Qoʻqon xonligi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teg: vikimatn muharriri 2017
Qator 226:
=== Uygʻurlar ===
[[Uygʻurlar]] [[Sharqiy Turkiston]]ning eng qadimgi turkiy etnoslardan biri hisoblanadi. XVIII asrning ikkinchi yarmidan eʼtiboran, ayniqsa XIX asrda Xitoy feodallariga qarshi koʻtarilgan [[musulmon]]lar qoʻzgʻoloni magʻlubiyatga uchragandan keyin Sharqiy Turkistonning koʻplab musulmon aholisi, xususan juda koʻp uygʻur oilalari [[Fargʻona vodiysi]]ga qochib oʻtdilar.
XIX asrning oʻrtalaridayoq Qoʻqon xonligida 300 mingga yaqin uygʻurlar yashagan. Tadqiqotchi I.V. Zaxarova ham 1860-yilga qadar Qoʻqon xonligi hududida 200–250 ming qoshgʻarliklar yashagan boʻlsa kerak, deb hisoblaydi.

=== Qoraqalpoqlar. ===
XVIII asrdan [[Buxoro xonligi]]da yuz bergan siyosiy inqiroz koʻplab xalqlarni bu hududni tashlab ketishga majbur etdi. Oqibatda [[Buxoro]] va [[Samarqand]] atroflarida yashagan aholining bir qismi Qoʻqon xonligi hududiga kelib oʻrnashdi.
Xususan, [[Sirdaryo]]ning oʻrta oqimida yashab turgan qoraqalpoqlar Qoʻqon xonligi hududiga kelib qoʻnim topdilar. Qoʻqon xonligi hududiga koʻchib oʻtgan qoraqalpoqlar Sirdaryo va Qoradaryo boʻylariga oʻrnashib, anʼanaviy xoʻjaligini yuritishni davom ettirdilar.
Xullas, Qoʻqon xonligi oʻzining etnik qiyofasining turli-tumanligi bilan ham xarakterlanadi. Holbuki, bunday etnik turli-tumanlik vodiy aholisini oʻzaro iqtisodiy va madaniy aloqalarini rivojlanishida muhim omillardan biri boʻlgan.