazilgan. 1912 yilda Qoʻqonda birinchi F. jamoasi tuzildi. Keyinroq Fargona, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan shaharlarida ham F. jamoalari paydo boʻldi. 20-asrning 20-yillaridan mamlakatimizda turli toifadagi musobaqalar (1937 yildan Oʻzbekiston birinchiligi) muntazam ravishda oʻtkazila boshlandi. 1956 yilda Toshkentda "Paxtakor" jamoasining tashkil etilishi va shu nomdagi stadion qurilishi respublikada F.ning rivojlanishiga turtki boʻldi. 20-asrning 80-yillaridan Oʻzbekistonda F.chilarning yangi avlodini tarbiyalashga kirishildi. M. Qosimov, I. Shkvirin, A. Abduraimov, M. Shatskix Oʻzbekistondagina emas, Osiyo va boshqa qitalarda ham nom qozondilar.