Qonun (huquq): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: b-n → bilan using AWB
So‘zlarni to‘ldirdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali
Qator 2:
'''Qonun''' (huquqda) — inson, jamiyat va davlat manfaatlari nuqtai nazaridan eng muhim hisoblanadigan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish vositasi. Q. davlat oliy vakillik organlarining eng yuqori kuchga ega boʻlgan hujjatidir. Q. davlat huquq tizimining asosini tashkil qiladi, davlatning boshqa hamma organlarining normativ aktlariga nisbatan eng katta yuridik kuchga ega boʻladi. Q. uchun uni qabul qilishning alohida tartibi. bir necha bosqichdan iborat maxsus qonun chiqarish jarayoni xosdir. Bu bosqichlar qonunchilik tashabbusi, qonun loyihasining muhokama qilinishi, Q.ning qabul qilinishi va uning eʼlon qilinishidan iborat. Q.lar oʻzida mujassamlashgan normag larning mohiyati boʻyicha konstitutsiyaviy. toʻgʻridan-toʻgʻri konstitutsiya talablari asosila qabul qilinadigan (organik) va oddiy Q.larga boʻlinadi. Oddiy Q.lar, oʻz navbatida, kodifi-katsiya qilingan va joriy Q.larga boʻlinadi. Federativ davlatlarda Q.lar, shuningdek, federal va fede-ratsiya subʼyektlari Q.lariga ajratiladi. Q.larning alohida toifasini favqulodda Q.lar tashkil etadi.
 
Normativlik Q.ningQonunning muhim belgisi va xususiyati hisoblanadi. Huquqiy hujjatlarning boshqa shakllari ham normativ boʻlishi mumkin, lekin ular Q.chalik qatʼiy kuchga ega boʻlmay, qisqa muddat amal qiladigan yoki huquqni muhofaza etuvchi boʻlishi mumkin. Q.ningQonunning normativligi uning bir xildagi qoidani barcha uchun norma, meʼyor, mezon darajasiga koʻtarilishidadir. Q.daQonunda mustahkamlangan qoida hamma oʻxshash hollarda bir xildagi talab sifatida takror-takror amal qiladi. Q.ning normativligi unda ifodalangan davlat irodasining qatʼiyligi, ustunligi va oliyligi bilan chambarchas bogʻliqligidadir. Aynan shu irodaning imperativ (boʻysundiruv-chi) mazmuni Q. vositasi bilan umumiy yurish-turish va xulq-atvor mezonlarini belgilaydi.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Q.lari quyidagi guruhlarga boʻlinadi: 1) asosiy qonun — Konstitutsiya; 2) Konstitutsiyaviy qonun; 3) Qonun (kodekslar va joriy Q.larQonunlar); 4) Qoraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Q.lari.Qonunlari Q.larQonunlar va boshqa normativ hujjatlar orasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosiy oʻrinni egallaydi. Ushbu hujjat davlat hokimiyatining tashkil etilishini va boshqaruv mexanizmini belgilaydi, konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy asoslari, siyosiy tizimini.insonlar va fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlaydi. Konstitutsiya jamiyat huquqiy tizimining , butun qonunchilikning oʻzagini, yuridik zaminini tashkil etadi. Joriy Q.larningQonunlarning barchasi konstitutsiya qoidalari va prinsiplari asosida hamda ularning ijrosi manfaati yoʻlida chiqariladi.
 
Q.lar quyidagi hollarda kuchga kiradi: rasman eʼlon qilingandan 10 kun oʻtgach; Q.da yoki uni amalga kiritish toʻgʻrisida maxsus hujjatda koʻrsatilgan vaqtdan boshlab. Q. oʻzida koʻrsatilgan muddat tugagan boʻlsa yoki bekor qilinishi natijasida (ijtimoiy munosabatlarning shu sohasini tartibga soluvchi yangi Q. qabul qilinishi munosabati bilan) oʻz kuchini yoʻqotadi.