Mangʻistau (viloyat): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Mangʻistau (viloyat)ga yoʻnaltirildi
Teg: Yangi yoʻnaltirish
Hazar (munozara | hissa)
Removed redirect to Mangʻistau (viloyat)
Teg: Removed redirect
Qator 1:
#YOʻNALTIRISH [[{{Maʼnolari|Mangʻistau (viloyat)]]maʼnolari}}
{{Maʼmuriy birlik
|Rang1 = {{rang|Qozogʻiston}}
|Oʻzbekcha nomi = Mangʻistau viloyati
|Asl nomi = [[qozoq tili|qoz.]] Маңғыстау облысы
|Gerb = Маңғыстау логотибі.jpg
|Bayroq =
|Gerb kengligi =
|Bayroq kengligi =
|Gerb taʼrifi =
|Bayroq taʼrifi =
|Mamlakat = [[Qozogʻiston]]
|Maqomi = [[viloyat]]
|Tegishli hudud =
|Tarkibida =
|Markazi = [[Aqtau]]
|Yirik shahari = [[Aqtau]], [[Janaoʻzen]]
|Yirik shaharlari =
|Asos solingan = [[1973-yil]]
|Bekor qilingan =
|Rahbari = Aydarbekov Alik Serikovich
|Rahbar ismi = Akim
|Rahbari2 =
|Rahbar ismi2 =
|YAIM =
|YaIM yil =
|YAIM oʻrin =
|YAIM jon boshiga =
|YAIM jon boshiga oʻrinda=
|Til =
|Tillar =
|Aholi = 577,464<ref>[http://www.stat.kz/publishing/2013/Демография/август/2_2013_Б-14-07-К.rar Численность населения РК по областям, городам и районам Республики Казахстан на 1 июля 2013 года]</ref>
|Roʻyxatga olingan yil = 2013
|Aholi foizi = 3
|Aholi oʻrinda= 15
|Zichligi = 3,5
|Zichlig joyi =
|Millatlar tarkibi = [[qozoqlar]] 88 % <br /> [[ruslar]] 8,2 %
|Dinlar tarkibi = [[islom|musulmonlar]], [[Masihiylik|Xristianlar]]
|Maydoni = 165 642
|Maydon foizi = 6,1
|Yer maydoni = 7
|Yuqori balandligi = 556
|Oʻrtacha balandligi =
|Quyi balandligi = -132
|Kengligi =
|Uzunligi =
|Xarita = Mang obl.svg
|Xarita oʻlchami = 330
|Maʼmuriy birlik xaritasi =
|Xarita oʻlchami ае =
|Soat mintaqasi = [[UTC+5]]
|Qisqacha =
|ISO =
|FIPS =
|Telefon kodi = +7 7292 <ref>[http://kazindex.ru/13/index.html Mangʻistau viloyatining telefon kodlari]</ref>
|Pochta indeksi = 13 xxxx<ref>[http://kazindex.ru/13/0.html Почтовые индексы Казахстана]</ref>
|Internet domeni =
|Avtomobil raqami kodi = R, 12
|Sayt = http://www.mangystau.kz/index.php
|TurkumCommons =
|Izoh =
}}
'''Mangʻistau viloyati''', — [[Qozogʻiston|Qozogʻiston Respublikasi]] tarkibidagi viloyat. [[1973-yil]] 20-martda Guryev (hozirgi [[Atirau viloyati|Atiarau]]) viloyatidan ajralib chiqqan. Maydoni 165,6 ming km<sup>2</sup>. Aholisi 577,464 kishi (2013). [[1988]]-yilning 2-iyunida tarqatilib [[1990]]-yilning 17-avgustida tarixiy „Mangʻistau“ degan nom bilan qaytadan viloyat boʻlib tashkil topdi. Viloyat markaizi — [[Aqtau|Aqtau shahri]]. Mangʻistau viloyati Qozogʻistonni dengiz bilan bogʻlaydigan yagona suv bekati bor.
[[File:Caspian Sea from orbit.jpg|300px|thumb|right|Kaspiy dengizininig sputnik yordamida olingan tasviri]]
 
== Aholisi ==
Viloyat aholisi 2013-yilgi maʼlumot boʻyicha 547,424 kishiga yetdi. Viloyat aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:
{|class="wikitable sortable"
|+Viloyatning milliy tarkibi<ref>[http://www.stat.kz/publishing/Pages/Archives_2000.aspx Agentstvo Respubliki Kazaxstan po statistike. Arxiv]: [http://www.stat.kz/publishing/DocLib/2000/760179.rar Natsionalniy sostav naseleniya Respubliki Kazaxstan i ego oblastey (tom 1)]</ref><ref>[http://www.stat.kz/publishing/DocLib4/2010/Demografiya/Bull_Hsany2010.rar Chislennost naseleniya po oblastyam, gorodam i rayonam, polu i otdelnim vozrastnim gruppam, otdelnim etnosam na 1 yanvarya 2010 goda]</ref>:
! ||Aholi soni <br />1989 yilgi ||% ||Aholi soni <br />1999 yilgi|| % ||Aholi soni <br />2010 yilgi || %
|-
|| jami ||align="right" | 332424 ||align="right" | 100,00 % ||align="right" | 314669 ||align="right" | 100,00 % ||align="right" | 446265 ||align="right" | 100,00 %
|-
|| [[Qozoqlar]] ||align="right" | 165043 ||align="right" | 49,65 % ||align="right" | 247644 ||align="right" | 78,70 % ||align="right" | 386069 ||align="right" | 86,51 %
|-
|| [[Ruslar]] ||align="right" | 106801 ||align="right" | 32,13 % ||align="right" | 46630 ||align="right" | 14,82 % ||align="right" | 38160 ||align="right" | 8,55 %
|-
|| [[Ozarbayjonlar]] ||align="right" | 4568 ||align="right" | 1,37 % ||align="right" | 3407 ||align="right" | 1,08 % ||align="right" | 4456 ||align="right" | 1,00 %
|-
|| [[Ukrainlar]] ||align="right" | 10159 ||align="right" | 3,06 % ||align="right" | 4124 ||align="right" | 1,31 % ||align="right" | 3290 ||align="right" | 0,74 %
|-
|| [[Lezginlar]] ||align="right" | 10366 ||align="right" | 3,12 % ||align="right" | 2379 ||align="right" | 0,76 % ||align="right" | 2433 ||align="right" | 0,55 %
|-
|| [[Tatarlar]] ||align="right" | 5163 ||align="right" | 1,55 % ||align="right" | 2490 ||align="right" | 0,79 % ||align="right" | 2191 ||align="right" | 0,49 %
|-
|| [[Armanlar]] ||align="right" | 1873 ||align="right" | 0,56 % ||align="right" | 1308 ||align="right" | 0,42 % ||align="right" | 1223 ||align="right" | 0,27 %
|-
|| [[Qoraqalpoqlar]] ||align="right" | 89 ||align="right" | 0,03 % ||align="right" | 144 ||align="right" | 0,05 % ||align="right" | 875 ||align="right" | 0,20 %
|-
|| [[Chechenlar]] ||align="right" | 4056 ||align="right" | 1,22 % ||align="right" | 655 ||align="right" | 0,21 % ||align="right" | 811 ||align="right" | 0,18 %
|-
|| [[Koreyslar]] ||align="right" | 816 ||align="right" | 0,25 % ||align="right" | 716 ||align="right" | 0,23 % ||align="right" | 802 ||align="right" | 0,18 %
|-
|| [[Oʻzbeklar]] ||align="right" | 937 ||align="right" | 0,28 % ||align="right" | 394 ||align="right" | 0,13 % ||align="right" | 612 ||align="right" | 0,14 %
|-
|| [[Qirgʻizlar]] ||align="right" | 325 ||align="right" | 0,10 % ||align="right" | 323 ||align="right" | 0,10 % ||align="right" | 484 ||align="right" | 0,11 %
|-
|| [[Olmonlar]] ||align="right" | 1136 ||align="right" | 0,34 % ||align="right" | 554 ||align="right" | 0,18 % ||align="right" | 436 ||align="right" | 0,10 %
|-
|| [[Beloruslar]] ||align="right" | 1697 ||align="right" | 0,51 % ||align="right" | 612 ||align="right" | 0,19 % ||align="right" | 427 ||align="right" | 0,10 %
|-
|| [[Osetinlar]] ||align="right" | 1111 ||align="right" | 0,33 % ||align="right" | 338 ||align="right" | 0,11 % ||align="right" | 314 ||align="right" | 0,07 %
|-
|| [[Gurjinlar]] ||align="right" | 690 ||align="right" | 0,21 % ||align="right" | 215 ||align="right" | 0,07 % ||align="right" | 279 ||align="right" | 0,06 %
|-
|| [[Udinlar]] ||align="right" | 284 ||align="right" | 0,09 % ||align="right" | 241 ||align="right" | 0,08 % ||align="right" | 266 ||align="right" | 0,06 %
|-
|| boshqalar ||align="right" | 17310 ||align="right" | 1,64 % ||align="right" | 2495 ||align="right" | 0,83 % ||align="right" | 3137 ||align="right" | 0,70 %
|}
 
==== Viloyatda tugʻish koʻrsatkichi ====
{| class="wikitable"
|-
! Dunyoga kelganlar !! 2003 !! 2004 !! 2005 !! 2006 !! 2007 !! 2008 !! 2009 !! 2010 !! 2011
|-
| ming kishi|| 8,086 || 9,385 || 9,898 || 11,248 || 12,201 || 13,348 || 14,236|| 14,676 || 16,025
|-
| 1000 kishiga hisoblaganda|| 23.50 || 26.38 || 26.89 || 29.41 || 30.58 || 32.04 || 32.00|| 28.57 || 29.96
|}
 
== Geografiyasi ==
Mangʻistau viloyati Qozogʻistonning janubi-gʻarbida. Relyefi xilma-xil. Oʻrtacha balandlikdagi togʻ, qirlar, keng tekisliklar va okean sathidan past botiqlar uchraydi. Mangʻistau togʻlari (eng baland choʻqqisi Qoratov tizmasidagi Beshshoʻqi choʻqqisi 556 m) shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa tomon 150&nbsp;km masofaga choʻzilgan. Viloyatning shimoliy Kaspiy boʻyi pasttekisligining janubiy chekkasi bilan band. Mangʻistau togʻlaridan janubi-sharqda Qozogʻistonda eng chuqur Qoragiyo (Botir) botigʻi joylashgan (—132 m). Viloyatning janubi-sharqiy qismini Ustyurt platosi egallagan. Bu yerda Mangʻistau neft havzasi joylashgan. Katta tabiiy gaz zahiralari ham bor. Temir rudasi, qoʻngʻir koʻmir, [[ohaktosh]], [[mergel]] va boshqa foydali qazilma boyliklar ham koʻp. Tuproqlari, asosan, boʻz-qoʻngʻir tuproq. Shimol-gʻarb vajanubi-sharqiy qismida shoʻrxoklar va taqirlar keng tarqalgan. Shimol bilan janubda shuvoq va shoʻralar; Kaspiy dengizi sohillarida shoʻra va galofit oʻtlar oʻsadi. Hayvonlardan saygʻoq, [[boʻri]], [[tulki]], kemiruvchilardan [[yumronqoziq]], [[qoʻshoyoq]], qushlardan tuvaloq, qizgʻaldoq uchraydi.
 
== Iqlimi va ichki suvlari ==
Iqlimi keskin kontinental va quruq. [[Yanvar]]ning oʻrtacha harorati —3, —4°. Yozi juda issiq va quruq. Iyulning oʻrtacha harorati 26—27°. Maksimal harorat 45° ga yetadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori viloyat shimolida 150– 160&nbsp;mm, janubida 100–110&nbsp;mm. Yer usti suvlari kam. Faqat janubi-sharqidagina bir nechta koʻl bor. [[Kaspiy dengizi]]ning suvi quruklikka ancha kirib borgan. Qoʻltiqlarning suvlari shoʻr, ichish va texnika maqsadlarida foydalanishga yaramaydi. Yer osti suvi koʻp. [[Quduq]] [[suv]]laridan keng foydalanilmoqda.
 
== Hududiy boʻlinishi ==
* 2 ta viloyat ahamiyatiga ega shahar: [[Aqtov]] va [[Janaoʻzen]].
* 5 ta tumandan iborat:
# [[Beyneu (tuman)|Beyneu tumani]] — [[Beyneu]]
# [[Qaraqiya tumani]] — [[Quryq qishlogʻi|Quryq]]
# [[Mangʻistau tumani]] — [[Shetpe]]
# [[Munayli tumani]] — [[Mangʻistau]]
# [[Tupqaragʻan (tuman)|Tupqaragʻan tumani]] — [[Fort-Shevchenko]]
 
== Qishloq xoʻjaligi ==
Qishloq xoʻjaligining asosini goʻsht-junga ixtisoslashgan qoʻychilik, tuyachilik va yilqichilik tashkil etadi. Bu yerda chorva mollari deyarli yil boʻyi yaylovlarda boqiladi. [[Dehqonchilik]] suyet rivojlangan. [[Maqat]] — [[Aqtau]] —— Uzen va [[Beyneu]] —— [[Qoʻngʻirot]] temir yoʻli Mangʻistau neftini va [[Oʻrta Osiyo]] [[paxta]]sini boshqa mamlakatlarga chiqarish imkonini beradi. Viloyatni [[Atirau]], [[Astraxon]] va [[Turkmanboshi]] shaharlari bilan bogʻlaydigan dengiz yoʻlovchilar tashish transporti ham ishlaydi. Havo transporti viloyat markazi [[Aqtau]]ni [[Olmaota]], Aterov va [[Moskva]] bilan bogʻlaydi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Sanoati ==
Mangʻistau viloyati Qozogʻistonning donor hududi boʻlib hisoblanadi. [[Neft]] va [[gaz]] konlariga boy, asosiy markazlari — Uzen va Jetiboy neft konlari. Oziq-ovqat ayniqsa baliq sanoati rivojlangan. [[Aqtau]] shahrida goʻsht kombinati, sut, kimyo, temir-beton konstruksiyalar zavodlari, qurilishda ishlatiladigan chigʻanoqtosh koni, suvni chuchuklashtirish qurilmasiga ega boʻlgan issiqlik va atom elektr stansiyalari, Bautino posyolkasida baliq ovlash kemalarini taʼmirlash zavodi, Yeraliyevo shaharchasida tikuvchilik fabrikasi bor.
 
Mangʻistau viloyati Kaspiy dengizining yoqasida joylashganligi va boshqa davlatlar bilan chegaradosh boʻlganligi sabab, yuk tashish yildan-yilga koʻpayib bormoqda. Viloyatda „Jer-Dengiz-Aspan“ rejasi ham yaxshi rivojlanib kelayapti. Viloyatning [[2010-yil]]gi iqtisodiy koʻrsatkichlari:
 
* Umumiy hudud mahsuloti — 1,422,9 mlrd tenge (5 oʻrin)
* Korxona mahsulotlarining umumiy hajmi — 1647, 4 mlrd tenge (2 oʻrin)
* Qishloq xoʻjaligining mahsuloti — 4,4 mlrd tenge (14 oʻrin)
* Asosiy kapitalga quyilgan sarmoya — 372 mlrd tenge (3 oʻrin)
* Parchalangan savdo koʻlami — 78 mlrd tenge (14 oʻrin)
 
== Ijtimoiy soha ==
Viloyatda 117 kunduzgi umumiy bilim beruvchi maktab (qatnashuvchilar soni 88,1 ming), 13 kolledj (10,3 ming qatnashuvchi) 4 oliy oʻquv yurti (17,8 ming student) faoliyat yuritadi.
 
== Manbalar ==
{{Manbalar}}
 
{{Mangʻistau viloyati}}
 
[[Turkum:Qozogʻiston viloyatlari]]