Kommunizm — versiyalar orasidagi farq

xulosa tahrirlanmadi
Teglar: Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash
[[File:Hammer and Sickle Red Star with Glow.png|thumb|Kommunizm ramzi: Qizil yulduzcha ichidagi bolgʻa va oʻroq]]
 
'''Kommunizm''' ({{lang-la|communis}}  — umumiy)  — xususiy mulkchilikni inkor qilishga asoslangan turli karashlarning umumiy nomi (ibtidoiy Kommunizm, xayoliy Kommunizm, "kazarma"„kazarma“ Kommunizmi va boshqalar). Unga koʻra, yagona umumiy (ijtimoiy) mulk jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishining asosini tashqil qiladi. Bu gʻoya "ideal„ideal jamiyat"jamiyat“ nomi bilan Platon, keyinroq T.Mor, [[Kampanella Tommazo|T.Kampanella]], Sh.Furye va boshqalarning asarlarida ilgari surildi, Kommunizm yoki kommunistik jamiyat nomi bilan 19—20-asrlarda [[Karl Marx|K.Marks]], [[Engels Fridrix|F.Engels]] va [[Vladimir Lenin|V.I.Lenin]] asarlarida nazariy ifodasini topdi. Markscha tarixiy jarayon haqidagi qarashga binoan, Kommunizm  — kapitalizm oʻrnini egallaydigan va oʻz taraqqiyotida 2 bosqich (faza)  — sotsializm deb ataladigan quyi bosqich hamda toʻla Kommunizm deb ataladigan yuqori bosqichni bosib oʻtadigan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadir. Kommunizm nazariyotchilari bu ikki bosqichning oʻziga xos jihatlari hamda umumiy tomonlari mavjudligini koʻrsatishga urinishgan. Umumiy tomoni iqtisodiy jihatdan yagona ijtimoiy mulkka asoslanganligi, oʻziga xos tomoni esa  — mehnat taqsimoti tamoyili bilan belgilanadi, deb uqtirishgan. Chunonchi, ular Kommunizmda "har„har kimdan qobiliyatiga yarasha, har kimga ehtiyojiga yarasha"yarasha“ tamoyili amal qiladi, "Kommunizmda„Kommunizmda muhim ijtimoiy tafovutlar boʻlmaydi, hamma teng boʻladi"boʻladi“, "davlat„davlat oʻz vazifasini bajarib boʻladi va barham topadi"topadi“, deb hisoblashgan.
 
Kommunizm gʻoyasining asosida tarixni faqat materialistik tushunish, formatsiyaviy qarash, sinfiylik va partiyaviylik tamoyillariga asoslanish, proletariat manfaatlarinigina himoya qilish qabilar yotadi. Jamiyat taraqqiyoti qonunlariga, inson erkinligi, mustaqillik va demokratiya tamoyillariga zid boʻlgan bu gʻoyalar sobiq SSSR hududida, "sotsialistik„sotsialistik lager"lager“ deb atalgan jahon sotsialistik sistemasi davlatlarida tatbiq qilindi. 20-asrning 20-yillaridan zoʻrlik yoʻli bilan proletariat (amalda partiya)ning maʼmuriy-buyruqbozlikka asoslangan diktaturasi oʻrnatildi. Rivojlanish va taraqqiyotning xilma-xilligi, turli xalqlar va mamlakatlarga xos milliymaʼnaviy xususiyatlarning mavjudligi inkor etildi. Dunyo mamlakatlari va xalqlarining yagona kommunistik jamiyatga borishini asoslashga harakat qilindi. Birok, Kommunizmning "erkinlik"„erkinlik“, "tenglik"„tenglik“ toʻgʻrisidagi shiorlari soxta va asossiz ekanligi maʼlum boʻldi.
 
Hozirgi vaqtda ayrim davlatlar sotsializmni bozor munosabatlari bilan bogʻlashga harakat qilmoqsalar, Kommunizm toʻgʻrisidagi qarashlarga oʻz xususiyatlarini hisobga olgan holda yangicha yondoshmoqdalar. Lekin yaqin oʻtmishda Kommunizm yoki kommunistik jamiyat qurish yoʻlini tanlagan davlatlarning aksariyati bugungi kunda mustaqil davlatlar sifatida oʻzlariga xos rivojlanish yoʻlidan bormoqdalar.<ref>"{{PAGENAME}}" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekistonOʻzbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20K%20harfi.pdf K-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
<references/>
 
 
 
{{OʻzME}}