Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Oʻrta osiyoda milliy-hududiy chegaralanish''' — mustabid sovet rejimi tomonidan Turkiston xalqlarining "milliy davlatlarini tashkil qilish" niqobi ostida ularni ajratib tashlash maqsadida amalga oshirilgan siyosiy tadbir (1924—25). Turkiston mintaqasi azaldan turkiy xalqlarning yagona maskani va umumiy vatani boʻlgan. 1918—24 yillarda mavjud boʻlgan Turkiston ASSR, BXSR, XXSRning tub xalqlari asrlar davomida turmush tarzi va anʼanalari jihatidan bir-birlariga juda yaqin boʻlishgan. Turkistondagi turli davlatlarning har birida turkiy xalklar: oʻzbeklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar, qirgʻizlar, shuningdek, tojik xalqi azaldan yashaganligi tarixan tarkib topgan hodisa edi. Turkiston mintaqasining xalqlari shu tuproqni, Turonzaminni qadimdan oʻzlarining asl Vatani deb bilganlar.
 
Mustabid sovet rejimi va bolsheviklar uchun esa Turkiston oʻlkasini boʻlib tashlab, uni idora qilish qulay edi. Xususan, bu jarayon Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat 1924 yilda, asosan, magʻlubiyatga uchraganidan keyin oʻzining soʻnggi bosqichiga qadam qoʻydi. 1924 yil fevraliyunfevral iyun oylarida SSSRdagi markaziy organlar, Turkiston, Buxoro, Xorazm kommunistik partiyalari va RKP(b) MK Oʻrta Osiyo byurosi milliy chegaralanish masalalari yuzasidan zoʻr berib ish olib borishdi. Turkiston va Buxoro Kompartiyalari MKlari huzurida maxsus, keyinchalik hududiy va boshqalar maxsus komissiyalar tuziddi.
 
1924 yil 12iyunda RKP(b)MK Siyosiy byurosi Oʻ.Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishh.ch. toʻgʻrisida maxsus qaror qabul qilgach, 15 iyulda RKP(b)MK Oʻrta Osiyo byurosi yangi tashkil etiladigan milliy respublikalar va oblastlarning muvaqqat byurosini tashkil etdi. Hududiy komissiya tarkibiga F.Xoʻjayev, A. Rahimboyev, S. Xoʻjanov, Q.Otaboyev, R.Islomov, N.Aytoqov, yilAbdurahmonov, I. Aydarbekov, I. Vareykis, D.Manjara, I.Mejlauk, X.SaxatMuratov va boshqalar siyosiy arboblar kirgan edi.