Qoʻshma gap: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Ergashgan qoshma gap
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k 185.163.26.95 tahrirlari Ximik1991Bot versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Qator 1:
'''Qoʻshma gap''' — tuzilishiga koʻra sodda gapga oʻxshash ikki va undan ortiq predikativ birlikning intonatsiya va mazmun jihatidan bir butunlik hosil etishi bilan yuzaga keluvchi gap; gapning struktural jihatdan alohida bir turi. Q.g . tuzilishi va qurilish materialiga koʻra sodda galdan farq qiladi. Sodda gapning qurilish materiali soʻz yoki soʻz birikmalari boʻlsa. Q.g .ning qurilish materiali sodda gaplardir. Sodda gap bitta predikativ asosdan, Q.g . esa ikki va undan ortiq predika-tiv asosdan tashkil topadi. Bir qancha turkiy tillarda, jumladan. oʻzbek tilida, Q.g .lar qanday mazmun munosabatlarini ifodalashi, grammatik belgilari, tuzilishi va intonatsiyasiga koʻra 3 asosiy turga boʻlinadi: bogʻ-lovchisiz Q.g .; bogʻlangan Q.g .; ergashgan Q.g .
 
Tarkibidagi predikativ birliklar oʻzaro bogʻlovchi yoki bogʻlovchi vazifasidagi soʻz yordamida emas, balki boshqa vositalar yordamida birikkan Q. g . lar bogʻlergashgan qoshma gapovchisizbogʻlovchisiz Q.g . hisoblanib, bunday Q.g .larda ohang muhim rol oʻynaydi. Bogʻlovchisiz Q.g .lar aksar hollarda bogʻlangan va ergashgan Q.g .lar bilan oʻxshash, munosabatdoshday koʻrin-sada, ular ana shu turdagi gaplarning bogʻlovchisiz varianti emas, balki Q.g .larning alohida turi hisoblanadi: "Saodatxon eshikni ochib yubordi, uyga muzday kuz havosi kirdi" (S.Zunnunova). "Sultonmurod oʻzini chetga olishga tirishdi, xalq toʻlqini uni surib ketdi" (Oybek).
 
Tarkibidagi predikativ birliklar oʻzaro teng bogʻlov-chilar yordamida birikkan (teng aloqali) Q.g .lar bogʻlangan Q.g . deyilib, uning tarkibiy qismlari shaklan mustaqil koʻrinsa-da, maz-munan va tuzilish jihatdan bir butunlikni tashkil etadi. Mas: "Bahor keldi va gullar ochildi". "Dil-afroʻz chindan ham oʻzgargan. Ammo oʻktam kulgusi, quralai koʻzlarining kibrona boqishi oʻsha-oʻsha edi" (Oʻ.Hoshimov).