Pitirim Sorokin: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎top: {{no iwiki}} andozasi oʻchirildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Pitirim Aleksandrovich Sorokin''' (1889.21.1, Turya, Perm gubernyasi — 1968.10.2, Uinchester, Massachusets shtati, AQSH) — kelib chiqishi rus boʻlgan amerikalik sotsiolog . Oʻng eserlar yetakchisi. 1920 yildan Petrograd universiteti prof. Aksilinqilobiy faoliyati uchun shoʻrolar hukumati uni mamlakatdan chiqarib yuborgan (1922). 1923 yildan AQShda. 1930641930 yillarda Garvard universiteti prof. Shu yerda sotsiologiya ftini tashkil etib, uni boshqargan. S. AQSH sotsiologiyasida x,ukmronxukmron boʻlgan empirik yoʻnalishni tanqid qilgan va "integral" sotsiologiya toʻgʻrisidagi taʼlimotni rivojlantirgan. Ijtimoiy borliqni individdan yuqori turuvchi ijtimoiy madaniy mavjudlik deb bilgan. Tarixiy jarayonni madaniyat asosiy tiplarining siklik almashinuvi deb tushuntirgan, bu madaniyatlar negizida til, axloq, sanʼat, fan, din birgalikda mavjud boʻladi. Hozirgi madaniyat umumiy inqirozni boshdan kechirmoqda deb hisoblagan S. bu inqirozni materializm va fanning rivojlanishi bilan bogʻlaydi hamda diniy "idealistik" madaniyatni kjsaltiribgina inqirozdan chiqish mumkin, deb izoxlaydi. Gʻarb sotsiologiyasida S.ning ijtimoiy mobillik va ijtimoiy stratifikatsiyani oʻrganish sohasida qilgan empirik tadqiqotlari ham yuqori baxrlanadi.
 
Abdugʻani Xolbekov.