Tokio: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 34:
| ilovalar =
}}
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->'''Tokio''' ([[yapon tili]]da:東京, Tōkyō) — [[Yaponiya]]ning poytaxti boʻlib, soʻzma-soʻz tarjima qilganda „Sharqiy poytaxt“ maʼnosini bildiradi. Tokio Yaponiyaning viloyat hamda shahar statusiga ega oʻziga xos maʼmuriy birligi boʻlib hisoblanadi. Mamlakatning iqtisodiy, moliyaviy va madaniy markazi. Aholisining soni va sanoatning oʻsish surʼatlari boʻyicha dunyodagi yirik shaharlar orasida yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi. Xonsyu o.ning jansharqiy qismida, Kanto tekisligida, Edogava, Arakava, Sumida, Tama daryolarining Tokio qoʻltigʻiga quyilish yerida joylashgan. Iqlimi subtropik, mussonli, eng sovuq oy — yanvarning oʻrtacha temperaturasi 3,G, eng issik, oy — avgustniki 25,6°. Yillik yogʻin 1343&nbsp;mm. Seryogʻin mavsumda tez-tez tayfun boʻladi. Tokio seysmik faol zonada joylashgan.<ref name=":0" />
 
Aholisi 13,23 mln. kishi (2013 1 apr ). Poytaxt prefekturasi (Syutoken) yoki Katta Tokio tarkibiga 4 ta prefekturaning shahar va shaharchalari kiritiladi, aholisi 28 mln. kishidan ziyod. Mamlakat milliy daromadining 1/5 kismi Tokioga toʻgʻri keladi.<ref name=":0" />
 
Tokioga 15-asrning oʻrtalarida asos solingan. 1457 yilda Edo qasri qurilgan boʻlib, uning atrofida savdogar va hunarmandlarning uylari koʻpayib bordi. 1590 yilda Edo shahri Tokugava sulolasining qarorgohiga aylandi. Yaponiyaning rasmiy poytaxti esa oʻsha vaqtda Kioto shahri edi. 18-asrda Edo jahonning eng yirik shaharlaridan biriga aylandi. 1869 yilda hokimiyat boshqa sulola vakili imperator Mutsixito qoʻliga oʻtgach, poytaxt Edoga koʻchirildi va Tokio ("sharqiy„sharqiy poytaxt"poytaxt“) deb ataldi. 19-asrning 2yarmida Tokioda ipak, lokboʻyoq, chinni sanoatlari, 19-asrning oxiridan mashinasozlik va kemasozlik sanoatlari rivojlana boshladi. 1923 yil 1 sentabrdagi zilzila va uning okibatlarida kelib chiqqan yongʻin tufayli Tokioning koʻp qismi vayron boʻldi. Ikkinchi jahon urushi vaqtida Tokio AQSH aviatsiyasi tomonidan bombardimon qilingan.<ref name=":0" />
 
Tokio — transport yoʻllarining yirik tuguni. Dengiz porti (yiliga 70 mln. t dan ortiq yuk ortibtushiriladi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Metropoliten qurilgan. Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlik (xususan, elektrotexnika, umumiy mashinasozlik, transport jihozlari ishlab chiqarish., anik, mexanika) va metallsozlik. Kime, poligrafiya va oziq-ovqat sanoatlari ham rivojlangan. Neftni qayta ishlash va neft kimyosi, qurilish materiallari va yengil sanoat (toʻqimachilik, zargarlik va yodgorlik buyumlari ishlab chiqarish.) korxonalari mavjud. Sanoati, asosan, chet eldan keltirilgan xom ashyo hisobiga ishlaydi. Sanoat korxonalarining katta qismi mayda va oʻrta korxonalardan iborat. Tokio — yirik savdotaqsimot markazi. Shaharda tovar va fond birjalari, savdo firmalarining vakolatxonalari, yirik banklar, sugʻurta idoralari joylashgan. Tokioda untlar, Yaponiya Fanlar akademiyasi, Sanʼat akademiyasi, teatrlar, 30 dan ortiq muzey (shu jumladan, Genri galereyasi, BriJston sanʼat muzeyi, zamonaviy sanʼat milliy muzeyi, Tokio milliy muzeyi va boshqalar), kutubxonalar, konsert zallari bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan shahar markazida atrofi bogʻ bilan oʻralgan imperator saroyi (1869 yilgacha Edo qasri, 15–1715-17-asrlar), saroy majmuasi (1600), manzarali bogʻ (17–1817-18-asrlar) saqlangan. Uning atrofida hukumat binolari, Tosyogu va Meydzi ibodatxonalari joylashgan. Soka universiteti hududida 2004 yil 26 martda Alisher Navoiyga haykal oʻrnatildi (haykaltarosh J.Mirtojiyev). 1964 yilda Tokioda 18Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan.<ref name=":0">"{{PAGENAME}}" ''[[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi|OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekistonOʻzbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20T%20harfi.pdf T-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->