Belgiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
20 asrda
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 12:
Aholisi milliy tarkibi jihatidan 2 asosiy guruhga: flamandlar (58%) va vallonlar (32.5%)ga boʻlinadi. B.da 1 mln.ga yaqin ajnabiylar — italyanlar, ispanlar, fransuzlar, greklar, gollandlar, marokashliklar, turklar va boshqalarlar ham bor. Aholining 96,5% shaharlarda yashaydi. Rasmiy tili — fransuz, niderland va nemis tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Yirik shaharlari: Bryussel, Antverpen, Lyej, Rent, Sharlerua.
 
== Tarixi20 arsdaTarixi ==
Qadim zamonlarda B.da belglarning kelt qabilasi yashagan (mamlakat nomi shundap kelib chiqqan). Miloddan avvalgi 57 yilda Yuliy Sezar mamlakatni bosib olib, Rim imperiyasi tarkibiga qoʻshgan. 3-asrda B.ga germanlarning frank va friz qabilalari bostirib keldilar. Franklar belglarning bir qismini qirib tashlab, boshqa bir qismi bilan birikib kstganlar. 5 — 9-asrlarda B. Frank davlati tarkibida boʻlgan. 843 i. Frank davlati parchalanib ketgach, Verden shartnomasiga kura, B. 2 qismga boʻlindi: gʻarbiy qismi Franiiyaga, sharqiy qismi Lotaringiyaga qoʻshib yuborildi. 13 — 14-asrlarda B. Angliya bilan Fransiya oʻrtasidagi shiddatli kurash maydoni boʻldi. 14-asr oxiri va 15-asrda B. Burgundiya gersoglarining mulkiga aylandi, 1477 yildan Gabsburglar hukmronligida, 1555 yildan Ispaniya tarkibida boʻldi. 1713 yil Utrext sulhiga binoan yana Gabsburglar imperiyasi tarkibiga kirdi. 1789 — 90 yillar burjua inqilobi natijasida avstriyaliklar hukmronligi tugatildi, 1790 yil 11 yanvarda B. Qoʻshma Shtatlari davlati eʼlon qilindi, biroq 1791 yilda Avstriya yana mamlakatni qoʻlga oldi. 1795 yilda Fransiyaga qoʻshib olindi. Napoleon I imperiyasi tugagach, 1815 i. B. hududi Niderlandiya tarkibiga qoʻshildi. 1830 yil inqilobi tufayli B. mustaqillikka erishdi. 20-asr boshlarida 6. yuksak darajada rivojlangan sanoat mamlakatiga aylandi. Birinchi jahon urushi davrida B.ning betarafligiga qaramay, [[Olmoniya]] qoʻshinlari uni bosib oldi. [[Ikkinchi jahon urushi|Ikkinchi jahon urushi]] yillarida esa gitlerchilar bosqini azobini tortdi (1940 — 44). 1944 i. sentabrda B. bosqinchilardan xalos boʻldi. B.— 1945 yildan BMT, 1949 yildan NATO aʼzosi (1967 yildan B.da NATO qarorgohi joylashgan). Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 yil martda oʻrnatgan. Milliy bayramlari: 21 iyul — Qirol Leopold Ining Konstitutsiyam sodiqligi haqida qasamyod qilgan kupi (1831) va 15 noyabr — Qirol sulolasi kupi (1866).