Mangʻistau (viloyat): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Hazar (munozara | hissa)
Hazar (munozara | hissa)
Qator 121:
 
== Geografiyasi ==
Mangʻistau viloyati Qozogʻistonning janubi-gʻarbida. Relyefi xilma-xil. Oʻrtacha balandlikdagi togʻ, qirlar, keng tekisliklar va okean sathidan past botiqlar uchraydi. Mangʻistau togʻlari (eng baland choʻqqisi QoratovQaratau tizmasidagi Beshshoʻqi choʻqqisi 556 m) shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa tomon 150 km masofaga choʻzilgan. Viloyatning shimoliy Kaspiy boʻyi pasttekisligining janubiy chekkasi bilan band. Mangʻistau togʻlaridan janubi-sharqda Qozogʻistonda eng chuqur Qoragiyo (Botir) botigʻi joylashgan (—132 m). Viloyatning janubi-sharqiy qismini Ustyurt platosi egallagan. Bu yerda Mangʻistau neft havzasi joylashgan. Katta tabiiy gaz zahiralari ham bor. Temir rudasi, qoʻngʻir koʻmir, [[ohaktosh]], [[mergel]] va boshqa foydali qazilma boyliklar ham koʻp. Tuproqlari, asosan, boʻz-qoʻngʻir tuproq. Shimol-gʻarb vajanubi-sharqiy qismida shoʻrxoklar va taqirlar keng tarqalgan. Shimol bilan janubda shuvoq va shoʻralar; Kaspiy dengizi sohillarida shoʻra va galofit oʻtlar oʻsadi. Hayvonlardan saygʻoq, [[boʻri]], [[tulki]], kemiruvchilardan [[yumronqoziq]], [[qoʻshoyoq]], qushlardan tuvaloq, qizgʻaldoq uchraydi.
 
== Iqlimi va ichki suvlari ==