Saida Mirziyoyeva: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MrErgashev (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
MrErgashev (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 34:
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni rejalashtirishda mahalliy tajriba va jahon amaliyotini tahlil qilish, global va milliy trendlarni davlat va mintaqaviy strategiyalarga ta’sirini baholash, shuningdek, qisqa, o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish milliy strategiyalarini shakllantirish metodologiyasini takomillashtirishga bag‘ishlangan bir qator ilmiy nashrlar muallifi hisoblanadi.<ref>[https://elibrary.ru/item.asp?id=42848651 МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ СТРАТЕГИРОВАНИЯ СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ УЗБЕКИСТАНА]</ref>
==Ish faoliyati==
Saida Mirziyoyeva 2019 yil 12 apreldan 2020 yil 29 yanvargacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan.<ref>[https://president.uz/ru/lists/view/2471 Программы по реализации пяти инициатив послужат интересам молодежи и женщин]</ref> Agentlik direktorining o‘rinbosari sifatida PR-markaz faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat va boshqaruv organlarida oshkoralikni taʼminlash masalalarini nazorat qilish bilan shug‘ullangan. <ref>[https://www.gazeta.uz/ru/2019/04/04/initiatives/ Президент провел совещание по реализации пяти инициатив]</ref>O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 tashabbusi doirasidagi loyihalarni amalga oshirdi. Agentlik bilan so‘z erkinligi sohasida ish olib borayotgan xalqaro tuzilmalar o‘rtasida aloqa o‘rnatish bo‘yicha faol ish olib bordi. O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha qator davlatlarga delegatsiyalar tarkibida tashrif buyurdi.<ref>[https://www.osce.org/files/f/documents/d/5/424907_0.pdf Regular Report to the Permanent Council]</ref>
 
Saida Mirziyoyeva homiyligida ko‘zi ojiz bolalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni [[Brayl yozuvi]]da chop etilgan o‘quv, badiiy, ilmiy va boshqa zarur adabiyotlar bilan taʼminlashga qaratilgan «Ko‘ngil ko‘zi» loyihasi faoliyati kengaytirildi.<ref>[https://kun.uz/ru/news/2019/11/27/v-ramkax-proyekta-kongil-kozi-slabovidyashchim-detyam-podarili-spetsialnyye-uchebniki В рамках проекта «Ko’ngil ko’zi» слабовидящим детям подарили специальные учебники]</ref> Shuningdek, loyiha doirasida mamlakatning madaniy muassasalarida inklyuziv muhitni yaratish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Teatrlarda tiflo sharhlash tizimi joriy etilmoqda.<ref>[https://kun.uz/ru/news/2019/10/03/saida-mirziyoyeva-predstavila-spetsializirovannyy-kompyuternyy-sentr-dlya-slabovidyashchix-detey Саида Мирзиёева представила специализированный компьютерный центр для слабовидящих детей]</ref>
 
Saida Mirziyoyeva 2020 yil 31 yanvarda [[O‘zbekiston milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi]] Vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari lavozimini egalladi.<ref>[https://kun.uz/ru/news/2020/01/31/komil-allamjonov-i-saida-mirziyoyeva-zanyali-rukovodyashchiye-posty-v-obshchestvennom-fonde Комил Алламжонов и Саида Мирзиёева заняли руководящие посты в общественном фонде]</ref>
 
Yangi ish joyiga o‘tgach ham «Ko‘ngil ko‘zi» loyihasini amalga oshirishda ko‘maklashishda davom etmoqda.
O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish va so‘z erkinligini taʼminlashga qaratilgan islohotlarni hayotga joriy etishda faol ishtirok etib kelmoqda.<ref>[https://uznews.uz/ru/article/19383 САИДА МИРЗИЁЕВА: ЖУРНАЛИСТЫ ДОЛЖНЫ ИМЕТЬ ПРАВО НА ОШИБКУ БЕЗ БОЯЗНИ ПОТЕРЯТЬ СВОБОДУ]</ref> Tuhmat va haqorat uchun qamoq jazosining bekor qilinishi tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan.
<ref>[https://kun.uz/ru/news/2020/03/07/saida-mirziyoyeva-cheloveka-nelzya-sajat-v-tyurmu-tolko-za-to-chto-on-skazal Саида Мирзиёева: «Человека нельзя сажать в тюрьму только за то, что он сказал»]</ref>
 
2019 yildan O‘zbekiston Respublikasining Gender tengligi bo‘yicha komissiya aʼzosi.<ref>[https://genkom.uz/uz/members/sshmirziyoyeva]</ref> 2020 yil fevralda Dubay Ayollar Tashkiloti tomonidan Dubayda o‘tkazilgan «The Power of Influence» Global ayollar forumida ishtirok etdi.<ref>[https://globalwomensforumdubai.com/speakers-2020/ Deputy Chairman of the Board of Trustees of the Public Fund for Support and Development of National Mass Media, Republic of Uzbekistan]</ref> Tadbir jarayonida Saida Mirziyoyeva tenglik muammolariga eʼtibor qaratishning ahamiyatini taʼkidladi.
«Davr bizdan yaxshi ona, zo‘r mutaxassis, jamoatchilikka o‘rnak bo‘lishimizni va oilaning moliyaviy barqarorligi haqida g‘amxo‘rlik qilishimizni talab etmoqda. Ishonamanki, o‘zbekistonlik ayollarning dunyoga aytadigan o‘z so‘zlari bor, ular insoniyatning iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘sha oladilar», dedi Saida Mirziyoyeva forumda so‘zlagan nutqida.
2020 yil aprel oyida uning tashabbusi bilan ishga tushirilgan “Xavfsiz yordam” loyihasi doirasida COVID-19 pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayollarga yordam ko‘rsatildi.<ref>[https://safehelp.uz/]</ref>
 
Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning madaniy merosini asrab-avaylash, mamlakatning madaniy brendini dunyo miqyosida targ‘ib qilishda faol pozitsiyani egallaydi.
Uning ishtirokidagi yirik loyihalardan biri 2021 yilda Parijdagi Luvr muzeyida tashkil etiladigan O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazmadir. Shuningdek, Fransiyaning «Assouline Publishing» nashriyot uyi bilan hamkorlikda mamlakatning tarixiy va madaniy boyligini dunyoga namoyon qiladigan «O‘zbekiston. Samarqandga yo‘l» kitobi chop etildi. Kitob ko‘plab davlatlarda mashhur bo‘ldi va xorijiy manbalarda madaniyat sohasidagi eng yaxshi nashrlardan biri sifatida tez-tez tilga olinadi.<ref>[https://uz.sputniknews.ru/culture/20190709/11966038/Saida-Mirzieva-pro-arkhitekturnoe-nasledie-strany.html ]</ref>Саида Мирзиёева: наша задача – сохранить архитектурное наследие страны
 
Читать далее: https://uz.sputniknews.ru/culture/20190709/11966038/Saida-Mirzieva-pro-arkhitekturnoe-nasledie-strany.html]</ref>
 
==Shaxsiy hayot==