Bosh miya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Ingliz tilidagi variantidan tarjima qilindi
Qator 1:
{{Multiple image
[[File:Brain 090407.jpg|thumb|]]
| align = right
| direction = vertical
| width = 220
 
<!--image 1-->
''Bosh miya''' — odam va umurtqali hayvonlar markaziy nerv sistemasiniit oliy qismi; kalla suyagi boʻshligʻida joylashgan; u umurtqa pogʻonasi kanalidagi orqa miya bilan markaziy nerv sistemasini tashkil etadi. Bosh miya uzunnoq miya, miya koʻprigi, oʻrta miya, miyacha, miya oyokchalari va katta yarim sharlardan iborat.Uzunchoq miya orqamiya bilan miya koʻprigi oraligʻida joylashgan, uning ichki qismi nerv tolalaridan, tashqi (rombsimon) yuzasi V— XII juft bosh miya nervlarittt oʻzaklaridan tuzilgan. Miyacha Bosh miya ning ensa qismi ostida joylashgan. Miya koʻprigi asosan nerv tolalari hamda kranial nervlar hujayralari toʻplamidan iborat boʻlib, oldindan miya oyoqchalariga, orqadan uzunchoq miyaga tutashgan. Kubrik tarkibidagi kulrang oʻzakka Bosh miya dan harakatchan nervlar, orqadan uzunchoq miya orqali sezuvchi nervlar keladi va koʻprik orqali miyacha oʻzaklariga borib muvozanatni saqlashda qatnashadi. Miya. oyoqchalari 4 tepalik va ularning yelkalari hamda miya suv yoʻlidan tuzilgan. Miya oyoqchalari asosan nerv tolalaridan iborat boʻlib, Bosh miya ga koʻprik va miyacha orqali qoʻshiladi. Oyoqchalardagi bir juft qizil oʻzaklar va suv yoʻli devoridagi III juft koʻzni harakatlantiruvchi nervlarning oʻzaklari, qoramtir tuzilmalar muskullar tonusini saqlab, normal yurishni boshqaradi; 4 tepalikning ustki bir jufti koʻzga tushgan nurni qabul qilib, boshni oʻsha tomonga buradi, koʻz qorachigʻining kengayishi yoki torayishini taʼminlaydi; pastki ikkita doʻmboq esa quloqni tovushga moslash, boshni oʻsha tomonga burishni boshqaradi. Miya suv yoʻli III qorinchani IV qorincha bilan qushadi. Bosh miya yarim sharlarining yopqich — plashch qismi kulrang moddadan iborat, ostida esa oq modda (nerv tolalari) va qorinchalar bor. Bosh miya yarim sharlari bir-biri bilan qadoqsimon tana yordamida birlashgan 2 yarim shardan tashkil topgan. Har bir yarim shar peshona, tepa, ensa va chakka qismlarga boʻlinadi. Yarim sharlar poʻstlogʻi kulrang moddadan, poʻstloq osti esa oq moddadan tuzilgan. Poʻstloq ustida egat va pushtalar boʻladi. Poʻstloqning oʻzi 14—15 mlrd.ga yaqin muayyan tartibda joylashgan har xil hujayralar (neyroilar)dan iborat. Neyronlar bir-biri va organizmning turli qismlari bilan dendritlar, koʻtariluvchi va tushuvchi neyritlar yordamida juda murakkab ravishda bogʻlanadi. Yarim sharlar oliy nerv faoliyati aʼzosi, unda fiqolash va emotsional jarayonlar sodir boʻladi. Bosh miya organizmni tashqi muhitning oʻzgaruvchan sharoitiga moslab turadi. Odam Bosh miya sining ogʻirligi oʻrtacha 1360—1500 g , baʼzan bu koʻrsatkich kam yoki ortiq boʻlishi mumkin. Odamlarning aqli Bosh miya ning ogʻir yoki yengil boʻlishiga aloqador emas. Bosh miya qattiq miya pardasi, oʻrgimchak toʻrisimon va yumshoq (tomirli) parda bilan qoplangan. Bosh miya pardalari orqa miya pardalarining davomi hisoblanadi. Bosh miya kattik pardasining tashqi sathi kalla suyaklarining suyak ust pardasi boʻlib, orqa miyaning qattiq pardasidan shu bilan farq qiladi. Oʻrgimchak toʻrisimon parda miya yumshoq pardasining tashqi sathi boʻlib, tomirlari boʻlmaydi. U yoʻllar va chuqurliklar orqali miya sathiga oʻtadi. Yumshoq miya pardasining ichki sathida tomirlar boʻlib, ular Bosh miya ning hamma egatlariga kiradi. Yumshoq pardaning bir qismi miya orinchalariga kirib, uning miya suyuqligi chiqaruvchi tomirli chigalini hosil qilishda qatnashadi. Yumshoq pardaning tashqi va ichki sathlaridagi boʻshliq miya suyuqligi bilan toʻlib turadi. Bosh miya organizmdagi hamma aʼzolarning kelishib ishlashini taʼminlaydi.
| image1 = Miya yarimsharlari.png
| alt1 = <!--This needs to be added.-->
| caption1 = Bosh miya po‘stlog‘i bo‘laklari, [[peshona bo‘lagi|peshona]] (ko‘k), [[chakka bo‘lagi|chakka]] (yashil), [[ensa bo‘lagi|ensa]] (qizil), va [[tepa bo‘lagi|tepa]] (sariq) bo‘laklarini o‘z ichiga olgan. [[Miyacha]] (belgilanmagan) telensefalonning qismi emas.
<!--image 2-->
| image2 = EmbryonicBrain.svg
| alt2 = <!--This needs to be added.-->
| caption2 = Umurtqalilar embrioni miyasining asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatuvchi diagramma.
}}
 
'''Bosh miya''' (cerebrum) yoki '''oxirgi miya''' (telencephalon) [[miya]]ning katta qismi bo‘lib, tarkibiga [[bosh miya po‘stlog‘i]] ([[bosh miya yarimsharlari]]ning) va [[gippokamp]], [[bazal o‘zaklar]] va [[hidlov piyozchasi]] kabi bir qancha subkortikal tuzilmalar kiradi. [[Odam miyasi]]da, bosh miya [[markaziy nerv sistemasi]]ning eng yuqori sohasidir. '''Prosensefalon''' yoki '''oldingi miya''' [[embrion]]al tuzilma bo‘lib, undan bosh miya [[prenatal rivojlanish|prenatal rivojlanadi]]. Sutemizuvchilarda, [[Dorsum (biologiya)|dorsal]] telensefalon, yoki [[Pallium (neyroanatomiya)|pallium]], [[bosh miya po‘stlog‘i]]ga rivojlanadi va [[ventral]] telensefalon, yoki [[Pallium (neyroanatomiya)|subpallium]], [[bazal o‘zaklar]]ga aylanadi. Bosh miya shuningdek tahminan simmetrik [[Miya funksiyasining lateralizatsiyasi|chap va o‘ng bosh miya yarimsharlariga]] bo‘linadi.
== 8 sinif biyologiya ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
<!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
Bosh miya [[miyacha]] ishtirokida odam tanasidagi barcha ixtiyoriy harakatlarni boshqaradi.
{{OʻzME}}
 
== Tuzilishi ==
[[File:Cerebrum animation small.gif|thumb|Odam bosh miyasining lokatsiyasi (qizil).]]
Bosh miya [[miya]]ning eng yirik qismi. Hayvon tanasi holatiga ko‘ra [[miya ustuni]]ning oldida yoki ustida yotadi. Odamlarda bosh miya eng yirik va miyaning besh asosiy bo‘limlari ichida eng yaxshi rivojlangani.
 
Bosh miya ikkita bosh miya yarimsharlarida va ularning [[bosh miya po‘stlog‘i|po‘stloqlaridan]] (tashqi [[kulrang modda]] qavati) va ostida yotuvchi [[oq modda]] sohalaridan iborat.<ref name="brain structure">{{cite book|last1=Arnould-Taylor|first1=William|title=A Textbook of Anatomy and Physiology|date=1998|publisher=Nelson Thornes|page=52|url=https://books.google.com/books?id=jVHkyWzY-_4C&pg=PA52&lpg=PA52&dq=the+cerebrum+textbook&source=bl&ots=_bMhoe_nS6&sig=7HjHqEU2kw2Ktqy9swTDAwYvqTA&hl=en&sa=X&ei=KzLMVNH_BYmegwTtl4DACQ&ved=0CD4Q6AEwBg#v=onepage&q=the%20cerebrum%20textbook&f=false|accessdate=27 January 2015}}</ref> Uning subkortikal tuzilmalari gippokamp, bazal o‘zaklar va hidlov piyozchasini o‘z ichiga oladi. Bosh miya ikkita C-shaklidagi yarimsharlardan tashkil topgan bo‘lib, ular o‘zaro chuqur [[bosh miyaning bo‘ylama tirqishi]] bilan ajralib turadi.
{{nerv-stub}}
 
===Bosh miya po‘stlog‘i===
[[Turkum:Nerv sistemasi]]
[[File:Lateral surface of cerebral cortex - gyri.png|thumb|Bosh miya yuzasi|250 px|left]]
Bosh miya po‘stlog‘i, bosh miyaning tashqi [[kulrang modda]] qavati bo‘lib, faqatgina sutemizuvchilarda topilgan. Yirik sutemizuvchilarda, shuningdek odamlarda, bosh miya po‘stlog‘i yuzasi burmalanib [[pushta (neyroanatomiya)|pushtalar]] va [[egat (neyroanatomiya)|egatlar]] hosil qiladi va [[yuza maydoni]]ni kengaytiradi.<ref>{{cite book|url=https://books.google.com/books?hl=en&lr=&id=wNnaxY8-B2gC&oi=fnd&pg=PR13&dq=Angevine,+J.%3B+Cotman,+C.+(1981).+Principles+of+Neuroanatomy.+NY:+Oxford+University+Press&ots=SyfSkObD2d&sig=wvhN2qMlQ2w7zbWAbacSvmD0cJE#v=onepage&q&f=false|title=Principles of Neuroanatomy|last1=Angevine|first1=J.|last2=Cotman|first2=C.|date=1981|publisher=Oxford University Press|year=|isbn=|location=NY|pages=|accessdate=25 January 2015}}</ref>
 
Bosh miya po‘stlog‘i to‘rt [[bo‘lak (anatomiya)|bo‘lakka]] bo‘linadi: [[peshona bo‘lagi|peshona]], [[tepa bo‘lagi|tepa]], [[ensa bo‘lagi|ensa]] va [[chakka bo‘lagi|chakka]] bo‘laklari. Bo‘laklar ulardan yuqorida yotuvchi [[neyrokranium|neyrokranial suyaklar]]ga ko‘ra bo‘lingan.<ref name="brain components">{{cite book|last1=Rosdahl|first1=Caroline|last2=Kowalski|first2=Mary|title=Textbook of Basic Nursing|date=2008|publisher=Lippincott Williams & Wilkins|page=189|edition=9th|url=https://books.google.com/books?id=odY9mXicPlYC&pg=PA189&lpg=PA189&dq=the+cerebrum+textbook&source=bl&ots=z10Ag5Y_tU&sig=rcJ4N0PncD1-O9VeKUUaB0mc0Kg&hl=en&sa=X&ei=KzLMVNH_BYmegwTtl4DACQ&ved=0CDwQ6AEwBQ#v=onepage&q&f=false|accessdate=28 January 2015}}</ref>
 
===Bosh miya yarimsharlari===
Bosh miya [[bosh miyaning bo‘ylama tirqishi]] yordamida ikkita [[bosh miya yarimsharlari]], o‘ng va chap, bo‘linadi. [[Kontralateral miya|Bosh miya kontralateral tuzilgan]], ya’ni, o‘ng yarimshar tananing chap tomonidan signallarni qayta ishlaydi va boshqaradi, chap yarimshar bo‘lsa tananing o‘ng tomonidan signallarni qayta ishlaydi va boshqaradi.<ref name="brain components" /> Yarimsharlar orasida kuchli lekin to‘liq bo‘lmagan [[bilateral simmetriya]] mavjud. [[Miya funksiyalari lateralizatsiyasi]] ma’lum va bo‘lishi mumkin bo‘lgan farqlarni ko‘rsatadi.
 
==Rivojlanishi==
Umurtqalilarning rivojlanayotgan [[embrion]]ida [[nerv naychasi]] to‘rtta ajralmagan qismlari bo‘lib, ulardan keyinchalik markaziy nerv sistemasining ma’lum sohalari rivojlanadi; bular [[oldingi miya]] (prosencephalon), [[o‘rta miya]] (mesencephalon), [[ortki miya]] (rhombencephalon) va [[orqa miya]].<ref>{{cite book |last1=Gilbert |first1=Scott F. |title=Developmental biology |date=2014 |publisher=Sinauer |location=Sunderland, Mass. |isbn=978-0-87893-978-7 |edition=10th}}</ref> Oldingi miya keyinchalik telensefalon (oxirgi miya) va diensefalon (oraliq miya)ga rivojlanadi. Dorsal telensefalon pallium (sutemizuvchilar va reptiliyalarda bosh miya po‘stlog‘i)ga aylanadi va ventral telensefalon [[bazal o‘zaklar]]ni hosil qiladi. Diensefalon [[thalamus]] va [[gipotalamus]]ga rivojlanadi, shuningdek [[optik pufakchalar]] (keyinchalik [[to‘r parda]])ga ham.<ref>{{cite book|editor1-first=Eric R. |editor1-last=Kandel |title=Principles of neural science |date=2006 |publisher=McGraw-Hill |location=Appleton and Lange |isbn=978-0-07-139011-8 |edition=5th}}</ref> Dorsal telensefalon keyin o‘rta chiziq bilan ajralgan ikkita lateral telensefalik pufakchalarni hosil qiladi. Ular chap va o‘ng [[bosh miya yarimsharlari]]ga rivojlanadi. Qushlar va baliqlarda barcha umurtqalilardagi kabi dorsal telensefalon bor, lekin qavatlanmagan va shuning uchun bosh miya po‘stlog‘i deb hisoblanmaydi. Faqatgina qavatlangan sitoarxitektonika po‘stloq deb hisoblanishi mumkin.
 
== Funksiyalari ==
'''Eslatma''': Bosh miya ko‘plab qism va sohalardan iborat bo‘lgan yahlit tuzilma bo‘lgani uchun, ushbu bo‘limda faqatgina bosh miyaning ''umumiy'' vazifalari keltirilganini aytib o‘tish muhim. To‘liqroq ma’lumot uchun asosiy maqolalar, [[bosh miya po‘stlog‘i]] va [[bazal o‘zaklar]]ga, qaralsin. Bosh miya miyaning asosiy qismi bo‘lib, hissiyot, eshitish, ko‘rish, shaxsiyat va yana ko‘plab funksiyalarni boshqaradi. U barcha ixtiyoriy harakatlarni boshqaradi.
 
[[Birlamchi harakatlantiruvchi po‘stloq]]dagi [[yuqorigi harakatlantiruvchi neyron]]lari miya ustuni va orqa miyaga o‘z [[akson]]larini yuboradi va u yerda muskullarni innervatsiya qiluvchi [[pastki harakatlantiruvchi neyron]]lar bilan [[sinaps]]lar hosil qiladi. Po‘stloqdagi tasodifiy o‘garishlar natijasida harakatlantiruvchi sohalarning zararlanishi ma’lum turdagi [[harakatlantiruvchi neyron kasalligi]]ga olib kelishi mumkin. Bu turdagi zararlanish natijasida total [[shol]] emas, muskul kuchi va aniqligi yo‘qolishiga olib keladi.
 
U sensor tushunish, xotira, fikrlar va xulosalar qilish markazi sifatida ishlaydi; bosh miya shuning ixtiyoriy harakat faoliyati markazi sifatida ham ishlaydi.
 
===Sensor protsessing===
[[Bosh miya po‘stlog‘i]]ning birlamchi sezuvchi sohalari [[vizual]], [[eshitish sistemasi|eshitish]], [[somatosensor]], [[ta’m bilish]] va [[hid bilish]] informatsiyalarini qabul qiladi va qayta ishlaydi. Po‘stloq assotsiatsiyalovchi sohalari bilan birgalikda bu miya sohalari sensor informatsiyalarni bizning dunyo bo‘yicha tushunchalarimizga aylantiradi.
 
=== Hid bilish ===
{{Asosiy|Hid bilish}}
[[Hidlov piyozchasi]], hid bilish sezgisi uchun javobgar bo‘lib, ko‘plab umurtqalilar bosh miyasining yirik sohalarini egallaydi. Ammo, odamlarda, miyaning bu qismi anchagina kichikroq va peshona bo‘lagining ostida yotadi. Hid bilish sensor sitemasi unikal bo‘lib, hidlov piyozchasi neyronlari o‘z aksonlarini birinchi [[talamus]]ga emas, to‘g‘ridan to‘g‘ri [[piriform po‘stlog‘i|hidlov po‘stlog‘i]]ga yuboradi. Hidlov piyozchasining jarohati [[hid bilish]]ning yo‘qolishiga sabab bo‘ladi.
 
=== Til va aloqa ===
{{Asosiy|Til}}
[[Gapirish]] va tilni bosh miya po‘stlog‘i qismlari ta’minlaydi. Tilning harakat ulushlarini [[Broka sohasi]] ta’minlaydi. Nutqni tushunish [[Vernikke sohasi]] orqali ta’minlanadi. Bu ikki soha yirik [[oq modda]] trakti, [[yoysimon tutam]] orqali o‘zaro bog‘langan. Broka sohasining jarohati [[ekspressiv afaziya]] (to‘liq bo‘lmagan afaziya)ga olib kelsa, Vernikke sohasi jarohati [[reseptiv afaziya]] (to‘liq afaziya deb ham ataladi)ga sabab bo‘ladi.
 
=== O‘rganish va xotira ===
{{Asosiy maqola|Xotira}}
Xotiraning aniq yoki deklarativ (faktli) shakllanishi [[gippokamp]] va [[o‘rta chakka bo‘lagi]]ning unga bog‘liq sohalarida amalga oshadi. Bu bog‘liqlik [[chakka bo‘lagi epilepsiyasi]]ni davolash uchun ikkala, chap va o‘ng gippokamp xirurgik olib tashlangan [[HM (bemor)|HM]] nomi bilan mashhur bemordan so‘ng tavsiflangan. Amaliyotdan so‘ng, HMda [[anterograd amneziya]], yoki yangi xotiralar shakllantira olmaslik kuzatilgan.
 
So‘zsiz yoki jarayonli xotira, masalan murakkab harakatlar, bazal o‘zaklarni o‘z ichiga oladi.
 
Qisqa muddatli yoki ishchi xotira po‘stloqning assotsiativ sohalarini, xususan [[dorsolateral prefrontal po‘stloq]], shu qatorda gippokampni o‘z ichiga oladi.
 
==Boshqa hayvonlarda==
Eng sodda umurtqalilar, [[miksina]] va [[minoga]]larda, bosh miya [[hidlov piyozchasi]]dan [[nerv impulslari]]ni qabul qiluvchi nisbatan oddiy tuzilma. [[Tog‘ayli baliqlar]] va [[panja qanotli baliqlar]], shuningdek [[amfibiyalar]]da, anchagina murakkab tuzilma mavjud: bosh miya uchta alohida sohalarga bo‘lingan. Eng pastki (yoki ventral) soha [[bazal o‘zaklar]]ni hosil qiladi va bosh miyaning qolgan qismlarini [[talamus]] bilan bog‘lovchi tolalar tutadi. Undan yuqorida va bosh miyaning lateral qismi ''paleopallium'' va eng yuqori (yoki dorsal) qismi ''arxipallium'' deb ataladi. Bu hayvonlarda bosh miya, [[amniot]]lardagi keng doiradagi funksiyalaridan farqli ravishda, asosan hidlov sezgisiga bag‘ishlangan.<ref name="VB">{{cite book |author=Romer, Alfred Sherwood|author2=Parsons, Thomas S.|year=1977 |title=The Vertebrate Body |publisher=Holt-Saunders International |location= Philadelphia, PA|pages= 536–543|isbn= 0-03-910284-X}}</ref>
 
[[Shu’la qanotli baliqlar]]da tuzilishi birmuncha boshqacha. Bosh miyaning letral va ventral sohalari ichki yuzasi bo‘rtib [[miya qorinchalari]]ga shakllanadi; u bazal o‘zaklarni va palliumning turli qismlarini o‘z ichiga oladi va murakkab tuzilma bo‘lishi mumkin, xususan [[teleostlar]]da. Bosh miyaning dorsal yuzasi membranali va [[nerv to‘qimasi]] tutmaydi.<ref name="VB" />
 
Amniotlarda bosh miya anchagina yirik va murakkablashadi. [[Sudralib yuruvchilar]] (reptiliyalar)da, paleopallium amfibiyalardagidan ancha yirik va uning o‘sishi bazal yadrolarni bosh miyaning markaziy sohalariga itargan. Quyi umurtqalilardagi kabi, [[kulrang modda]] [[oq modda]]ning ostida joylashgan, lekin ba’zi reptiliyalarda, u tashqi yuzaga tarqalib, primitiv po‘stloq hosil qiladi, xususan miyaning oldingi qismida.<ref name="VB" />
 
[[Sut emizuvchilar]]da, bu rivojlanish yanada davom etadi va po‘stloq bosh miya yarimsharlarini to‘liq qoplaydi, xususan rivojlangan turlarda, masalan [[primatlar]]da. Paleopallium miyaning ventral yuzasiga itrilib, hidlov bo‘laklariga aylanadi, arxipallium bo‘lsa medial dorsal burchak trofida aylanadi va [[gippokamp]]ni hosil qiladi. [[Yo‘ldoshlilar]]da, keyinchalik ikki yarimsharni bog‘lovchi [[qadoqsimon tana]] ham rivojlanadi. Bosh miya yuzasining murakkab burmalari ham yuqori sutemizuvchilarda topilgan.<ref name="VB" /> Garchi yirik sutemizuvchilar (masalan, fillar) bosh miyasi ham mos ravishda yirik bo‘lsada, [[delfinlar]] bosh miyasi tana massasining 2 foizidan ko‘proqni tashkil qiluvchi yagona tur (odamdan tashqari) hisoblanadi.<ref>{{cite book |author=T.L. Brink |year=2008 |title=Psychology: A Student Friendly Approach. |chapter=Unit 4: The Nervous System. |pages=62 |url=http://www.saylor.org/site/wp-content/uploads/2011/01/TLBrink_PSYCH04.pdf| format=PDF}}</ref>
 
[[Qushlar]] bosh miyasi ham sudralib yuruvchilardan farqli ravsihda sutemizuvchilarnikiga o‘xshash yiriklashgan. Qushlar miyasining kattalashgan o‘lchamini klassik jihatdan kattalashgan [[bazal o‘zaklar]]ga bog‘lashgan, qolgan sohalari ibtidoiy qolgan degan fikr bo‘lgan, lekin bu qarash sezilarli darajada qolib ketgan.<ref>{{cite journal |vauthors=Jarvis ED, Güntürkün O, Bruce L |title=Avian brains and a new understanding of vertebrate brain evolution. |journal=Nat. Rev. Neurosci. |year=2005 |volume=6 |issue=2 |pages=151–9 |doi=10.1038/nrn1606 |pmid=15685220 |pmc=2507884|display-authors=etal}}</ref> Qushlarda [[ensefalizatsiya]]ning alternativ jarayoni kechgan,<ref name="pmid16553307">{{cite journal |author=Emery NJ |title=Cognitive ornithology: the evolution of avian intelligence |journal=Philos. Trans. R. Soc. Lond. B Biol. Sci. |volume=361 |issue=1465 |pages=23–43 |date=2006-01-29 |pmid=16553307 |pmc=1626540 |doi=10.1098/rstb.2005.1736 |url=}}</ref> ular boshqa [[arxozavrlar]]dan kelib chiqqan bo‘lsada, sutemizuvchilar va ularning [[terapsid]] ajdodlari boshidan o‘tkazgan tajribalari bilan kam sonli aniq parallellari bor.
 
==Qo‘shimcha suratlar==
<gallery>
File:Slide2KLI.JPG|Bosh miya. Lateral yuza. Chuqur kesma.
File:Slide4KLI.JPG| Bosh miya. Medial yuza. Chuqur kesma.
</gallery>
 
==Shuningdek ko‘rib chiqing==
{{Anatomik atamalar}}
* [[Odam miyasi sohalari ro‘yhati]]
 
==Foydalanilgan adabiyotlar==
{{Reflist}}
{{Reflist|group=help}}
 
==Tashqi havolalar==
{{Commons category}}
* [https://neuinfo.org/data/search?q=cerebrum NIF Search - Cerebrum] via the [[Neuroscience Information Framework]]
 
{{Nerv sistemasi}}
{{Bosh miya po‘stlog‘i}}
{{Navbox
| name = Kommissural tolalar va septum
| title = [[Odam miyasi]]ning [[kommissural tolalar]]i
| state = {{{state<includeonly>|autocollapse</includeonly>}}}
| listclass = hlist
 
| group1 = [[Qadoqsimon tana]]
| list1 =
* [[Qadoqsimon tananing tizzasi|Tizza]]
* [[Splenium]]
* [[Qadoqsimon tananing tanasi|Tana]]
* [[Qadoqsimon tananing uchi|Uchi]]
 
* [[Arxikorteks]]
** [[Indusium griseum]]
 
| group2 = [[Terminal tizimcha]]
| list2 =
* [[Lamina terminalisning tomirli organi]]
* [[Oldingi kommissura]]
 
| group3 = [[Gumbaz (neyroanatomiya)|Gumbaz]]
| list3 =
* [[Gumbaz (neyroanatomiya)|Gumbaz]]
 
| group4 = [[Pardasimon to‘siq]]
| list4 =
* [[Septal yadrolar]]
** [[Medial septal yadro]]
** [[Subfornikal organ]]
* [[Pardasimon to‘siq g‘ori]]
 
| group5 = Boshqa
| list5 =
* [[Orqa kommissura]]
 
}}<noinclude>
</noinclude>
{{Navbox
| name = Qorinchalar sistemasi
| title = [[Odam miyasi]]ning [[qorinchalar sistemasi]]
| state = {{{state<includeonly>|autocollapse</includeonly>}}}
| listclass = hlist
 
| group1 = [[Yon qorinchalar]]
| list1 =
* Tana
** [[Lamina affixa]]
** [[Terminal chiziqlar]]
** [[Kollateral tepaliklar]]
* Ensa shoxchasi
** [[Calcar avis]]
* [[Septum pellucidum]]
 
| group2 = [[Uchinchi qorincha]]
| list2 =
* Chuqurchalar
** [[Optik chuqurcha]]
** [[Pituitary stalk|Infundibular chuqurcha]]
** [[Suprapineal chuqurcha]]
** [[Pineal chuqurcha]]
* [[Gipotalamik egat]]
* [[Uchinchi qorinchaning tomirli chigali|Tomirli chigal]]
* [[Subfornikal organ]]
* [[Orqa kommissura]]
 
| group3 = [[To‘rtinchi qorincha]]
| list3 = {{Navbox|subgroup
 
| group1 = [[To‘rtinchi qorincha tomi|Tom]]
| list1 =
* [[Yuqorigi chodir]]
** [[Chodir yuganchasi|Yugancha]]
* [[Pastki chodir]]
* [[To‘rtinchi qorincha tasmasi|Tasma]]
* [[To‘rtinchi qorincha|Fastigium]]
 
| group2 = Tubi
| list2 =
* Yuqori
** [[Facial colliculus]]
** [[Locus coeruleus]]
* Pastki
** [[Vagal trigone]]
** [[Hypoglossal trigone]]
** [[Area postrema]]
** [[Obex]]
* [[To‘rtinchi qorincha tubining medial bo‘rtig‘i|Medial bo‘rtiq]]
* [[Chegaralovchi egat]]
 
| group3 = Aperturalar
| list3 =
* [[Medial apertura|Medial/Majendi]]
* [[Lateral apertura|Lateral/Lushka]]ga [[lateral chuqurcha]]
 
| group4 = Boshqa
| list4 =
* [[Rombsimon chuqurcha]]
* [[To‘rtinchi qorinchaning tomirli chigali|Tomirli chigal]]
 
}}
 
| group4 = [[Serebrospinal suyuqlik]]
| list4 =
* [[Qon-miya baryeri]]
* [[Cerebral aqueduct]]
* [[Interventricular foramina (neyroanatomiya)|Interventricular foramina]]
* [[Perilymfatik naycha]]
 
| group5= Bog‘liq
| list5=
*[[Ventrikulomegaliya]]
 
}}<noinclude>
</noinclude>
{{Rostral basal ganglia and associated structures}}
{{Association fibers}}
{{Cortex types}}
 
{{Authority control}}
 
[[Category:Cerebrum| ]]