Janubiy Afrika Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k (via JWB) |
Albatros777 (munozara | hissa) Tahrir izohi yoʻq |
||
Qator 1:
{{Janubiy Afrika_info}}
'''Janubiy Afrika Respublikasi''' (JAR) (afrikaanscha: Republiek van Suid-Africa; ing: Republic of South Africa)
== Davlat tuzumi ==
Janubiy Afrika Respublikasi
== Tabiati ==
Janubiy Afrika Respublikasi hududining yer yuzasi, asosan, plato va yassitogʻliklardan iborat. Qirgʻoqlari deyarli tekis, sohil boʻylab togʻ tizmalari joylashgan. Oranj daryosidan shimolda Kalahari tekisligi bor. Platolarning sharqiy sohilidagi kambar pasttekislikka, janubda Katta Karru soyligiga tik tushgan qismi Katta Jarlik deb ataladi. Drakon togʻlari uning sharqiy qismidir. Drakon togʻlaridagi Tabana-Ntlenyana choʻqqisi (3482 m) Janubiy Afrikadagi eng baland nuqtadir. Katta Karru soyligidan janubda Kap togʻlari (balandligi 2326 m gacha) bor. Iqlimi, asosan, tropik, 30° j. k.dan janubda subtropik. Katta Jarlik Hind okeanidan esuvchi nam shamollarni tusib, ichki hududlarga oʻtkazmaydi. Sharqiy sohilda va Katta Jarlikning sharqiy yon bagʻrida dengiz iqlimi, yillik yogʻin
Eng yirik daryosi
Yirik hayvonlari kam qolgan. Koyuger, Kalahari-Gemsbok milliy bogʻlari va qoʻriqxonalar bor.
== Aholisi ==
Aholisining 3/4 qismi afrikalik bantu xalqlari (shu jumladan 38,5 % zulular, 27,5 % sotolar, 11,6 % kosalar, 6,6 % shangaantsonga va tsvanalar). Yevropaliklar 5,1 mln. (shundan golland, fransuz, nemis kelgindilarining avlodlari boʻlmish afrikanerburlartaxminan 57,5 %), hindilar 1 mln.ga yaqin, qora tanlilar 3,4 mln. Rasmiy tillari
== Tarixi ==
Janubiy Afrika Respublikasi aholisining qad. va oʻrta asrlarga oid tarixi kam oʻrganilgan. Janubiy Afrika Respublikasining qad. aholisi gottentot (koykoin)lar, bushmen (san)lar va keyinchalik bu yerga kelib oʻrnashgan bantu xalqlaridir. Arxeologik qazishlar (topilgan oltin va boshqa buyumlar)dan maʼlum boʻlishicha, Transvaal hududi (milodiy 1-ming yillik)da madaniyat yuqori boʻlgan, temir, mis va boshqa metallar eritilgan.
17-asr 50-yillarida Gollandiyaning Ost-Indiya kompaniyasi Janubiy Afrika Respublikasida Kap manzilgohini tuzdi. Manzilgoh hududi sekin-asta kengaya bordi. Golland va fransuz kelgindilari
19-asr 60-yillari oxiri va 80-yillari oʻrtalarida Janubiy Afrikada olmos konlari topilgach, inglizlar bantu xalqlarining mustaqil qududlarini shafqatsizlik bilan tortib ola boshladi. 1899—1902 yillardagi inglizburlar urushidan keyin bur respublikalari Angliya qoʻl ostiga oʻtdi. 1910 yilda esa Britaniya imperiyasining dominioni boʻlgan Janubiy Afrika Ittifoqi (JAI) tuzildi.
Qator 30:
Ikkinchi jahon urushida JAI gitlerchilarga qarshi koalitsiya tomonida qatnashdi, ammo afrikanerlarning ashaddiy millatchilari fashist Germaniyasi bilan hamkorlik qilishdi.
Urushdan soʻng Janubiy Afrika Respublikasining Yevropadagi davlatlar bilan aloqasi kuchaydi. Hokimiyat Millat partiyasi qoʻliga oʻtgach (1948), mamlakatda reaksiya kuchaydi. Bu partiya rahbarlaridan D. F. Malan (1948-54), I. G. Streydom (1954-58), X. F. Fervurd (1958—66), B. Forster (1966—79) va P. Bota (1980—89) davrida terror va irqiy kamsitish kuchaydi. Partiyaning aparteid siyosati tufayli afrikaliklar, metislar, indeyslar hayoti yanada ogʻirlashdi. 1961 yil 31 mayda JAI hukumati
Aparteid siyosatiga qarshi kurash 1980-yillarda ayniqsa kuchaydi. Hukmron Millat partiyasi hukumati irqchilik qonunlarini bekor qilishga majbur boʻldi, siyosiy partiyalarning, shu jumladan Afrikaliklar Milliy Kongressi faoliyatiga ruxsat berildi. 1991 yilda parlament turar joylarda va yer egaligida irqiy ayrimachilikni bekor qildi. 1994 yilda muvaqqat konstitutsiya kuchga kirdi. Shu yil aprelda Milliy assambleyaga koʻp irqli saylov boʻldi. Afrikaliklar Milliy Konfessi raisi N. Mandela Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti etib saylandi. 1999 yildan prezident T. Mbeki. Janubiy Afrika Respublikasi
== Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==
Janubiy Afrika Afrikaliklar Milliy Kongressi, hukmron partiya, 1912 yilda asos solingan; Yangi millat partiyasi, 1914 yilda tashkil etilgan; Demokratik partiya, 1989 yil tashkil etilgan; Janubiy Afrika konservativ partiyasi, 1982 yil tuzilgan; Milliy xalq partiyasi; Panafrika kongressi, 1959 yil tuzilgan; Janubiy Afrika Kommunistok partiyasi, 1921 yil tuzilgan. Janubiy Afrika kasaba uyushmalari kongressi, 1985 yil tashkil etilgan. Janubiy Afrika Respublikasi
== Iqtisodiyoti ==
Iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari
Sanoati. Janubiy Afrika Respublikasi oltin (yiliga oʻrtacha 530 t dan koʻproq), platina metallari guruxi (100 t ga yaqin), vanadiy, xrom va marganets rudalari, surma, olmos qazib olishda dunyoda oldingi oʻrinlarda, koʻmir qazib chiqarishda 5-oʻrin, uran qazib chiqarishda 7-oʻrinda turadi. Temir rudasi, mis, asbest va boshqa ham qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 170 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Qora metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, neftni qayta ishlash, sement, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati rivojlangan.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotining deyarli hammasi oq tanlilarga qarashli fermer xoʻjaliklari hissasiga toʻgʻri keladi. Asosiy ekinlari: makkajoʻxori (7,7 mln. tonna, 1999), shakarqamish (21 mln. tonna), bugʻdoy (1,5 mln. tonna), kartoshka, tamaki, sitrus va boshqa mevalar. Mamlakat hududining taxminan 80 % (98 mln. gektar)dan qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun foydalaniladi. Qariyb 1,4 mln. gektar yer sugʻoriladi. Ekinlarni sugʻorish uchun Vaal, Ulifants, Krokodayl, GreytFish va boshqa daryolardan suv olinadi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa boqiladi. Qoʻy juni yetishtirishda mamlakat faqat Avstraliya, Yangi Zelandiya, Argentinadan keyingi oʻrinda turadi. Sut chorvachiligi asosan yirik shaharlar atrofida.
Transporti. $1ransport yoʻlilarning uz.
Tashqi savdo aylanmasi yiliga 40 mlrd. AQSH dollaridan oshadi. Chetdan asosan mashina va asbob-uskunalar sotib oladi, chetga mineral va qishloq xoʻjaligi xom ashyosi, olmos va metallar, kimyo va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari chiqaradi. Janubiy Afrika Respublikasi jun eksport qilishda dunyoda 4-oʻrinda turadi. Yiliga salkam 70 mln. litr vino eksport qiladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Shveysariya, Pul birligi
== Tibbiy xizmati ==
Qator 52:
== Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari ==
Hozirgi Janubiy Afrika Respublikasi hududiga yevropaliklar kelgunga qadar (17-asr oʻrtalarigacha) afrikalik yoshlarga taʼlim berish anʼanaviy afrikacha yoʻldan borgan: keksalar yosh avlodga turmush koʻnikmalari va hayot falsafasini oʻrgatar edi. Yevropaliklarning dastlabki manzilgoxlari barpo etilgach, ularning farzandlari cherkov ruxoniysidan diniy kitob oʻqishni oʻrganardi. Soʻng
Ilmiy ishlarni uyushtirish va muvofiqlashtirish davlat markazi
== Matbuoti, radio eshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
Janubiy Afrika Respublikasida 20 dan koʻproq umummilliy (hammasi boʻlib 220 dan ziyod) gaz. va 700 ga yaqin jurnal nashr etiladi. Eng yirik gaz.lari:
== Adabiyoti ==
Qator 64:
Xristian daʼvatkorlari nazoratidagi afrikalik adiblar yevropacha janr shakllaridan foydalanib, azaliy mahalliy anʼana va qadriyatlarning yevropacha qadriyatlar bilan toʻqnashuvini tasvirlashga hamda ularni bir-biri bilan murosaga keltirishga urindilar. 19-asr oxirida mustamlakachilikka, irqchilikka qarshi norozilik adabiyoti vujudga keldi.
19-asr oxiri
Ikkinchi jahon urushidan keyin
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Miloddan avvalgi 7-ming yillikka va mil.ning oxirgi acrlariga mansub qoyatoshlarga yoʻnib va uyib ishlangan rasmlar (fil, karkidon, begemot, jirafa, zebra, kiyik va boshqalar) saqlangan. Afrikaliklarning turar joylari asosan taxta, tunuka va boshqalarlardan qurilgan kulba-chaylalardan iborat. Pretoriya, Keyptaun, Yoxannesburg kabi yirik shaharlarda 17—18-asrlarda qurilgan golland meʼmorligiga xos binolar bor. 1666—72 yillarda tarhi 5 burchakli tosh qoʻrgʻon qurilgan (meʼmori P. Dombayer). 18-asr oxirlarida meʼmor L. M. Tibo Kap manzilgohi meʼmorligiga fransuz klassitsizmi uslubini olib kirdi. 19-asrdan Port-Elizabet, Durban, Blumfonteyn, Pretoriya, Yoxannesburg va boshqashaharlardagi koʻplab imoratlar toʻgʻri chiziqli rejaga binoan va qorishiq uslubda qurildi. Keyptaunda yangi gotika, Yoxannesburgda yangi klassika uslublari ustunlik qilgan boʻlsa, Pretoriyada
Musiqiy madaniyati mamlakat tub joy aholisi va oq tanlilar musiqasidan iborat. Bushmen va gottentotlarning qad. musiqiy shakllari bilan bir qatorda zulu, kosa, venda va boshqalarning rivojlangan badiiy ijodiyoti mavjud. Maye., matebele va shona xalqlarining ommaviy qoʻshiqlarida koʻp ovozli usullardan keng foydalaniladi. 20-asrdatub joy aholisining ijodi gurkirab rivojlana boshladi. Milliy, yevropa (xristian diniy qoʻshiqlari) hamda amerika (jaz, Lotin Amerika raqs usullari va boshqalar) musiqa anʼanalarining uygʻunlashuvi negizida 1930—50 yillari anʼanaviy qoʻshiqchilikning yangi
Teatri qishloqlarda qad. maishiy va diniy marosimlar, musiqa, raqs, qoʻshiqdar asosida shakllangan. Yevropaliktruppalar 18-asr oxirlarida dastlabki teatr tomoshalarini koʻrsatishdi. 1801 yilda Keyptaunda teatr binosi qurildi. Unda chetdan kelgan truppalar bilan bir qatorda Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Germaniya, Fransiyadan koʻchib kelib oʻrnashib qolganlarning mahalliy havaskorlik jamoalari ham tomosha koʻrsata boshladi. Dramaturg, bastakor, sahnalashtiruvchi Sh. E. Bonifas va L. A. Myoranning faoliyati 19-asr boshlarida teatrni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega boʻldi. 19-asr 2-yarmida Yevropadan, asosan Buyuk Britaniyadan professional jamoalar koʻplab kelib, butun mamlakatda inglizcha tomoshalar koʻrsata boshladi. Afrikaans tilidagi teatr 20-asr boshlarida rivojlandi. Dramaturglardan M. Brink va Ya. X. de Vaalning xizmati katta buldi. 20-yillarda afrikaans tilida dastlabki professional teatrlar vujudga keldi. Teatr arboblari irkchilik va aparteidga qarshi kurashga, qora tanli aholining siyosiy ongini oʻstirishga va uning insoniy qadr-qimmatini qaror toptirishga hissa qoʻshdilar.
Janubiy Afrika Respublikasida qora tanli artistlar federatsiyasi, Pretoriya teatr tashkiloti tuzilgan. Ular afrikaliklardan artist va dramaturglar tayyorlaydi. Zululend universitetida drama kafedrasi bor. Turli millat va irq namoyandalari ishtirokidagi teatr truppalari vujudga kelgan.
Kinosi. Janubiy Afrika Respublikasi hududidagi dastlabki hujjatli filmlar 1898 yilda yaratilgan. 1912 yildan kinoxronikalar chioʻarila boshlagan. 1915 yildan
Irqchilik kishanlaridan kutulgan Janubiy Afrika Respublikasi kinochilari endigina erkin ijod yoʻliga chiqib oldilar.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
|