Tipratikanlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Malumot kengaytirildi
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Tipratikanlar''', kirpilar ({{lang|la|Erinaceidae}}) — [[hasharotxoʻrlar|hasharotxoʻr]] [[sut emizuvchilar]] [[turkum]]i [[oila (biologiya)|oila]]si. Tipratikanlar tahminan 20 milyon yil avval paydo bo'lgan.Oyoqlari koʻpchiligida 5 barmokli; lyuqori, baʼzan pastki kurak tishlari yirik, yirtqich tishlariga oʻxshash.Tikanlari keratindan iborat. Ko'rish qobilyati past bo'lganligi uchun eshitish hususiyati yaxshi rivojlangan. Yugurganda tezligi sonyasiga uch metrga yetadi. Tipratikan tug'ilgan vaqda tikanlari soni 3000 ga voyaga yetgandan so'ng esa 6000 ga yetadi. Teri osti muskullari yaxshi rivojlangan; ular qisqarishi tufayli gavdasi sharsimon shaklga kiradi. Hozirda tabiatda 24 turi aniqlangan. [[Yevropa]], [[Osiyo]] va [[Afrika]]da tarqalgan. Oʻzbekistonda 2 [[tur (biologiya)|tur]]i: Quloqdor T., Qora ignali T. uchraydi.

'''Quloqdor tipratikan'''
Quloqdor T. (tanasi 15—19 sm, qulogʻi uzun, qorni mayin oq jun bilan qoplangan) Oʻzbekistonning hamma hududlarida tarqalgan.

'''Qora ignali tipratikan'''
Qora ignali T. (tanasi 22—27 sm, dumi 23–37 -mm, tikanlari 4 sm cha, peshonasi tikansiz) Oʻzbekiston jan.da — [[Jizzax viloyati|Jizzax]], [[Qashqadaryo viloyati|Qashqadaryo]], [[Buxoro viloyati|Buxoro]], [[Surxondaryo viloyati|Surxondaryo viloyatlari]]da uchraydi. Qishki uyquga yotadi. Asosan, [[hasharotlar]], shuningdek, mayda [[umurtqalilar|umurtqali hayvonlar]] ([[ilonlar]]), kamdankam [[oʻsimliklar|oʻsimlik]] [[mahsulot]]lari bilan oziklanadi.
 
Qishloq xoʻjaligi zararkunandalari—hasharotlarni yeb foyda keltiradi.