Namangan viloyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 84:
 
== Madaniy-maorif, sogʻliqni saqlash va sport ==
2000/2001 oʻquv yilida viloyatda 671 umumiy taʼlim maktabi (493,4 ming oʻquvchi), 19 ta litsey, 6 maxsus maktab-internat, 23 ta akademik litsey (1350 oʻquvchi), 43 kasb-hunar kolleji (31 mingga yaqin oʻquvchi) faoliyat koʻrsatdi.
 
Viloyatdagi 3 ta oliy oʻquv yurti (Namangan universiteti, Namangan muxandislikpedagogikamuxandislik-texnologiya va Namangan muhandislikiktisodiyotmuhandislik-qurilish institutlari)da 11 mingdan ziyod talaba taʼlim oldi (2001). 1999–2001 yillar mobaynida barcha qulayliklarga ega boʻlgan jami 28 kasb-hunar kolleji (18 ming 875 oʻquvchiga moʻljallangan), hamda 2 akademik litsey (1500 oʻrin) bunyod etildi. Ular zamonaviy oʻquv qurollari va texnika bilan jihozlandi. Viloyat oʻquvchilari Respublika miqyosida oʻtkaziladigan fan olimpiadalarida muntazam qatnashmoqdalar. Xalqaro AKSELS tanlovida gʻolib chiqib xorijiy davlatlarda tahsil olib qaytayotgan oʻquvchilar soni ham ortib bormoqda. AQShning oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan AKSELS tanlovida Namangan viloyatidan 40 oʻquvchi ishtirok etdi. Viloyatda 2 ta (Namangan oʻlkashu-noslik va Pop arxeologik) muzey, 1 markaziy, 409 jamoat kutubxonasi (1 mln. nusxadan ortiq asar), 162 madaniyat uyi, 8 madaniyat va istirohat bogʻi, 5 teatr (shu jumladan, Alisher Navoiy nomidagi viloyat musiqali drama teatri) bor. Viloyat teatr sahnalarida Oʻzbekiston xalq artistlari R. Hamroyev, M. Azizova, S Rahmonov, M. Mansurov, M. Ubaydullayev, X. Oxunova, Oʻ. Nuraliyev, K. Rahimovlar; Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar: M. Dadaboyev, A. Raximov, A. Tojiboyeva, M. Isomiddinov, T. Saydullayevlar samarali ijod qildilar (2001 yilda teatr binosi rekonstruksiya qilindi).
 
Xalq hunarmandchiligi ayniqsa, Namangan va Chuyet shaharlarida qadimdan rivojlangan. Chustda pichoq, idish-tovoq, qishloq xoʻjaligi qurollari ishlab chiqariladi, doʻppidoʻzlik, kashtachilik bilan shugʻullaniladi, xalatlar uchun beqasam va atlas gazlamalar toʻ-qiladi. Chust badiiy buyumlar fabrikasi bor. Sogʻliqni saqlash. Namangan viloyatida 11 650 oʻrinli 115 kasalxona, 250 dan ortiq dorixona, Respublika shoshi-linch tibbiy yordam markazining fi-liali, kuniga 30 ming bemorni qabul qilish quvvatiga ega boʻlgan 256 ambulatoriya-poliklinika muassasasi ishlab turibdi. Namangan viloyatida oʻtgan 10 yil mobaynida 104 qishloq shifokorlik punktlari barpo etildi, 41 qishloq shifokorlik ambulatoriyasi va feldsher-akusherlik punktlari qishloq shifokorlik punktlariga aylantirildi. Shu davrda 1505 oʻrinli kasalxona, bir smenada 43,7 ming bemorni qabul qiluvchi poliklinikalar qurib bit-kazildi, shoshilinch tibbiy yordam markazi, viloyat koʻp tarmoqli kasalxonasi, viloyat kardiologiya markazi, oʻsma kasalliklar, Namangan shahar onalar va bolalar fizioterapevtik, yuqumli kasalliklar kasalxonalari foydalanishga topshirildi. Ular zamonaviy tibbiyot apparatlari, asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Namanganda Semashko nomidagi respublika fizioterapevtik ilmiy tadqiqot instituti, respublika akusherlik va ginekologiya ilmiy tadqiqot instituti hamda respublika Salomatlik institutlarining viloyat filiallari, nevrologiya, endokrinologiya va urologiya markazlari faoliyat koʻrsatmoqda.