Virusologiya instituti: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Virusologiya instituti''' -Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Virusologiya instituti ''' — odamlar uchun oʻta xavfli boʻlgan yuqumli kasalliklar, jumladan viruslar qoʻzgatadigan kasalliklarning tarqalishi, viruslarning tashqi muhitda saqlanishi qonuniyatlarini oʻrganadigan, fundamental va amaliyot uchun tadqiqotlar olib boradigan institut. Oʻrta Osiyo mintaqalarida viruslarning tarqalishi, virusli kasalliklar rivojlanishining mintaqaviy qonuniyatlarini oʻrganish maqsadida sobiq Ittifoq Tibbiyot Fanlar akademiyasi D.I. Ivanovskiy nomidagi Virusologiya institutining Toshkentdagi filiali sifatida 1978 yilda tashkil etilgan. 1988 yildan [[Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligigavazirligi]]ga qarashli mustaqil institut, 1991 yildan Tibbiyot Fanlar akademiyasi Oʻrta Osiyo boʻlimi instituti, 1994 yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi qaramogʻida. Institutda gepatit viruslarini aniqlash va tashhislash, virusli gepatitlar epidemiologiyasi, bolalar va kattalarda uchraydigan gepa-titlar klinikasini oʻrganish, jigar hujayralarini immunelektron mikroskopik morfologiyasini oʻrganish, instituterferon, detoksikatsiya, arboviruslarni oʻrganish laboratoriyalari bor. V.i.ning ilmiy yoʻnalishi respublikada virusli gepatit hamda arboviruslarga xos kasalliklarning viruslarini aniqlash va ularning oʻziga xos hamda ular keltirib chiqaradigan kasalliklarning rivojlanishi va kechishi qonuniyatlarini oʻrganishga qaratilgan. Institut virusli kasalliklarni oʻz vaqtida aniqlash va oldini olish, asoratlari-ni tugatish tadbirlarini ishlab chiqadi va tibbiyot amaliyotiga tatbiq etadi. 20 yil davomida olib borilgan tadqiqotlar natijasida MDH davlatlari orasida birinchi boʻlib virusli gepatitning A, V, S, D, Ye turi borligi va ular oʻziga xos qonuniyatlar hamda farqlarga ega ekanligi, epidemiologiyasi, klinik rivojlanishi va qoldirajak asoratlari bilan ham bir-biridan farq qilishi aniqlanadi. 1988 yilda V.i. tashabbusi bilan V gepatitga qarshi oʻtkazilgan emlash tufayli bu kasallikning kamayishi isbotlandi va shu asosida dastur hamda loyihalar ishlab chiqildi. Mintaqada arboviruslarning turlari, ularning ekogeografiyasi aniqlandi. Bir mintaqadan ikkinchi mintaqaga viruslar va ular manbalarining koʻchib yurishi hamda kasallikning roʻyobga chiqishiga oid qonuniyatlar oʻrganildi. Instituterferon laboratoriya Oʻzbekistonda keng tarqalgan dorivor oʻsimliklarda viruslarga taʼsir etuvchi moddalarni oʻrganish va amaliyotga tatbiq etish bilan shugʻullanadi. Detoksikatsiya laboratoriya bemor organizmidagi suyuqliklar va hujayralarda mavjud boʻlgan zaharli moddalarni parchalash va ularni organizmdan chiqarib yuborish usullari ustida izlanishlar olib boradi. Institutda 4 fan doktori, 15 dan ortiq fan nomzodi va bir qancha ilmiy xodimlar faoliyat koʻrsatadi (2001).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
Institutda 4 fan doktori, 15 dan ortiq fan nomzodi va bir qancha ilmiy xodimlar faoliyat koʻrsatadi (2001).
{{manbalar}}
 
{{no iwikiOʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
== Adabiyotlar ==
[[Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi]]
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
[[Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi]]
{{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
[[Turkum:Institutlar]]
 
 
{{University-stub}}