Boku: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Qator 68:
}}
 
'''Boku''' ({{lang-az|Bakı}})  — [[Ozarbayjon|Ozarbayjon Respublikasi]]<nowiki/>ning poytaxtı. [[Apsheron yarim oroli|Absheron]] yarimorolida<nowiki/>[[Kaspiy dengizi|, Kaspiy dengi]]<nowiki/>zining gaʼrbiy sohilida joylashgan. Maydoni 2130 km², tahminan 2,2 mln aholiga ega. Boku shahri tarkibiga 12 tuman, 5 shahar tipidagi posyolka va 32 qishloq kiradi.<ref name="R1" />
 
Shahar markazi qismi Boku buxtasiga zinapoyasimon pasayib tushuvchi amfiteatr shaklida joylashgan. Bokuning dengiz sohili qismi okean sathidan tahminan 28 m quyidadir. Boku viloyati hududida minerallardan neft, gaz va qurilish materiallari qazib olinadi; muolaja uchun muhim mineral suvlar chiqadi. Koʻpgina balchiq vulqoni mavjud. Iqlimi quruq subtropikdir. Oʻrtacha havo darajasi yanvarda 3-4°C, iyulda esa 25-26°C boʻladi. Yiliga 210 mm yogʻin yogʻadi. Kuchli shimol shamoli (xazriy) va janub shamoli (gilavar) Bokuga xosdir.
Qator 74:
Boku shahrida va [[Apsheron yarim oroli|Absheron yarimorolida]] insonlar qadim zamonlardan beri oʻtroqlashgan va bu yerda aholi punktlari hosil boʻlgan. Bunga sabab Boku shahrining fizik-geografik sharoiti shimoldan janubga, gʻarbdan sharqqa migratsiya va tijorat yoʻllarining kesishgan markazida joylashishi, iqlim sharoiti va eng qadimgi davrdan yer yuziga chiqqan nafta nomli yoqilgʻi va energiya boyligi boʻlgan. Absheron hududida topilgan arxeologik materiallar Bokuda qadimdan insonlar yashaganini isbotlaydi. Pirallahi, Zigʻ koʻli atrofi, Shuvalan, Mardakon, Amirjon va boshqa yerlarda mil.av. III-I mingyilliklarga oid arxeologik ashyolar topilgan. Bokuning paydo boʻlish tarixi nomaʼlum.<ref name="R2" />
 
Boku [[Kavkaz|Kavkazdagi]] eng muhim turistik makonlardan biri hisoblanadi. 2014-yilda Boku [[Forbes|Forbes jurnali]]<nowiki/>ning ruslar uchun biznes sohasida eng jalb qiluvchi sobiq SSSR shaharlari reytingida top oʻnlikka kirgan. 2015-yilda Boku Lonely Planetning sayohat uchun eng qiziqarli makonlar reytingida yettinchi, New York Times gazetasining „2015-yilda safar qilish uchun dunyoning eng yaxshi joylari“ reytingida esa 51-oʻringa loyiq koʻrildi. 2016-yilda Trip Advisor sayohat saytining yiqqan savol anketasida eʼtiborga molik va rivojlanayotgan turizm mintaqalari roʻyxatida Boku shahri 5-oʻrinni egallagan.<ref name="R3" /><ref name="R4" /><ref name="R5" /><ref name="R6" />
 
== Tarixi ==
=== Etimologiya ===
Boku nomining kelib chiqishi haqida turli fikrlar mavjud. Boku toponimining qadimiyligi haqidagi ilk maʼlumotga Ivan Meshaninovning 1927-yilda Bokuda nashr qilingan „Misr va Kavkaz“ nomli maqolasida duch kelish mumkin. Tahminlarga koʻra, mil.av. III mingyillik oxirlariga tegishli „Marhumlar kitobi“ Misr mifologiyasi toʻplamida aks etgan „Bakhav“ toponimining Kavkazda shakllangan formasidir. Soʻz oʻzagi boʻlgan „Baka“  — „Quyosh chiqqan joy“ yoki „Tong shafagʻi“ sifatida talqin qilinadi. Bu toponim Buyuk Kavkaz sharqida joylashgan Boku bilan bir deb tahmin qilinadi.<ref name="R7" />
 
Baʼzi manbalarga koʻra, Boku nomi ilk marta V-VIII asr manbalarida „Bagavan“ yoki „Baguan“, „Atshi Bagavan“ yoki „Atshi Baguan“, yaʼni „Otash Baguan“ koʻrinishida uchraydi. Baga soʻzning oʻzagi, „an“ va „van“ esa makonni bildiradi. Toponim milodiy VII asrda bu hududda yashagan „bakan“ urugʻi bilan aloqador deb hisoblanadi, baʼzilarning fikricha esa, „Bakuya“ soʻzidan olingan.<ref name="R8" />
Qator 89:
 
=== Gerbi ===
[[Image:Baku gub coa n655.png|thumb|Boku gubernatorligi gerbi]]
Boku shahrining ilk ramzi har ikki tomonida olov simvoli boʻlgan quyosh tasvirining oʻrtasidagi buqa surati boʻlgan. Buqa surati avval qal’a devorining kirish eshigida aks etgan ekan. Tashqi qal’a devorlari 1886-yilda buzib tashlangan va uning darvozasi ichki qal’a devorida  — Shoh Abbos darvozasida qaytadan qurilgan. Bokuning qadimiy simvoli boʻlgan buqa tasviri hozirgi kunda Icherishaharning Qoʻsha Qal’a darvozalarining ustida tasvirlangan. Buqaning oʻng va chap tomoni sher tasviri bilan qoplangan. Baʼzi tadqiqotchilar sher surati Safaviylar hokimiyati simvoli boʻlganini taʼkidlaydilar.<ref name="R2" />
 
Boku shahrining ilk rasmiy gerbi 21-may 1843-yilda tasdiqlangan. 4 qismdan iborat qalqonsimon panelning birinchi oltin qismida yoʻlbars, ikkinchi oltin qismida yerdan chiqib yonayotgan gaz gulxanlari tasvirlangan. Panelning bu ikki qismi tasviri Rossiyaning Kaspiy viloyati gerbidan olingan. Gerbning koʻk rang fonidagi 3-qismida yuk ortilgan tuya tasvirlangan. Bu shahar aholisining yuk tashish bilan shugʻullanganliklari timsolidir. Gerbning koʻk rang fonidagi 4-qismidagi yerga sanchilgan langar tasviri esa Bokuning port shahri ekanligidan dalolat beradi.<ref name="R2" />
Qator 112:
X asr oxirida va XI asrda Abbosiylar xalifaligining tanazzuli sababli bir qator viloyat va mamlakatlar hokimlari, shu jumladan, Shirvonshohlar mustaqil hokimiyat tuza boshladilar. Boku X asr oxirlarida Shirvonning asosiy shaharlaridan biriga aylandi. Aholi hunarmandchilik, tijorat, bogʻdorchilik, polizchilik, uzumchilik, pillachilik, ekinchilik, neft qazish, baliqchilik va boshqa ishlar bilan shugʻullanardilar. Feodal munosabatlarning, tijorat va hunarmandchilikning rivoji shaharning taraqqiy etishiga imkon berardi. Xalqaro tijorat yoʻllari markazida joylashgan Boku Sharq va Gʻarb mamlakatlari orasidagi tijoratda muhim ahamiyatga ega edi.<ref name="R13" />
 
Boku X asrdan port shahri sifatida mashhur edi. XI asr oxiri  — XIII asr boshlari Bokuning taraqqiyot davri edi. 1191-yilda Shamaxida kuchli zilzila sodir boʻlgach, shirvonshoh I Axsitan poytaxtni vaqtinchalik Bokuga koʻchirdi.<ref name="R13" />
 
XII asr oxiri  — XIII asr boshlari Boku shahrining feodal taraqqiyot davri edi. Shirvonshohlar shaharda bir qator binolar qurdirib, uni yana-da mustahkamladilar. XII asrning birinchi yarmida Boku ikki qatorli qal’a devori va xandaq bilan oʻralgan edi. Shaharning mudofaa tizimiga Qiz qal’asi ham kirar edi. 1232-1235-yillarda Bokuni dengiz tomondan qoʻriqlash maqsadida buxta bilan birgalikda mustahka, qal’a qurildi. Shirvonshohlar Kaspiy dengizida kuchli flot tuzdilar.<ref name="R2" /><ref name="R13" />
 
XIII asr 30-yillarida moʻgʻullar Ozarbayjonga hujum qilib, bir qancha shaharlarni bosib oldilar. Bosqinchilar kelgan yoʻldan chetda joylashgan Boku boshqa shaharlarga nisbatan oz talafot koʻrgandi. Shunga qaramay, moʻgʻullar shahrini ishgʻol qilgan vaqti Qiz qal’asining yuqori qismi vayron qilingandi. Moʻgʻullar istilosi va mamlakatning vayron qilinishi shahar iqtisodiyotiga putur yetkazdi, Absheron va Bokuning neft ishlab chiqarishini vaqtincha boʻlsa ham toʻxtatdi. XIII asr oxiri, XIV-XV asrlarda Boku Kaspiy dengizidagi asosiy port va Danbandiylar sulolasi boʻlgan Shirvonshohlar davlati poytaxti boʻlganida nafaqat Ozarbayjon, balki butun Yaqin Sharqning muhim shaharlaridan biriga aylandi. Boku xalqaro tranzit ipak tijoratida va Sharq bilan Gʻarb orasida boshqa mollarning tijoratida faol ishtirok etardi. Bu feodal shaharning taraqqiyot davri edi.<ref name="R2" /><ref name="R13" />
Qator 124:
=== XVII-XIX asrlar ===
[[Image:Баку. Конец 19-го века - 22.jpg|thumb|XIX asrning oxirida Boku shahrida qora shahar.]]
Bokuning boy tabiiy resurslari, shuningdek, muhim harbiy-strategik ahamiyati XVIII asr boshlaridan boshlab Rossiyaning eʼtiborini torta boshladi. Kaspiyning janubi-gʻarbiy boʻylariga koʻz tikkan Pyotr I maxsus harbiy dengiz ekspeditsiyasi tuzdi. 1723-yil 26-iyunda Pyotr I qoʻshini Bokuga kirdi. Lekin Rossiya va Eron orasida tuzilgan Ganja bitimiga muvofiq Boku qaytadan Nodirshoh hokimiyati qoʻl ostiga oʻtdi.<ref name="R2" />
 
XVIII asr oʻrtalarida Ozarbayjonda bir qancha xonliklar, shu jumladan, Boku xonligi tuzildi. 1796-yil yozida rus qoʻshinlari Ozarbayjonga yurish qildi. 13-iyunda Boku olindi. Yekaterina II oʻlimidan soʻng chor qoʻshinlari 1797-yil mart oyida Bokuni tark etdi. 1805-yil 12-avgustda chor qoʻshini Bokuni qamal qildi, ammo muvaffaqiyat qozona olmay ortga qaytdi. 1806-yil avvalida general Pavel Sisianov qoʻshinlari qaytadan Bokuga yaqinlashdi. Shaharni topshirish haqidagi Boku xoni Husaynqulixon bilan muzokaralar vaqtida general Sisianov oʻldirildi. Boku xonligi 1806-yil 6-oktyabrda chor hokimiyati tomonidan bosib olingach, Bokuda kapitalistik munosabatlar taraqqiyot davri boshlandi. 1807-yilda Bokuda 500 uy, 3000 nafar aholi yashar edi. 1810-yilda Bokuning Icherishaharida ilk marta namunaviy koʻp qavatli bino qurilishi yuzaga keldi. Icherishaharda ikki va uch qavatli binolar qurildi hamda Ozarbayjonning anʼanaviy feodal shaharlaridan farqli oʻlaroq bu binolarning asosiy derazalari koʻcha tarafga qaratilgan edi. 1813-yilda tuzilgan Guliston shartnomasi bilan Shimoliy Ozarbayjon, shu jumladan, Boku ham Rossiya tarkibiga qoʻshilishi tasdiqlandi.<ref name="R2" /><ref name="R13" /><ref name="R14" />
Qator 146:
Boku proletariatining Dekabr inqilobi Rossiyaning markaziy viloyatlarida keng aks sado berdi. Rossiya imperiyasining boshqa shaharlaridagi ishchilar Boku hodisalarida doir inqilobiy varaqalar tarqatdilar. Ushbu varaqalarda Boku proletariatining Dekabr inqilobidagi gʻalabasining butun Rossiya ishchilar sinfi uchun katta ahamiyati borligini taʼkidlanar edi.<ref name="R18" />
 
1907-yilda esa Boku-Batumi neft quvuri foydalanishga topshirildi va bularning taʼsiri natijasida ortiq 1908-yilda Boku shahri Kavkazorti umumiy sanoat mahsulotining 91,6  %ini berar edi. 1917-yil Rossiya inqiloblaridan soʻng Ozarbayjonda ijtimoiy-siyosiy hayot oʻzgardi va Boku Soveti hokimiyatni qoʻlga olishi bilan yakunlandi.<ref name="R13" />
 
1918-yil 30-mart va 3-aprel orasida Boku shahrida va Boku gubernatorligining turli hududlarida, xususan, Shamaxi, Kuba, Xachmaz, Lankaron, Hojiqobil, Salyan, Zangazoʻr, Qorabog, Naxchivon va boshqa hududlarda Boku Soveti va Dashnaksutyundan boʻlgan arman qurolli armiyasi ozarbayjonlarga qarshi qirgʻin uyushtirdilar. Rasmiy manbalarga asosan ommaviy qirgʻin natijasida 12 mingga yaqin ozarbayjon qatl qilindi, oʻn minglab insonlar bedarak yoʻqoldi. Stepan Shaumyan 1918-yil 25-aprelda Boku Xalq Komissarlari Soveti nomli hukumat yaratdi. Boku XKS oʻzini Boku gubernatorligi va Dogʻistonda Sovet Rossiyasi hukumatining mahalliy hokimiyat organi deb eʼlon qildi.<ref name="R19" /><ref name="R20" /><ref name="R21" /><ref name="R22" /><ref name="R23" />
Qator 154:
Ozarbayjon Milliy Kengashining 1918-yilda qabul qilgan Ozarbayjon Istiqlol Bayonnomasida Ozarbayjon Xalq Respublikasining poytaxti haqida modda yoʻq edi. Ozarbayjon SSRning 1921-yilda qabul qilingan Konstitutsiyasida ham poytaxt haqida modda kiritilmagandi. Ozarbayjon SSRning 1937-yil va 1978-yil konstitutsiyalarida esa Boku shahrining respublika poytaxti sifatida eʼlon qilinishi qayd qilingan.<ref name="R2" />
 
1920-yil 28-aprelda Vaqtinchalik Inqilob Qoʻmitasi yangi hukumatning  — Ozarbayjon SSR Xalq Komissarlari Soveti tarkibini tasdiqladi. 29-apreldan eʼtiboran E.H. Qarayev boshchiligida Boku Inqilob Qoʻmitasi ham ishlar edi. Bokuda shahar Soveti bilan bir qatorda Boku Uezd Inqilob Qoʻmitasi ham faoliyat koʻrsatardi. Shaharning barcha tumanlarida mahalliy hokimiyat organlari tuzildi. 1920-yil 1-7-sentyabrda Bokuda sharq xalqlari I qurultoyi, 1926-yilda esa I Umumittifoq turkologiya qurultoyi oʻtkazildi. Bokuda taʼqiblar, Ozarbayjon Xalq Respublikasi liderlari, yirik namoyandalari, boshqa partiyalar, siyosiy guruhlar va harakat rahbarlarining, Ozarbayjon qoʻshinlarining, Mudofaa vazirligi xodimlarining hibsga olinishi boshlanadi. Ularning bir qanchasi Nargin orolida qatl qilindi, Rossiyaning turli qamoqxonalari va lagerlariga surgun qilindi.<ref name="R2" /><ref name="R27" />
 
Ikkinchi jahon urushi Ozarbayjondan uzoq shimoli-gʻarbiy mintaqalarida boshlansa ham Adolf Gitler neftga boy boʻlgan Bokuni zabt etishni oldiga maqsad qilib qoʻyadi. 1941-yilda Ozarbayjonda 23,5 mln tonna neft chiqarilgan boʻlib, bu koʻrsatkich butun Sovet Ittifoqida mavjud boʻlgan neftning 71,4  %ini tashkil qilardi. Mana shunday yuksak hosilot SSSRning II jahon urushidagi gʻalabasiga katta hissa qoʻshgan, xalq xoʻjaligi oldida turgan bir qancha masalalarning hal qilinishida neftning maxsus roli yana-da ortgan.<ref name="R28" /><ref name="R29" /><ref name="R30" /><ref name="R31" />
 
Urush sharoiti oʻrtaga yangi-yangi muammolarni tashlardi. 1942-yilda Kavkaz hududida jang davom etgani sababli Bokuda neft quduqlarining faoliyati vaqtinchalik toʻxtatildi. Absheron yarimorolida yangi neft konlari ishga tushmadi. Shu bilan birga Shimoliy Kavkaz va Volga daryosi orqali xom ashyo va neft mahsulotlarini tashishning imkoni yoʻq edi. Chunki transport infrastrukturasi harbiy amaliyotlar oʻtkazilayotgan hududdan oʻtar edi. Lekin tez orada bu muammoga ham yechim topildi. Neft mahsulotlarini „yer omborlari“ga va koʻllarga (Zigʻ, Masazir va b.) toʻldira boshladilar. Soʻngra ularni Kaspiy dengizi bilan joʻnatar edilar. Urushning hal qiluvchi bosqichi boʻlgan 1942-yilda Kaspiy dengizi bilan frontga 505 ming tonna, Hashtarxon vositasi bilan 336 ming tonna neft mahsulotlari tashildi. Fashist harbiy qismlarining 1942-yilavgust oxirlarida Shimoliy Kavkazga yetib borishi va Grozniy neft tumanining fashist qoʻshini tomonidan zabt etilishi Boku neftining urush jarayonidagi ahamiyati va rolini yana-da orttirdi va uni asosiy planga chiqardi.<ref name="R28" /><ref name="R32" />
Qator 168:
1988-yil 17-noyabrda Bokuning Ozodlik maydonida ommaviy eʼtiroz mitinglarining oʻtkazilishi Ozarbayjonda milliy-ozodlik harakatining boshlanishiga sabab boʻldi. Shu yili 5-dekabrda Sovet qoʻshinlari Ozodlik maydoniga yurish qilib, mitingchilarning oldini toʻsib, komendant soatini tatbiq etgandi. 1990-yil 19-yanvardan 20-yanvarga oʻtar kechasi soat 23:30 da Boku shahriga sobiq Sovet Ittifoqining qo‘shin bo‘lmalari favqulotda holat eʼlon qilmasdan kirib borgan, tinch aholiga hujum qilib, yuzlab gunohsiz insonlarni qatl qilgan, bu hujumda ko‘pchiligi yaralangan, bedarak yo‘qolgandi.<ref name="R2" /><ref name="R37" />
 
1994-yil 19-martda Boku metrosi 20-yanvar metrostansiyasida portlash yuz berdi, 14 kishi halok boʻldi, 49 nafar yaralandi. Shu yili 3-iyulda metroning „28-may“ va „Yoshlik“ stansiyalari orasida poyezdda portlash uyushtirildi, qurbonlar va yaradorlar bor edi. 1997-yil 25-noyabrda Bokuda Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon va Moldova respublikalarining orasida hamkorlik toʻgʻrisidagi blok  — „GUAM“ blokining tashkilini bayon qilgan protokol imzolandi.<ref name="R14" />
 
2000-yil 25-noyabrda soat 21:30 da Bokuda 6,8 ballik zilzila sodir boʻlgandi.<ref name="R38" />
Qator 181:
== Geografiya ==
=== Relyef və geologiya ===
Boku Kaspiy dengizi gʻarbida, Absheron yarimorolining janubida 40", 23' eni 49", 51' uzunlikdagi meredianalar kesishgan nuqtada joylashgan. Absheron yarimorolining janubida sohil atrofi suv akvatoriyasida Boku arxipelagi joylashgan. Arxipelagga Kichik Zira, Katta Zira, Tosh Zira, Xara Zira, Zanbil, Gil orollari, Qorasuv, Kutan orollari, Sangi Mugan, Nomsiz orol, Ignat toshi, Kur toshi, Cigil, Karavansaray orollari, Tava oroli, Dash orollari yoyi, Xonlar oroli va Bobur oroli kiradi.<ref name="R48" /><ref name="R49" />
 
=== İqlim ===
Boku joylashgan Absheron yarimoroli yuksak oʻrta yillik temperatura va oz yogʻingarchilikka molik hududdir. Bokuda havoning oʻrtacha yillik temperaturasi 14,4 darajani tashkil qiladi. Quyoshli, oz bulutli kunlar hisobiga koʻra Absheron Kavkazda birinchi, yogʻingarchilik miqdoriga koʻra esa oxirgi oʻrinda turadi.<ref name="R50" />
 
Boku iqlimi quruq va subtropikdir. May boshidan boshlab sentyabr oyigacha davom etgan uzun yoz quruq va issiq oʻtadi. Eng issiq vaqtlarda  — iyul va avgust oylarida kundalik oʻrta temperatura 26 darajani tashkil qiladi. Kuzda yoz issigʻi chekinib, oʻrniga quruq, mayin havo oʻrnashadi. Bokuda qish ham moʻtadil oʻtadi, yaʼni yanvarda oʻrtacha temperatura 3-5 daraja boʻladi. Qish odatda qorsiz va qahratonsiz oʻtuvchi oz quyoshli kunlardan iborat. Shunga qaramay kuchli shimol shamoli, baʼzan havoda kichik tomchilar kuzatiladi va bu shamollar Bokuning eng muhim elementi hisoblanadi.<ref name="R50" />
 
== Aholisi ==
 
=== Demografiyası və etnik tarkibi ===
1908-1910-yillarda Rossiyadan Ozarbayjonga 3 ming qishloq oilalari koʻchirildi. Bokuga koʻchib kelganlarning aksariyat qismini erkaklar tashkil qilardi. Shunday qilib, oilasi bilan birga ish qidirish qiyin boʻlgani uchun migrantlar oʻz oilalarini tashlab kelardilar. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, Bokuning neft sanoati muassasalarida ishlagan rus mutaxassislari, ishchi va xizmatchilari baʼzi hollarda oʻz oilalari bilan, armanlarning koʻp qismi boʻydoq va yolgʻiz, ozarbayjonlarning esa hammasi oʻz oilasini uyda qoldirib kelar, yolgʻiz yashar edi. 1913-yilda Boku shahrida aholi soni 3 martaga ortdi, 334 mingga chiqdi. Rossiya Imperiyasining 5 eng katta shahridan biriga aylangan Bokuda joylashgan migrantlarning aksariyatini ruslar tashkil qilardi. Armanlarning soni ham migratsiya hisobiga katta sur’atda ortgan va Boku aholisining milliy tarkibida ularning xususiy miqdori 17,5  % gacha chiqqandi. Ayni vaqtda Bokuda yashagan boshqa millatlarning soni ham bir necha martalab ortgan. Masalan, yahudiylar soni 5,7 marta ortib 10,8 ming nafar boʻlgan, lazlar soni esa mingdan 8 mingga chiqqandi. Bu davrda Bokuda ozarbayjonlar sonining ortishi 74  %ni tashkil qilish bilan umumiy ortishda yetarlicha ortda qolgandi. Buning natijasida Boku aholisining milliy tarkibida ularning miqdori 1897-yildagi 36  %dan, 1913-yilda 21  %ga tushgandi. Bu davrda Janubiy Ozarbayjondan ham oʻn minglab ozarbayjon Bokuga koʻchib oʻtgandi. 1913-yilda Bokuda oʻtkazilgan aholi statistikasi materiallarida Bokuda har 6 nafardan biri Janubiy Ozarbayjondan edi. 1970-yilda faqat Bokuda 207,5 ming nafar arman yashardi, bu esa butun Ozarbayjondagi armanlarning 43  %iga teng degani edi.<ref name="R19" /><ref name="R51" />
 
1988-yilda arman millatchilarining ozarbayjonlarni Armanistondan deportatsiya qilishi va koʻchirishi natijasida quvilgan ozarbayjonlarning aksariyati Bokuga joylashtirildi. Sumqayit hodisalari va Qora Yanvar Bokuda, Ganjada va boshqa joylarda kamchilik boʻlgan armanlarning Ozarbayjonni tark etishi bilan yakunlandi. Bu davrda Moskvaning anti-Ozarbayjon tashviqotiga aldangan va Ozarbayjon xalqining Rossiyaga qarshi adovatidan tashvishga tushgan Bokulik ruslar va ularga yaqin boʻlgan rusiyzabon etnik guruhlarning namoyandalari orasida ham Ozarbayjonni tark etib, Rossiyaga qaytganlar boʻldi. Qorabogʻ mojarolaridan keyin Bokuda 500 mingga yaqin qochoqlar va majburiy koʻchkinlar joylashdi.<ref name="R13" /><ref name="R19" />
 
2017-yil boshlaridan Boku shahri aholisi soni 3700 nafar yoki 0,2  % ortib, 1-aprelda 2 mln 249,5 ming nafarga yetdi. Hisobot davrida Bokuda 3556 oʻlim qayd qilinib, aholining har ming nafariga 6,4 dan toʻgʻri keldi. 2017-yilning ilk 3 oyi davomida roʻyxatga olish shoʻbalari tomonidan 2957 nikoh va 1134 ajrashish holati kuzatildi. Aholining har ming nafariga nikoh soni 5,3, ajrashishlar soni esa 2 boʻlgan.<ref name="R52" />
 
[[Image:Refugees sailing from Baku.jpg|thumb|1910 yilda Boku shahridan Samed Aga kemasida Erona koʻchib ketgan qochqinlar.]]
Qator 220:
|
|405
|5.5  %
|
|
Qator 418:
Duma majlislari rus tilida olib borilar edi. Shu sababli rus tilida gaplasha olmaydigan glasniylar majlislarda koʻp vaqtlar mudrab oʻtirardilar. Boku Shahar Dumasining taniqli aʼzolaridan Habib aka Mahmudbeyov, Hoji Zeynalabdin Tagiev, Aga Musa Nagiyev, Shamsi Asadullaev, Ajdar bash Ashurbeyov, Agabala Guliyev, Mammadhasan Hojinski, Hasanbey Agaev, Alimardanbey Topchubashov, Ahmad bey Pepinov, Mashadi Azizboyov va Hasanbey Zardabiyni qayd qilish mumkin.<ref name="R13" />
 
1939-1977-yillar davomida shaharni Boku Shahar Mehnatkashlar Deputatlari Soveti Ijro Qoʻmitasi boshqarar edi. 1977-yilda qoʻmita Boku Shahar Xalq Deputatlari Soveti Ijro Qoʻmitasi deb nomlandi. 1991-yildan bugungacha shaharni Boku Shahar Ijro Hokimiyati boshqarmoqda. Ozarbayjon Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlgan katta shahar hokimiyati yoʻq yagona davlatdir.<ref name="R2" /><ref name="R70" />
 
Baki shahar hokimiyat binosi Istiqlol koʻchasida joylashgan. Bino 1900-1904-yillarda arxitektor Iosif Goslavskiy loyihasi asosida barokko stilida insho etilgan. Bino devorining bezagi uchun Italiyadan qizil dekorativ gʻisht va rangli marmar keltirilgan. Bino koʻrinishining markazida Boku shahri gerbi tasvirlangan.<ref name="R2" />
Qator 428:
1803-yilda dunyoda birinchi marta bokulik Hoji Qosimbey Mansurboyev Bibihaybatda Kavkazorti oʻlkasi Bosh Idorasi aʼzosi boʻlgan Vasiliy Semyonovning taklifi bilan Boku neft maʼdanlarining direktori mayor Alekseyevning rahbarligi ostida sanoat usuli bilan 21 metr chuqurlikda neft qudugʻi qazilgan va ijobiy natija bergan. 1859-yilda Bokuda Dubin aka-ukalarining yirik neft ajratish zavodi foydalanishga berilgan. Zavodda asosan oq neft ishlab chiqarilardi. 1872-1873-yillarda Kaspiy dengizida taxta barajlar bilan neft joʻnatilgan. 1872-yilda Nobel aka-ukalari Bokuda „Branobel“ nomli ilk neft shirkatini taʼsis etdilar.<ref name="R71" /><ref name="R72" /><ref name="R73" />
 
1994-yil 20-sentyabrda Bokuda Guliston saroyida Gʻarbning neft shirkatlari bilan tuzilgan neft bitimi mustaqil Ozarbayjon tarixida muhim rol oʻynadi. „Asr shartnomasi“ deb nomlangan bu bitim Kaspiy dengizining Ozarbayjon sektorida „Azeri“, „Chiroq“ „Guneshli“ neft konlarining chuqurlikda joylashgan qismining birgalikda ishlanishi va olingan neftning dunyoning eng yirik 11 neft shirkati bilan ulush shaklida taqsimlanishiga sabab boʻldi. 1997-yilda Boku-Novorossiysk Shimol eksport quvuri, 1999-yilda esa Boku-Supsa Gʻarb eksport kamari foydalanishga topshirilgan. 1999-yil 17-aprel kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Haydar Aliyev, Gruziya Prezidenti Eduard Shevardnadze va Ukraina Prezidenti Leonid Kuchma ishtirokida Boku-Supsa quvurlari va Gruziyaning Qora dengiz sohilidagi Supsa eksport terminali foydalanishga topshirildi. „Chiroq“ konidan olingan neft Supsa portidan dunyo bozorlariga ekport qilina boshlangan va ilk marta Ozarbayjon nefti shimolga emas, gʻarbga joʻnatilgandi. 1999-yil 18-noyabrda Turkiyaning Istanbul shahrida oʻtkazilgan ATET Sammitida Haydar Aliyev, Eduard Shevardnadze va Sulaymon Demirel tomonidan Boku-Tbilisi-Jayhon (BTJ) „Asosiy eksport neft quvurlari“ oʻtkazilishi toʻgʻrisida davlatlararo Shartnoma imzolandi.<ref name="R74" /><ref name="R75" /><ref name="R76" /><ref name="R30" />
 
2007 yilda Baku-Tbilisi-Erzurum quvuri ishga tushirildi. Ozarbayjon Prezidentining 16-avgust 2001-yildagi farmoniga binoan, 20-sentyabr kunini har yili Ozarbayjonda Neftchilar kuni deb nishonlanishi rasmiylashtirildi. 2017-yilda Bokuda „Azeri-Chiroq-Guneshli“ konlarining 2050-yilgacha ishlatilishiga doir bitim imzolangan.<ref name="R71" /><ref name="R77" /><ref name="R78" />
Qator 435:
 
=== Moliya ===
1874-yil 28-fevralda Bokuda faloiyatini boshlagan Boku kredit jamiyati ilk bank muassasasi sifatida Shimoliy Ozarbayjonda kapitalist kredit tizimining tuzilishiga tamal qoʻydi. 1874-yil 1-iyundan Bokuda ikkinchi bank muassasasi  — Davlat banki shoʻbasi faoliyatini boshladi. Bokuda 1881-yilda Boku ijtimoiy shahar banki, 1886-yilda Tbilisi kommersiya banki shoʻbasi, 1890-yilda Volga-Kama kommersiya banki shoʻbasi, 1897-yilda Kiev yoki Janubiy Rossiya sanoat banki shoʻbasi, 1898-yilda Sankt-Peterburg-Azov kommersiya banki shoʻbasi, Rus tijorat-sanoat banki shoʻbasi, 1899-yilda Don tuproq banki, 1900-yilda Boku shahr kredit jamiyati, Eron Hisobot-qarz banki shoʻbasi taʼsis etildi.<ref name="R80" /><ref name="R81" /><ref name="R82" />
 
1992-yilda Boku shahrida Ozarbayjon Respublikasi Markaziy Banki, 2000-yilda esa Ozarbayjonning asosiy fond birjasi boʻlgan Boku Fond Birjasi tuzildi. Shaharda aksariyat Ozarbayjon banklari binolari, shu jumladan, AccessBank, Bank of Baku, Bank Respublika, Kapital Bank, Ozarbayjon Sanoat Bankı, Ozarbayjon Xalqaro Banki, Rabitabank, DemirBank, Unibank və Zaminbankning bosh binolari joylashgan. 2010-yil statistikasiga koʻra, Boku shahrida 995 bankomat mavjud.<ref name="R83" /><ref name="R84" /><ref name="R85" />
 
=== Turizm va savdo sotiq ===
Qator 443:
Boku Kavkazdagi eng muhim tusistik makonlardan biri hisoblanadi. 2015-yilda Boku markazidagi Nizomiy koʻchasi dunyoning eng qimmat koʻchalari roʻyxatiga kirgan. Davlat Statistika Qoʻmitasining 2014-yilda tarqatgan maʼlumotiga koʻra, Ozarbayjonda 30 besh yulduzli mehmonxona bor va ularning aksariyati Bokuda joylashgan. Shaharning mashhur mehmonxonalaridan JW Marriott Absheron, İnturist otel, Hilton Baku, Kempinski Hotel-Badamdar, Four Seasons Hotel Baku, Fairmont Baku, Bulvar Hotel va Jumeirah Bilgah Beach Hotel ni aytib oʻtish mumkin.<ref name="R86" /><ref name="R87" />
 
2014-yilda Boku Forbes jurnalining ruslar uchun biznes sohasida eng jalb qiluvchi sobiq SSSR shaharlari reytingida top oʻnlikka kirgan. 2015-yilda Boku Lonely Planetning sayohat uchun eng qiziqarli makonlar reytingida yettinchi, New York Times gazetasining „2015-yilda safar qilish uchun dunyoning eng yaxshi joylari“ reytingida esa 51-oʻringa loyiq koʻrildi. 2016-yilda Trip Advisor sayohat saytining yiqqan savol anketasida eʼtiborga molik va rivojlanayotgan turizm mintaqalari roʻyxatida Boku shahri 5-oʻrinni egallagan.<ref name="R3" /><ref name="R4" /><ref name="R5" /><ref name="R6" /><ref name="R88" />
 
Bokuning mashhur turistik maskanlaridan Shirvonshohlar saroyi va Qiz Qal’asi joylashgan Icherishahar, Boku Bulvari, Davlat bayrogʻi maydoni, Favvoralar maydoni, Otashgoh, Shahidlar xiyoboni va Boku teleminorasini aytib oʻtish mumkin.<ref name="R89" /><ref name="R90" /><ref name="R91" />
Qator 449:
Bokuda 20-dan ortiq savdo markazlari bor. Ulardan Park Bulvar, 28 Mall, Metropark, Nargiz Shopping Center, Ganjlik Mall və Xaqani Savdo markazini keltirish mumkin.<ref name="R92" /><ref name="R93" />
 
Boku hududida turli plyajlar faoliyat koʻrsatadi. Ulardan Amburan va Şıxov plyajini keltirish mumkin.<ref name="R94" />
 
== Tumanlari ==
Qator 475:
 
=== Qoradogʻ tumani ===
Qoradogʻ tumani maʼmuriy-hududiy boʻlinmasi sifatida Puta-Shofani koni sababli tuzildi. 1923-yil 7-mayda Puta aholi punktidagi klubda ilk partiya konferensiyasi oʻtkazildi va tumanning asosi qoʻyildi. Tuman 1937-yilgacha Mikoyan tumani, 1956-yilgacha Molotov tumani, 1956-63-yillarda Qoradogʻ tumani, 1963-66-yillarda Azizboyev tumani, 1966-yildan esa qaytadan Qoradogʻ tumani deb nomlandi. Tumanning nomi Kavkazortida ilk temir yoʻl stansiyalaridan boʻlgan Qoradogʻ stansiyasining nomi bilan bogʻliq. Lokbatan qishlogʻi, Qoradogʻ tumanining markaziy shahridir. Tumanning ikkinchi yirik shahri  — Sahil aholi punkti hisoblanadi.<ref name="R101" />
 
=== Sabunchi tumani ===
Qator 485:
=== Saboil tumani ===
[[Image:Ismailiyye palace main façade, Baku, 2015.jpg|thumb|Ismoiliya saroyi, Sabaʼil tumanida joylashgan.]]
Saboil  — Boku buxtasida, sohildan tahminan 350 m janubi-gʻarbda joylashgan tarixiy-meʼmorlik obidasining nomidir. Uzunligi 140, eni 35 metrdir. 3 doira va 12 yarimdoira burji boʻlgan tosh devor bilan (eni 1,2-2 m) oʻralgan. Arxeologik tadqiqotlar vaqti Saboildan ustida arab tilida yozilgan yozuvlar, inson, qush va hayvon tasviri tushirilgan 700 ga yaqin tosh, shuningdek, Shirvonshoh Gershasbin I Gushtasp nomidan chiqarilgan mis tanga, bino qoldiqlari, sopol idishlar, tegirmon, pichoq sopi, mix va boshqalar topilgan. Qoʻlyozmalarda Qur’on oyatlari, 1234-35-yil tarixi, turli shaharlar, hunarmandlar va Shirvonshohlarning nomlari yozilgan.<ref name="R104" />
 
Xalq orasida „Suv ostidagi shahar“, „Bayil toshlari“, „Shahri Yunon“, „Karvonsaroy“, „Bayil qasri“ va boshqacha nomlangan Saboil tahminan XIII asr boshlarida tashkil qilingan, XIV asr boshlarida esa tektonik oʻzgarishlar natijasida Kaspiy suvlari ostida qolgan. Keyinchalik suv sathi pasayib, 1723-yilda obida yangidan quruqlikka chiqdi. Tahminlarga koʻra Saboil mudofaa qal’asi va bojxona, baʼzi olimlar fikricha, ibodatxona boʻlgan. <ref name="R104" />
Qator 491:
Saboil tumani hududida antik davrga va oʻrta asrlarga oid obidalar mavjud. Tumanda joylashgan obidalardan Icherishahar, Shirvonshohlar saroy kompleksi va Qiz qal’asini qayd qilish lozim. Boku shahrining, shu bilan birga respublikaning asos madaniyat markazlari, shu jumladan, 7 ta teatr, filarmoniya, 5 kutubxona, 16 muzey, 4 madaniyat uyi, 3 musiqa maktabi, 47 mehmonxona Saboil tumanida joylashgan. Hududda turli fan, tasviriy sanʼat korifeylari, urush va adabiy qahramonlarning sharafi uchun qoʻyilgan haykallar, 4 park va 18 istirohat bogʻi bor.<ref name="R105" />
 
Saboil tumani Bokudagi eng qadimgi tuman boʻlib, oʻtgan asrning 20-yillaridan beri maʼmuriy hududiy birlik sifatida shakllantirilgan. Tuman avval „Bayil-Bibi-Heybat“, 1931-yildan boshlab „Stalin“, 1960-yildan esa „26-Baki Komissarlari“ nomi berilgan va 1992-yil 29-apreldan Ozarbayjon Respublikasi Oliy Soveti Milliy Kengashining 112-sonli qaroriga asosan Saboil tumani deb nomlandi. Boku mintaqalaridan biri Bodomdor va qadimiy tarixi boʻlgan Bibihaybat aholi punktlari Saboil tumanining maʼmuriy hududidir. Tumanda 3 ijro qoʻmitasi  — Saboil, Bodomdor va Bibihaybat qoʻmitalari faoliyat koʻrsatadi.<ref name="R105" />
 
=== Xatoiy tumani ===
Qator 522:
Sovet davri Ozarbayjon arxitekturasining ilk namunasi Boku atrofida ishchi aholi punktlarining qurilishi bilan bogʻliqdir. Absheronda ishchi aholi punktlarining qurilishi ushbu davrda yosh sovet arxitekturasining ilk namunalari edi. Sobiq SSSRda ilk bosh planlardan boʻlgan „Katta Boku“ning bosh plani yangi tashkil qilinadigan tumanlarni ham oʻz ichiga olardi. Joy muammosining hal qilinishi bilan bogʻliq tadbirlar bilan bir qatorda Absheron yarimorolida transport aloqasi ham takomillashdi. 1926-yilda Bokuning neft tumanlarini shaharlar bilan bogʻlagan elektrik temir yoʻli oʻtkazildi. Sobiq SSSRda ilk elektrik temir yoʻli boʻlgan bu liniya yoʻl davomida quriladigan binolar kompleksining arxitektura qarori bilan bogʻliq edi. Bu davrda qurilgan Sabunchi vokzalining binosi bu binolarning eng qiziqarli namunalaridandir. Ilk turarjoy massivlaridan boʻlgan Mammadyorov aholi punktining qurilishi umumittifoqiy ahamiyatli tadbirlardan edi.<ref name="R118" />
 
Dunyoda ilk bora ochiq dengizda, poʻlat tirgaklar ustida qurilgan shaharcha boʻlgan Neft Toshlarining loyihasi va qurilishi urushdan keyingi davr arxitekturasida alohida oʻrin egallaydi. Neft Toshlari 1949-yilda Kaspiy dengizidagi boy neft konining paydo boʻlishiga asos solindi. Boku markaz qismining qaytadan qurilishi 1950-yillardagi Ozarbayjon arxitektorlarining muhim ijodiy faoliyati sifatida davom etardi. 1960-yillar oxiri  — 80-yillarda Bokuda bir qator yirik ijtimoiy bino va manzillar qurilgan. Bulardan Boku davlat sirki, Respublika saroyi, „Boku“, „Qorabogʻ“, „Ozarbayjon“, „Moskva“, „Absheron“ mehmonxonalari, Boku temiryoʻl vokzali, Guliston saroyi va boshqa binolar shaharning meʼmorlik koʻrkini yana-da goʻzallashtirdi.<ref name="R118" />
 
Bokuning XXI asr arxitektura namunalaridan SOCAR Tower, Haydar Aliyev markazi, Park Bulvar, JW Marriott Absheron, SOFAZ Tower, Xalqaro Maqom Markazi va Olov maydonlarini keltirib oʻtish mumkin.<ref name="R119" />
Qator 528:
=== Parklari va bogʻlari ===
[[Image:Fuente en Baku, Azerbaiyán, 2016-09-26, DD 227-229 HDR.jpg|thumb|Filarmoniya bogʻi.]]
Bokuning Eng mashhur va katta parki  — Boku bulvaridir. Dengiz qirgʻogʻi bulvar Boku shahr Dumasining 1909-yilda qabul qilgan qaroriga asosan qurilgan. Bulvarning tashkil etilishi oʻsha vaqtda Boku Dumasida ishlaydigan mashhur muhandis Mammadhasan Hojinskiy nomi bilan bogʻliq. 1920-yil boshlarida Bokuda koʻklamzorlashtirish va bogʻ-park arxitekturasi sohasida muhim ishlar koʻrilishi boshlandi. 1930-yillar boshlarida yangi Boku bulvarining qurilishi Boku markaziy qismining umumiy meʼmorlik-reja qurilishining yaxshilanishiga sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Bu davrda Bokuning arxitektura taraqqiyoti 1924-1927-yillarning bosh rejasida nazarda tutilgan bir qator yirik ijtimoiy binolarning qurilishining tugatilishi va koʻklamzorlashtirish ishlarining kengaytirilishi bilan natijalanadi. 1970-yillarda bulvar sharq va gʻarb istiqomatlarida kengaytirilib, 3,7 kilometrga yetkazildi. 1998-yildan Boku bulvari milliy park statusini oldi. Bulvarda turli koʻngilochar, tijorat, madaniyat va sport markazlari faoliyat koʻrsatadi. Bulvarning mashhur obyektlaridan Xalqaro Maqom Markazi, Boku Sport Saroyi, Boku Kristal zali, Shayton charxi, Kichik Venetsiya shaharchasi va Tosh solnomasi muzeyini keltirib oʻtish mumkin.<ref name="R118" /><ref name="R120" /><ref name="R121" />
 
2010-yilda bulvarda Davlat Bayrogʻi Muzeyi va Davlat Bayrogʻi Maydonining ochilishi boʻldi. 20000 m² hududga ega boʻlgan maydonga oʻrnatilgan ustunning balandligi 162 metr, poydevorining diametri 3,2, ustki qismi esa 1.09 metrdir. Dastgohining umumiy ogʻirligi 220 tonnadir. Bayroqning eni 35 metr, uzunligi 70 metr, umumiy hajmi 2450 kvadratmetr, ogʻirligi esa tahminan 350 kg ga teng. Ginnes rekordlari tashkiloti 2010-yil 29-mayda Ozarbayjon davlat bayrogʻi ustuni dunyodagi eng yirik bayroq ustuni deb tan oldi.<ref name="R122" /><ref name="R123" />
 
Hozirda Bokuning turli joylarida joylashgan parklarning har birining oʻz infratuzilmasi, koʻp sonli kafe, restoran, attraksion va bolalar maydonchasi bor. Bokuning eng muhim parklaridan Ofitserlar bogʻi, Filarmoniya bogʻi, Xagani bogʻi, Togʻusti bogʻi, Dada Qoʻrqut bogʻi va Markaziy botanika bogʻini aytish mumkin.<ref name="R124" />
Qator 547:
1908-yil 12-yanvarda Uzeyir Hojibeyovning „Layli va Majnun“ operasi Bokuda qoʻyildi. Bu Musulmon Sharqining ilk operasi edi. Boku 1950-yillardan boshlab „Jaz shahri“ sifatida ham tanilgan. Shahar 11 martadan koʻp xalqaro jaz festivaliga mezbon boʻldi. 2012-yilda Boku shahrida 57-Yevrovideniye Qoʻshiq musobaqasi tashkil qilindi.<ref name="R126" /><ref name="R127" /><ref name="R128" /><ref name="R129" /><ref name="R130" /><ref name="R131" />
 
Bokuda bir qancha musiqa janrlari, shu jumladan, mayxona, 1960-yillarda Jaz-maqom, 1980-yillar oʻrtalarida rus shansonidan yaralgan „Boku shansoni“ yaratildi. Shaharning muhim musiqa sahnalaridan Boku Kristal zali, Haydar Aliyev markazi, Ozarbayjon Davlat Akademik Filarmoniyasi va Xalqaro Maqom Markazini keltirib oʻtish mumkin.<ref name="R132" /><ref name="R133" />
 
=== Muzey va galereyalari ===
Qator 556:
1898 yil 8 yanvarda Bokuda xorijiy filmlar namoyish etildi. 1898-yilda fotograf Aleksandr Mishon Bokuda „Balaxanida neft fontani“ va „Bibihaybat neft maʼdanida yongʻin“ nomli hujjatli syujetlarni lentaga yozib Ozarbayjon kinosi tamalini qoʻydi.<ref name="R135" /><ref name="R136" />
 
Bokuda 26 kinozali boʻlgan sakkiz davlat va xususiy kinoteatr bor. Shaharning mashhur kinoteatrlaridan biri  — Nizami kino markazi, Park Cinema kinoteatri va CinemaPlusni aytish mumkin. Bokuda olingan mashhur kinolardan „Arshin, ol oluvchi“, „Amfibiya odam“, „Dunyo yetarli emas“, „Tugʻilgan kun“, „Bir janub shahrida“, „Olmos qoʻl“, „Kun oʻtdi“, „Qoʻrqma, Men sen bilanman“, „Neft va millionlar saltanatida“, „Oxirgi tepalik“, " Ali va Nino ", „Toʻla“ va boshqalarni keltirib oʻtish mumkin.<ref name="R137" /><ref name="R138" />
 
=== Kutubxonalari ===
Qator 565:
1873-yil 10-martda (23-da) Bokuda maktab sahnasida Mirza Fataliy Oxunzodaning „Lankaron xonining vaziri“ pyesasining sahnaga chiqishi Ozarbayjon milliy teatri tamalining qoʻyilishiga turtki boʻldi. 1883-yilda Boku teatr havaskorlari guruhi professional guruhga aylandi. Boku guruhining ilk spektakllari keyinchalik Ozarbayjonda teatr sanʼati taraqqiyotiga kuchli taʼsir oʻtkazdi.<ref name="R2" /><ref name="R14" />
 
Bokuda 15 dan ortiq muzey va sanʼat galereyasi mavjud. Shaharning mashhur teatrlaridan Ozarbayjon davlat akademik milliy drama teatri, Ozarbayjon Davlat qoʻgʻirchoq teatri, Ozarbayjon davlat akademik opera va balet teatri, Ozarbayjon davlat yosh tomoshabinlar teatri, Ozarbayjon davlat musiqali teatri, Boku shahar teatri, Boku bolalar teatri, Ozarbayjon davlat pantomimiya teatri, Ozarbayjon davlat rus drama teatri, „Uns“ teatri va Ozarbayjon davlat musiqiy teatri ham bor.<ref name="R142" />
 
== Taʼlim ==
1865-yilda Ozarbayjonda birinchi gimnaziya Boku shahrida tashkil etilgan. Hoji Zeynalabdin Togʻiyev qizlar maktabi 1901-yil 7-oktyabrda Boku shahrida tashkil etilgan. Bu Kavkazortida yagona qizlar maktabi edi. 1910 yilga qadar Boku shahrida faqat ikki oʻrta maktab bor edi: umumtaʼlim maktabi va gimnaziya.<ref name="R14" /><ref name="R143" /><ref name="R144" />
 
2013 yilda Bokudagi shahar taʼlim boʻlimida 311 toʻliq oʻrta maktab, 3 umumiy, 7 maxsus, kechki (yarim vaqtda) va nogiron bolalar uchun 4 ta maktab mavjud edi. Ushbu maktablarda 318 750 nafar oʻquvchini tayyorlash boʻyicha 29949 oʻqituvchi faoliyat koʻrsatmoqda. Shaharning mashhur oliy oʻquv yurtlaridan Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universiteti, Xazar universiteti, Boku davlat universiteti, ADA universiteti, Boku oliy neft maktabi, Ozarbayjon davlat rassomlik akademiyasi, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Ozarbayjon davlat neft va sanoat universiteti va Ozarbayjon tibbiyot universitetini aytish mumkin. Buyuk Britaniyaning „Quacquarelli Symonds“ shirkati 2018-yil uchun jahon universitetlarining reytingida Xazar universiteti 701-750, Boku davlat universiteti esa 801-1000-oʻrinlarni egallab turibdi.<ref name="R145" /><ref name="R146" /><ref name="R147" />
Qator 578:
Boku futbol klublaridan „Neftchi“, „Inter Boku“, „Sabail“ va „Zira“ sanab oʻtish mumkin. Qarabağ mojarosiga koʻra, Boku ham vaqtincha Qorabogʻ futbol klubiga mezbonlik qiladi. Shaharda Boku Olimpiya stadioni, Tofiq Bohramov nomidagi Respublika stadioni, Dalga Arena, Bayil Arena, Bakcell Arena va Inter Arena stadionlari joylashgan.<ref name="R148" /><ref name="R149" />
 
2000 yildan keyin Boku shahrida futbol boʻyicha 17 yoshgacha Yevropa Chempionati 2016, FIFA U-17 ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati 2012 kabi xalqaro futbol musobaqalari oʻtkazildi. 2019-yilda UEFA Yevropa Ligasi finali Boku Olimpiya stadionida boʻlib oʻtadi. 2020 yilda UEFA Yevro-2020 guruh bosqichi va 1/4 finaliga mezbonlik qiladi.<ref name="R150" /><ref name="R151" /><ref name="R152" />
 
Shuningdek, Bokuda „Araz-Naxchivan“ klubi, „Olimpik“, „Neftchi-Boku“, „Ekol-Baku“ va „Yasamal“ futzal klublari mavjud.<ref name="R153" />
 
=== Boshqa sport turlari ===
Bokuda turli sport markazlari mavjud. Shaharning mashhur sport maydonlaridan Haydar Aliyev Sport Arenasi va Boku Sport saroyini aytish mumkin. 2000-yildan soʻng Bokuda Baku Cup, 17 yoshgacha Yevropa Chempionati 2016, FIFA U-17 ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati 2012, 2010 Kurash boʻyicah Yevropa Chempionati, Badiiy gimnastika boʻyicha 25-Yevropa chempionati kabi xalqaro sport musobaqalari oʻtkazildi. 2016-yilda Bokuda 42-Shaxmat Olimpiadasi, 2017-yilda esa 2017 Islom Hamdoʻstligi Oʻyinlari oʻtkazildi. Hozirda Bokuda Tour d’Azerbaidjan velosiped musobaqalari va Formula-1 chempionatining Ozarbayjon Gran Prisi oʻtkazilmoqda.<ref name="R154" /><ref name="R155" /><ref name="R156" /><ref name="R157" /><ref name="R158" /><ref name="R159" />
 
2008-yildan eʼtiboran Bokuda voleybol boʻyicha Ozarbayjon Superligasi oʻtkazilmoqda. Shaharda Azerreyl, Azeryol VK, Lokomotiv Baku və Rabita Baku ayollar voleybol klubi bor.<ref name="R160" /><ref name="R161" />
Qator 595:
Bokuning ijtimoiy transport koordinatsiyasi va taraqqiyoti Boku Transport Agentligi tomonidan nazorat qilinadi. 2017-yil 25-maydan eʼtiborab Bokuda barcha marshrut yoʻnalishidagi avtobuslarda „Boku Kart“ tizimi xizmat koʻrsatadi.<ref name="R165" /><ref name="R166" />
 
Boku konkasi ilk bora 7-aprel 1889-yilda harakatga keltirildi. 1923-yil 1-oktyabrda Bokuda elektrik tramvay liniyasining tortilishi boshlandi va 1924-yil fevral boshlarida bu liniya foydalanishga topshirildi. 1941-yil dekabrda trolleybus liniyasi tortildi, 1960-yildan tramvay parki tomonda Boku funikulyori ishga tushirildi. 2002-yilda tramvay transporti, 2004-yilda esa trolleybus transporti olib tashlandi.<ref name="R167" /><ref name="R168" /><ref name="R169" /><ref name="R170" />
 
1967-yil 6-noyabrda ishga tushirilgan Boku Metropoliteni Ozarbayjonda yer osti temir yoʻllarini bogʻlaydigan shahar yoʻlovchi tashish tizimidir. Metropoliten liniyalari 36,63 km uzunlikda boʻlib, 3 ta liniyadagi 25 stansiyadan, 1 ta elektr omboridan va boshqaruv apparati joylashgn texnologik blokdan iborat. Barcha metro stansiyalari uchun yoʻl haqi bitta tarif boʻyicha belgilanadi. Metropolitendagi yagona toʻlov vositasi  — „Baku Kart“ plastik kartochkasi tizimidir. 2015-yil natijalariga koʻra, metropoliten oʻrtacha kuniga 589,1 mingta, yiliga 215 million nafar yoʻlovchi tashiydi.<ref name="R171" />
 
=== Temiryoʻl transporti ===
Boku temiryoʻl transporti Ozarbayjon Temir yoʻllari tomonidan boshqariladi. Ozarbayjonda temiryoʻl tamali 1878-yilda qoʻyilgan va 1880-yil 20-yanvarda qurilish yakunlangan. Uning uzunligi jami 20 km boʻlgan Boku-Sabunchi-Suraxani temir yoʻlidan iborat edi. 1945-yil 6-iyulda SSSR Davlat Mudofaa Qoʻmitasi qarori bilan mustaqil Ozarbayjon temiryoʻli yaratilgan. Yoʻllar vazirining 1945-yil 28-iyuldagi 674-sonli buyrugʻi bilan Ozarbayjon temir yoʻli 1945-yil 1-oktyabrdan tashkil qilingan. 1953-yil 14-may kuni Ozarbayjon va Kavkazorti temir yoʻllari Kavkazorti temir yoʻli nomi ostida birlashdi va uning markaziy ofisi Tbilisiga koʻchirildi.<ref name="R172" />
 
Boku-Tbilisi-Qars temir yo'lidayoʻlida qurilish ishlari 2018 yilda yakunlanishi kutilmoqda.<ref name="R173" />
 
=== Suv transporti ===
[[Image:Pleasure boat in the bay of Baku, Azerbaijan.jpg|thumb|Uch qavatli kema, Boku koʻrfaziga dengiz safarlari uchun ishlatilgan.<ref name="R174" />]]
XIX asrda Bokuda neft hosilotining sur’atli ortishi Kaspiyda kemachilik rivojiga turtki boʻlgan. Kaspiy Dengizi kemachiligining asosi 1858-yil 21-mayda „Kavkaz va Merkuriy“ Aksiyadorlik jamiyatining tashkil etilishi bilan boʻldi. 1881-yilda Bokuda ilk dengizchilik sinflari tashkil etildi. 1902-yilda Boku Xalqaro dengiz savdo porti taʼsis etildi. 1962-yilda Kaspiy dengizi transport loyihasi  — qidiruv ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislarining loyihasi asosida Boku-Turkmanboshi kema qatnovi yoʻlga qoʻyildi.<ref name="R175" /><ref name="R176" />
 
=== Havo transporti ===
Qator 622:
Fayl:Afrasiyab Badalbeyli 1930-s.jpg|Afrosiyob Badalbeyli, Ozarbayjon klassik bastakori va dirijyori
Fayl:Landau.jpg|Lev Landau, 1962-yilda Fizika boʻyicha ekstravagans matematikasi nazariyasini kashf qilgani uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan
Fayl:Qara Qarayev.jpg|Gara Garayev, Ozarbayjon bastakori va pedagogi
Fayl:Mehdi Huseynzade.jpg|Mahdiy Huseynzadeh, Ozarbayjon partizani va razvedka xodimi
Fayl:Zadeh, L.A. 2005.jpg|Lutfi Zoda, sunʼiy intellekt sohasida noaniq mantiq mantiq nazariyasi asoschisi
Qator 634:
Fayl:Anatoliy Banishevskiy (1967).png|Anatoliy Banishevskiy, 2004 yilda Ozarbayjonda soʻnggi 50 yil ichida eng yaxshi futbolchi deb topildi
Fayl:Ilham Aliyev par Claude Truong-Ngoc juin 2014.jpg|Ilhom Aliyev, Ozarbayjon prezidenti
Fayl:Aziza BakuJazz2007.jpg|Aziza Mustafazadeh, ozarbayjonlik pianinochi
Fayl:MiriYusif.jpg|Miri Yusif, ozarbayjon xonandasi
Fayl:Rəşad Sadıqov.jpg|Rashod Sodiqov  — Ozarbayjon milliy terma jamoasining eng yaxshi futbolchisi
Fayl:Ramil Guliyev London 2017.jpg|Ramil Guliyev, 200 metrlik poygada jahon chempioni
</gallery>
Qator 695:
<ref name="R8" >{{cite book|last1=Rəcəbli|first1=Qəzənfər|title=Azərbaycan tarixi|date=2013|publisher=Elm və təhsil|location=Bakı|pages=544|accessdate=29 sentyabr 2017}}</ref>
 
<ref name="R9" >Ə.S.Sumbatzadə və başqaları. Azərbaycanın Rusiya ilə birləşdirilməsi və onun mütərəqqi iqtisadi və mədəni nəticələri, səh. 63- ОбозрениеObozrenie российскихrossiyskix владенииvladenii заza КавказомKavkazom, ТT. IV, стрstr. 69</ref>
 
<ref name="R10" >M.Ə.Musayev. XIX əsrdə Bakı şəhərinin ticarəti, səh. 84-86.</ref>
Qator 705:
<ref name="R13" >"New Republics in the Caucasus", ''The New York Times Current History'', v. 11 no. 2 (March 1920), p. 492</ref>
 
<ref name="R14" >Michael Smith. "Anatomy„Anatomy of Rumor: Murder Scandal, the Musavat Party and Narrative of the Russian Revolution in Baku, 1917-1920"1920“, ''Journal of Contemporary History'', Vol 36, No. 2, (Aprel 2001), p. 228</ref>
 
<ref name="R15" >[http://www.sakharov-center.ru/publications/azrus/az_004.htm Michael Smith. "Azerbaijan„Azerbaijan and Russia: Society and State: Traumatic Loss and Azerbaijani National Memory"Memory“]</ref>
 
<ref name="R16" >Azərbaycan tarixi. 7 cild, 5-ci cild, Bakı, 2001, s.268-314</ref>
Qator 731:
<ref name="R26" >ARSPİHDA, f. 1, s. 23, i. 8, v. 172</ref>
 
<ref name="R27" >"БакинскийBakinskiy рабочийrabochiy" qəzeti, 20 fevral 1955-ci il.</ref>
 
<ref name="R28" >ARDA, f. 1114, s. 5, i. 914, v. 82.</ref>
 
<ref name="R29" >"БакинскийBakinskiy рабочийrabochiy" qəzeti, 8 noyabr 1967-ci il</ref>
 
<ref name="R30" >{{cite web|title=Twenty Years After 'Black January,' Azerbaijan Still Struggles For Freedom|url=https://www.rferl.org/a/Twenty_Years_After_Black_January_Azerbaijan_Still_Struggles_For_Freedom_/1934366.html|publisher=www.rferl.org|accessdate=24 sentyabr 2017}}</ref>
Qator 741:
<ref name="R31" >{{citation|title=ISC-GEM Global Instrumental Earthquake Catalogue (1900–2013)|url=http://www.isc.ac.uk/iscgem/index.php|author=ISC|year=2017|publisher=[[International Seismological Centre]]|series=Version 4.0}}</ref>
 
<ref name="R32" >Azərbaycan Respublikası Rabitə Nazirliyinin Arxivi - — ARRNA. Kollegiyanın materialları, 2002-ci il, v. 33</ref>
 
<ref name="R33" >{{cite web|title=Azerbaijan: Halt Illegal House Demolitions, Forced Evictions|url=https://www.hrw.org/news/2011/06/13/azerbaijan-halt-illegal-house-demolitions-forced-evictions|publisher=www.hrw.org|accessdate=4 oktyabr 2017}}</ref>
Qator 767:
<ref name="R44" >{{cite book|last1=Muradov|first1=Şahbaz|title=Azərbaycan Respublikasında etno-demoqrafik proseslər: tarixi dəyişikliklər və reallıqlar|date=2013|location=Bakı|accessdate=28 sentyabr 2017}}</ref>
 
<ref name="R45" >4 ПереписьPerepis БакуBaku 1913, частьchast III, НаселениеNaselenie, выпускvipusk 1, горgor. БакуBaku, Баку –Baku — 1916 гg. səh. 4-5. ПереписьPerepis БакуBaku 1913 годаgoda, частьchast III, НаселениеNaselenie, выпускvipusk 2, ПромысловоPromislovo-заводскийzavodskiy районъrayonʼ, Баку –Baku — 1915 гg. səh. 4-5</ref>
 
<ref name="R46" >{{cite web|title=Bakının əhalisinin sayı 2,5 mln. nəfərə yaxınlaşır|url=https://apa.az/sosial_xeberler/bakinin-ehalisinin-sayi-2-5-milyon-nefere-yaxinlasir-9804.html|publisher=apa.az|accessdate=28 sentyabr 2017}}</ref>
 
<ref name="R47" >{{ru icon}} ''Kavkazskii Kalendar na 1852&nbsp;g., pp. 305–307305-307</ref>
 
<ref name="R48" >{{ru icon}} СводSvod статистическихstatisticheskix данныхdannix оo населенииnaselenii ЗакавказскогоZakavkazskogo краяkraya, извлечённыхizvlechyonnix изiz посемейныхposemeynix списковspiskov 1886 годаgoda, гg. ТифлисTiflis, 1893</ref>
 
<ref name="R49" >{{ru icon}} [http://demoscope.ru/weekly/ssp/emp_lan_97_uezd.php?reg=323 ПерваяPervaya всеобщаяvseobщaya переписьperepis населенияnaseleniya РоссийскойRossiyskoy ИмперииImperii 1897 гg. — – гg. БакуBaku] {{webarchive |url=https://web.archive.org/web/20120119173918/http://demoscope.ru/weekly/ssp/emp_lan_97_uezd.php?reg=323 |date=19 January 2012 }}</ref>
 
<ref name="R50" >The Azerbaijani Turks: Power and Identity Under Russian Rule, Audrey L. Altstadt, page 32, Hoover Press, 1992, </ref>
 
<ref name="R51" >{{ru icon}} ВсесоюзнаяVsesoyuznaya переписьperepis населенияnaseleniya 1926 годаgoda, тt. 14, ЗакавказскаяZakavkazskaya СФСРSFSR, гg. МоскваMoskva, 1929</ref>
 
<ref name="R52" >Soviet 1939 census</ref>
Qator 799:
<ref name="R60" >{{cite web|title=ANCAQ BAKILILARIN BAŞA DÜŞƏCƏYİ 10 SPESİFİK SÖZ|url=https://pahoo.az/ancaq-bakililarin-basa-duseceyi-10-spesifik-soz/|publisher=pahoo.az|accessdate=28 sentyabr 2017}}</ref>
 
<ref name="R61" > Şirəliev M. Bakı dialekti. Azərbaycan SSR EA nəşriyyatı — Bakı — 1949, 250 s.</ref>
 
<ref name="R62" >Şirəliyev M. Ş. Bakı dialekti. II çapı. Azərbaycan SSR EA nəşriyyatı — Bakı — 1957, 224 s.</ref>
 
<ref name="R63" >{{cite web|title=Bakının inzibati rayon və kəndləri|url=https://bakimiz.wordpress.com/2011/05/24/bakinin-inzibati-rayon-v%C9%99-k%C9%99ndl%C9%99ri/|publisher=bakimiz.wordpress.com|accessdate=20 sentyabr 2017}}</ref>
Qator 837:
<ref name="R76" >{{cite book|title=Azərbaycan tarixi. Yeddi cilddə. IV cild (XIX əsr).|date=2007|publisher=Elm|location=Bakı|pages=504|accessdate=30 sentyabr 2017}}</ref>
 
<ref name="R77" >ИсторическийIstoricheskiy обзорobzor кредитныхkreditnix установленийustanovleniy вv РоссииRossii. СостаSosta- вительvitel ИI.АA.ПечергинPechergin. СПбSPb., 1904, стрstr. 121</ref>
 
<ref name="R78" >Rusiya MDTA, f. 20, siyahı 6, iş 192, v. 10; f. 583, siyahı 2, iş 1295, v. 125; f. 587, siyahı 44, iş 34, v. 107; f. 595, siy. 6, iş 183, v. 59</ref>