Yusuf (paygʻambar): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 8:
Ya'qub alayhissalom unga: " Tushingizni akalaringizga aytmang, sizga yomonlik qilib qo'yishmasin. Albatta shayton insonga ochiq dushmandir. Shunday qilib, Alloh sizni tanlab oladi, tushlar ta'birini o'rgatadi va otalaringiz Ibrohim va Is'hoqqa batamom qilib berganidek, sizga payg'ambarlikni ato etadi. Allbatta Alloh bilguvchi va hikmatli zotdir", -dedi.
Ya'qub alayhissalomning o'n ikkita farzandi bor edi. Yusuf ularning o'n birinchisi edi. Yusufni qolgan farzandlaridan ko'ra ko'proq yaxshi ko'rardi va hech yonidan ketkazmasdi. Shuning uchun Yusufning akalari uni yomon ko'rishardi. Yusufning Binyamin ismli tug'ishgan ukasi bor edi. Akalari Binyaminni ham yomon ko'rishardi, lekin Yusufni yomon ko'rganchalik emas.
O'shanda akalari aytishdi: "Yusuf va uning ukasi otamizga bizdan ko'ra mahbubroq. Vaholanki, biz ko'pchilikmiz. Albatta, otamiz ochiq oydin zalolatdadir". Ulardan biri: "Yusufni o'ldiringlar. Keyin otangizning yuzi sizlarga buriladi. Keyin tavba qilib olasizlar", - dedi. Ulardan boshqasi: "Yusufni o'ldirmanglar. Biror ish qilmoqchi bo'lsangiz uni quduqga tashlanglar. Keyin ba'zi yo'lovchilar olib ketadi", - dedi. Yusufning akalari bu ishga qasd qilishdi va otalarini oldiga borib aytishdi: "Ey, otajon, nega siz bizga Yusufni ishonmaysiz. Vaholanki, biz unga yomonlikni ravo ko'rmasmiz. Ertaga uni biz bilan yuboring, yeb-ichib, o'ynab keladi. Albatta, biz uni muhofaza qiluvchidirmiz". Shunda Ya'qub alayhissalom: "Uning oldimdan ketishi meni xafa qiladi. Sizlar boradigan yerda bo'rilar bor. Undan g'ofil qolgan paytingizda uni bo'ri yeb ketishidan qo'rqaman", - dedi. Ular: "Agar biz ko'pchilik bo'la turib uni bo'ri yeb ketsa, u holda biz ziyonkorlardan ekanmiz-da", - deyishdi. Qo'yarga-qo'ymas otalarini rozi qilishdi. Ertasi kuni Yusufni birga olib ketishdi. Yusufni yomon ko'rganliklaridan yo'lda uni urib-so'kib borishdi. So'ng bir quduqqa uni tashlab yuborishdi. Shunda Alloh taolo Yusufga: "Sen, albatta ularga bu qilmishlarining xabarini berasan. O'shanda ular seni sezmaslar ham", - deya vahiy qildi.
Rivoyatlarga ko'ra, Yaʼqub paygʻambarning Rohila ismli xotinidan boʻlgan sevikli oʻgʻli. Bibliyada Iosif deb tilga olingan. Qurʼonning 12surasi Yu.nomi bilan ataladi. Alloh Yu.ga tushlar taʼbirini aniq ayta olish qobiliyatini ato etdi. Naql qilishlaricha, Yaʼqub oʻz farzandlari orasida Yu.ni koʻproq yaxshi koʻrar edi. Akalari unga hasad qilib Yu.ni quduqqa tashlab yuboradilar, otalariga esa, Yu.ni dashtda boʻri yeb ketdi, deb yolgʻon gapiradilar. Karvonda ketayotganlar Yu.ni quduqdan chiqarib misrlik katta amaldorga sotadilar. Amaldorning xotini Zulayho Yu.ni sevib qolib yoʻldan urmoqchi boʻladi. Yu. zino qilishdan oʻzini tiyadi, lekin Zulayho igʻvosi tufayli gunohsiz zindonga tashlanadi. Zindondagilarning va Misr hokimining tushi taʼbirini toʻgʻri aytib, u yerdan qutuladi. Davlat xazinasini saklovchi lavozimiga tayinlanadi. Yu. Misr taxtida adolat bilan hukm yurgiza boshladi. Zulayhoni oʻz nikohiga oladi. Boshqa davlatlarda ocharchilik yuz berganda ham, Misr zaminida toʻkinchilik boʻladi. Ittifoqo Kanʼon (hoz. Livan)dan uning akalari don soʻrab kelib qolib, Yusufni tanimaydilar. Yusuf bir puxta tadbir bilan ularni oʻz xatogunohlariga iqror qiladi va otasi Yaʼqubning qoʻzlari ochilishiga sabab boʻladi. Uni Misrga olib keladi. Islom anʼanasida Yu. chiroyli yigit sifatida tasvirlanadi. Qurʼonda Alloh barcha ummatlari boshlariga tushgan baloqazolarga sabrqanoat qilsa, ularni kulfatlardan xalos etib, saodatli kunlarga yetkazajagi uqtiriladi. Oʻrta asrlar musulmon sharqida yaratilgan koʻpchilik badiiy asarlarda Yu. haqidagi rivoyatdan keng foydalanilgan (qarang [["Yusuf va Zulayho"]]).
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->