Paxtachilik instituti: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5) |
Umarxon III (munozara | hissa) Tahrir izohi yoʻq |
||
Qator 1:
'''
Dastlab SoyuzNIXI tarkibiga
Institutda 12 ta boʻlim (2003): almashlab ekish va gʻoʻza viltiga qarshi ku-rash; gʻoʻza seleksiyasi va urugʻshunosligi; yangi va rayonlashtirilgan gʻoʻza navlari agrotexnikasi; oʻgʻitlar; melioratsiya; sugʻorish va suv quyish texni-kasi; tuproqqa ishlov berish; oʻsimliklar oʻsishini sozlovchi moddalar va defoliatsiya; oʻsimliklar fiziologiyasi; tuproq eroziyasiga qarshi kurash, agroekologiya va yalpi taxlillar; iqtisodiyot, targʻibot, joriy etish, rejalashtirish va ilmiy ishlarni muvofiklashtirish; paxta majmuidagi ziroatlarda noanʼanaviy agrorudalarni qoʻllash texnologiyasi va agrometeostansiya bor. OʻzPITI tarkibida 11 filial: L.V. Rumshevich nomidagi Andijon (sobiq Fargʻona zonal paxta-beda tajriba styasi; 1930), Buxoro (1929), Jizzax (1972). Navoiy (1995), Namangan (1992), Samarqand (1959), Sirda-ryo (1994; 1928 yildan Markaziy melio-rativ tadqiqot styasi), M.S.Istomin nomidagi Surxondaryo (1954), Fargʻona (1927), Xorazm (1929) va Qashqadaryo (1968) filiallari ishlaydi. Toshkent viloyati Qibray tumanida Markaziy tajriba xoʻjaligi, Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida A. Navoiy nomli, Surxondaryo viloyati Muzrabod tumanida Yangiobod va Denov tumanida Hazor-bogʻ shirkat xoʻjaliklari, Termiz tumanida "Doʻstlik" hamda Fargʻona viloyati Quva tumanida "Oʻzbekiston" shirkat tajriba xoʻjaliklarida paxtachilik, gʻallachilik va dehqonchilikning boshqa tarmoqdarini rivojlan-tirish boʻyicha ilmiy-amaliy ishlar olib boriladi (2003).
Qator 11:
Institut faoliyati A. I. Avtonomov, M.A.Belousov, P.M.Bodrov, B.P. Straumal, S. N. Rijov, L. V. Rumshevich, N. M.Mannonov, Z.STursunxujayev, S.X. Yoʻldoshev, A.I. Imomapiyev, V.P. Kondratyuk, V.M.Legostayev, I.I.Madraimov, B.P.Machigin, M.P.Mednis, A.V.Protasov, N.N.Zelenin, T.S. Zokirov, Sh.I. Ibrohimov, Q.M.Mirzajonov, B.M.Isayev, M.S.Istomin, M.R.Yunusov, N.A.Toropkina, Sh.N.Nurmatov, I.M.Raxmatov, S.S.Saidumarov, R.Sh. Tillayev, S. R. Raxmonqulov, N.I.Mallaboyev, M.H.Hasanov, A.E.Avliyoqulov, G.A.Bezborodov, B.I. Niyozaliyev, F.M.Xasanova va boshqa olimlarning nomlari bilan bogʻliq.
Institutda mehnat qilgan seleksioner olimlardan Sh.I.Ibrohimov, Ye.M.Gavrilov, A.A.Tvorogova, N.H.Xolmuro-dov, A.E.Avliyoqulov, M.T.Tojiyev, V.M.Istomin, B.Ch.Joʻrayev (Termiz-14 navi uchun; 1987); A.M.Battalov (Buxoro-6 navi uchun; 1996), K.Mahmadaliyev (Fargʻona-3 navi uchun; 1996) Abu Rayhon Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laure-atiga sazovor boʻlganlar. Gʻoʻza seleksiyasi boʻyicha erishgan yutuqlari uchun A.M.Battalov (2002), V.M.Istomin (2003) Mehnat Shuhrati ordeni bilan takdirlanganlar. Institutda ilmiy kutubxona, aspirantura va ixtisoslashgan ilmiy kengashlar mavjud. Ilmiy asarlar, monografiyalar, risolalar, tavsiyanomalar nashr etiladi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
== Manbalar ==
{{manbalar}}
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
[[Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi]]
[[Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi]]
|