Vitiligo: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
[[Fayl:Vitiligo2.JPG|thumb|right|220px]]
 
'''Vitiligo''' ({{lang-la|vitiligo}} — teri usti kasalligi) — [[teri]]ning ayrim qismlarida normal pigmentning yoʻqolishi. Xalq orasida '''pes''' nomi bilan ataladigan vitiligo kasalligining kelib chiqish sabablari rivojlangan tibbiyotga hanuzgacha toʻliq maʼlum emas. Aynan shu tufayli uni davolash ham qiyin sanaladi. Bu kasallik yosh, jins va irq tanlamaydi. Dunyo aholisining 1-4 foizi vitiligodan aziyat chekadi. Lekin soʻnggi vaqtlarda yoshlar orasida kasallanganlar soni koʻpaygani kuzatilgan. Odamlarda hanuzgacha bu xastalikka ibtidoiy qarash saqlanib qolganini inkor etib boʻlmaydi. Koʻpchilik bu haqda etarli maʼlumotga ega boʻlmagani bois, uni „yuqumli“ yoki „avloddan-avlodga oʻtadi“, deb oʻylaydi. Bemorlarni kasallikning oʻzidan koʻra atrofdagilarning shunga oʻxshash fikr va qarashlari koʻproq qiynaydi. Vitiligo infeksion yoki allergik kasallik emas, atrofdagi odamlarga umuman yuqmaydi. „Nasl surish“ esa zamonaviy tibbiyotning ochiq masalalaridan biri. Aksariyat shifokorlar toʻgʻridan-toʻgʻri nasldan oʻtishini inkor etishadi. Koʻp hollarda vitiligo bilan ogʻriganlar „oʻz tengim“ deya xuddi shunday bemorlar bilan turmush qurishadi. Bu ularning eng katta xatosi. Ota va ona birdek vitiligo bilan kasallangan boʻlsa, ularning farzandida genetik moyillik hosil boʻlishi mumkin. Lekin oq dogʻlarning oʻzi ota-onadan farzandga oʻtmaydi. Sabablari:
Surunkali asabiylik; Vitamin va mikroelementlar etishmasligi; ichki aʼzolar tizimidagi kasalliklar (jigar — Gepatit A va V turlari, oʻt qopi, oshqozon osti bezi, oshqozon-ichak kasalliklari); ichki aʼzolar tizimi faoliyatining buzilishi; endokrin tizim kasalliklari (masalan, qalqonsimon bez faoliyatining susayishi); gormonal fonning oʻzgarishi (balogʻat yoshi, homiladorlik, tugʻruq jarayoni, klimaks);