Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Botanika instituti: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Botanika instituti va botanika bogʻi''', Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti va botanika bogʻi — [[Toshkent]] shahridagi ilmiy muassasa. Unda tabiiy sharoitda oʻsadigan oʻsimliklar dunyosi har tomonlamaoʻrganilib, muhofaza qilish, qayta tiklash, ulardan oqilona foydalanish, oʻsimliklar institutroduksiyasi va biotexnologiyasiga oid muammolar ustida tadqiqot ishlari olib boriladi. Botanika instituti 1932 yilda Oʻzbekiston Fanlari qoʻmitasi qoshidagi oʻsimliklar xom ashyosi boʻlimi asosida shakllangan va 1941 yildan Botanika va tuproqshunoslik instituti deb atala boshlagan. 1948 yilda Tuproqshunoslik boʻlimi mustaqil institut boʻlib ajralib chiqqach, botanikaga oid ishlar Botanika va zoologiya ilmiy tadqiqotlar institutida olib borildi. 1950 yilga kelib mustaqil Botanika ilmiy tadqiqotlar instituti tashkil topdi. 1998 yilda institutga botanika bogʻi qoʻshilgach, Botanika instituti va botanika bogʻi deb ataladigan boʻldi. Institutda 11 laboratoriya. boʻlib, bular orasida deyarli barcha qitʼalardan yigʻilgan 1 mln.dan ziyod oʻsimlik nusxalariga ega boʻlgan yirik Markaziy gerbariy laboratoriya. Oʻrta Osiyoda yagona laboratoriya. hisoblanadi. Institut bevosita tabiatda ish olib boradigan "Qizilqum choʻl stansiyasi"ga, Gʻarbiy Tyanshan (Ugam tizmasi)da va Orol dengizi boʻyida joylashgan tayanch nuqtalarga ega. Institutda oʻsimliklar qoplami, ekologiya, tabiatni muhofaza qilish, paleobotanika, oʻsimliklar xom ashyosi, anatomiyasi, sitoembriologiyasi, Orol dengizi atrofidagi qurib qolgan yerlarni qayta oʻzlashtirish, chorva mollari uchun yemxashak bazasini tashkil etish, ifloslangan suvlarni biologik usulda tozalashga oid muammolar ustida tadqiqot ishlari olib boriladi. Oʻrta Osiyo, jumladan Oʻzbekistonning tabiiy florasi va oʻsimliklar jamoasini oʻrganish ustida olib borilgan fundamental tadqiqotlar natijasida 4274 tur, 1023 turkum va 138 oilani oʻz ichiga olgan va Beruniy mukofotiga sazovor boʻlgan 6 jildli (rus tilida) "Oʻzbekiston florasi", 125 oilaga mansub 8097 tur va 1152 turkumni oʻzida mujassamlashtirgan 10 jildli "Oʻrta Osiyo oʻsimliklari aniqlagichi", 10 jildli "Oʻzbekiston zamburugʻlari florasi", "Oʻrta Osiyo suv havzalari suv oʻtlari florasi", 3 jildli "Oʻrta Osiyo koʻkyashil suvoʻtlar aniqlagichi", 2 jildli "Zarafshon florasi va oʻsimliklari", 2 jildli "Oʻrta Osiyo va Janubiy Qozogʻiston oʻsimliklari", 4 jildli "Oʻzbekiston oʻsimliklar qoplami va undan oqilona foydalanish", 3 jildli "Oʻzbekiston paleobotanikasi", "Oʻzbekiston Qizil kitobi", "Choʻl oʻsimliklarining ekologik anatomiyasi" kabi 120 dan ziyod monografiya va toʻplamlar nashr etildi. Institutda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar ishlari oʻz maktablari bilan dunyoga tanilgan Ye.P. Korovin, A.M. Muzaffarov, Q.Z. Zokirov, J.K. Saidov kabi olimlar faoliyati bilan bevosita bogʻliq.
 
Institut Germaniya, Finlyandiya, Xitoy, Janubiy korea hamda MDH davlatlari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar ishlari olib boradi. Institutda botanikaning turli sohalariga bagʻishlangan xalqaro simpoziumlar oʻtkazib kelinadi. Institutda 1 akad., 7 fan doktori, 13 ga yaqin fan nomzodlari 5 falsafa doktori (PhD) dan iborat 40 dan ziyod ilmiy xodim faoliyat koʻrsatadi (2018).
Qator 92:
- O`zbekistonning noyob va yo`qolib borayotgan o`simlik turlarini saqlab qolish uchun yuqori moslashuvchanlik imkoniyatiga ega namunalar olish maqsadida, biotexnologiya metodlarini qo`llash orqali amaliy introduktsiya sohasi rivojlantiriladi (in-vitro);
- o`simliklarning morfologik, anatomik, bioekologik xususiyatlari tadqiq qilinadi va noyob, yo`qolib borayotgan o`simliklarning Botanika bog`i sharoitiga molashuvchanligi qonuniyatlari aniqlanadi;
- MDH ning etakchi botanika bog`lari bilan istiqbolli turlar urug`larini almashishi uchun aloqalar yo`lga qo`yiladi va o`quv-pedagogik, ilmiy-ma`rifiy ishlar davom etdiriladi.<ref>[[OʻzME]]</ref>
 
== Manbalar ==
 
{{manbalar}}
== Adabiyotlar ==
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
* Oʻktam Pratov, Ozodbek Ashurmetov. [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
[[Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi]]
 
* Institut arxividan. Toshkent, 2018-yil
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Institutlar]]
 
 
{{University-stub}}