Mazhab: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Zaydiya: Hatoni togirladim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Mazhab''' (arab. — yoʻnalish, oqim, yoʻl, taʼlimot), shariat mazhablari — islomda diniy huquq tizimlari va yoʻnalishlari. VIII—IX-asrlarga kelib shariatning shakllanishi jarayonida xuquqshunoslik — fiqx. sohasida juda koʻp M.lar yuzaga kelgan. Hozirgi vaqtda sunniy toʻrtta M. — hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik, hanbaliilik (M.lar nomi ularning asoschilari: Abu hanifa (Imomi Aʼzam), Molik ibn Anas, Shofiʼiy, Ibn Hanbal nomidan olingan), shialikda bir M. — jafariylik (asoschisi — Jafar as-Sodiq) saqlanib qolgan. Shariat M.lari liniy firqalardan farq qiladi. Sunniylikdagi toʻrttala M. ham teng hisoblanadi, yirik musulmon un-tlarida toʻrt mazqab boʻyicha aloqidaalohida dars oʻqitiladi. M.lar umuman anʼanaviy diniy huquq doirasidan chiqmagani xrlda, shariat masalalarida yengilroq yoki qattiqroq hukm chiqarishlari bilan bir-biridan farq qiladi. Hozir islom mamlakatlarida xanafiylik (Turkiya, Pokiston, Hindiston va boshqa mamlakatlar), molikiylik (Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya), shofiʼiylik (Misr, Indoneziya va boshqa mamlakatlar), hanbaliylik (Saudiya Arabistoni) M.lari, shuningdek, shialik tarkalgan mamlakatlar (Eron, Iroq, Yaman va boshqa mamlakatlar)ning ququqiy qayotida jaʼfariylik M.i oʻz mavqeini maʼlum darajada saqlab kelmoqda. Oʻrta Osiyoda, xususan, Oʻzbekistonda xanafiylik M.i keng yoyilgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->