Yusuf (paygʻambar): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 11:
Ya'qub alayhissalomning o'n ikkita farzandi bor edi. Yusuf ularning o'n birinchisi edi. Yusufni qolgan farzandlaridan ko'ra ko'proq yaxshi ko'rardi va hech yonidan ketkazmasdi. Shuning uchun Yusufning akalari uni yomon ko'rishardi. Yusufning Binyamin ismli tug'ishgan ukasi bor edi. Akalari Binyaminni ham yomon ko'rishardi, lekin Yusufni yomon ko'rganchalik emas.
 
O'shanda akalari aytishdi: "Yusuf va uning ukasi otamizga bizdan ko'ra mahbubroq. Vaholanki, biz ko'pchilikmiz. Albatta, otamiz ochiq -oydin zalolatdadir". Ulardan biri: "Yusufni o'ldiringlar. Keyin otangizning yuzi sizlarga buriladi. Keyin tavba qilib olasizlar", - dedi. Ulardan boshqasi: "Yusufni o'ldirmanglar. Biror ish qilmoqchi bo'lsangiz uni quduqqa tashlanglar. Keyin ba'zi yo'lovchilar olib ketadi", - dedi. Yusufning akalari bu ishga qasd qilishdi va otalarini oldiga borib aytishdi: "Ey, otajon, nega siz bizga Yusufni ishonmaysiz. Vaholanki, biz unga yomonlikni ravo ko'rmasmiz. Ertaga uni biz bilan yuboring, yeb-ichib, o'ynab keladi. Albatta, biz uni muhofaza qiluvchidirmiz". Shunda Ya'qub alayhissalom: "Uning oldimdan ketishi meni xafa qiladi. Sizlar boradigan yerda bo'rilar bor. Undan g'ofil qolgan paytingizda uni bo'ri yeb ketishidan qo'rqaman", - dedi. Ular: "Agar biz ko'pchilik bo'la turib uni bo'ri yeb ketsa, u holda biz ziyonkorlardan ekanmiz-da", - deyishdi.
 
Qo'yarga-qo'ymas otalarini rozi qilishdi. Ertasi kuni Yusufni birga olib ketishdi. Yusufni yomon ko'rganliklaridan yo'lda uni urib-so'kib borishdi. So'ng bir quduqqa uni tashlab yuborishdi. Shunda Alloh taolo Yusufga: "Sen, albatta ularga bu qilmishlarining xabarini berasan. O'shanda ular seni sezmaslar ham", - deya vahiy qildi. Akalari esa Yusufning ko'ylagini yolg'on qonga belashdi. Kechqurun esa yolg'ondan yig'lagan hollarida otalarining oldiga kelib: "Ey, otajon, biz Yusufni narsalarimiz oldida qoldirib quvlashib ketsak, uni bo'ri yeb qo'yibdi. Agar rostgo'y bo'lsak ham siz bizga ishonmassiz", - dedilar. Va Yusufning qonga belangan ko'ylagini ko'rsatdilar. Ya'qub alayhissalom: "Yo'q! Havoi nafsingiz sizga bir ishni chiroyli ko'rsatdi. Endi meni ishim chiroyli sabr qilish. Siz vasf qilayotgan narsada yordam so'raladigan zot yolg'iz Allohning O'zi", - dedi. Ya'ni Ya'qub alayhissalom ularning yolg'on gapiryotganini sezdi. Yusufni bo'ri yemagani unga ayon bo'ldi. Ammo, uning yo'qolgani uchun ko'z yosh to'kdi.
 
Yusuf alayhissalom tashlangan quduq yaqinidan bir karvon o'ta boshladi. Shunda karvondagilar quduqqa suvchilarni yubordilar. Bir suvchi chelagini tashladi. Qaytib tortganidan so'ng hayratlanib: "Suyunchi beringlar! Bu bola-ku!", - dedi. So'ngra ular Yusufni tijorat moli sifatida yashirib qo'ydilar. Yusufning hur insonligi, nasli oshkor bo'lib qolsa, boshlariga nimalar kelishini yaxshi bilardilar. Va uni tezroq sotishga kirishdilar. Keyin uni misrlik amaldorga arzon bahoga, sanoqli dirhamlarga sotib yubordilar.
Karvonda ketayotganlar Yusufni quduqdan chiqarib misrlik katta amaldorga sotadilar. Amaldorning xotini Zulayho Yusufni sevib qolib yoʻldan urmoqchi boʻladi. Yusuf zino qilishdan oʻzini tiyadi, lekin Zulayho igʻvosi tufayli gunohsiz zindonga tashlanadi. Zindondagilarning va Misr hokimining tushi taʼbirini toʻgʻri aytib, u yerdan qutuladi. Davlat xazinasini saklovchi lavozimiga tayinlanadi. Yusur Misr taxtida adolat bilan hukm yurgiza boshladi. Zulayhoni oʻz nikohiga oladi. Boshqa davlatlarda ocharchilik yuz berganda ham, Misr zaminida toʻkinchilik boʻladi. Ittifoqo Kanʼon (hozirgi Livan)dan uning akalari don soʻrab kelib qolib, Yusufni tanimaydilar. Yusuf bir puxta tadbir bilan ularni oʻz xatogunohlariga iqror qiladi va otasi Yaʼqubning qoʻzlari ochilishiga sabab boʻladi. Uni Misrga olib keladi. Islom anʼanasida Yusuf chiroyli yigit sifatida tasvirlanadi. Qurʼonda Alloh barcha ummatlari boshlariga tushgan balo-qazolarga sabr-qanoat qilsa, ularni kulfatlardan xalos etib, saodatli kunlarga yetkazajagi uqtiriladi. Oʻrta asrlar musulmon sharqida yaratilgan koʻpchilik badiiy asarlarda Yusuf haqidagi rivoyatdan keng foydalanilgan (qarang [["Yusuf va Zulayho"]]).
 
Yusufni sotib olgan amaldor xotiniga: "Uni yaxshilab joylashtir, shoyad bizga manfaat bersa yoki bola qilib olsak", - dedi. Bu paytda Yusufning yoshi o'n ikkida edi. Mana shunday qilib, Yusuf misrlik amaldorning qo'lida xuddi o'z o'g'lidek katta bo'ladi. Voyaga yetgan vaqtda Alloh taolo unga hukmni va ilmni ato etdi. Albatta, u go'zal amal qiluvchi bandalardan edi.
 
So'zimizning avvalida aytdik, Yusuf alayhissalom go'zal husn egasi edi. Shuning uchun ham uni o'z qarmog'iga olgan ayol chidolmadi. Xuddi eriga tayyorlangandek tayyorlanib, eshiklarni berkitdi va Yusufga: "Yonimga kel", - dedi. Shunda Yusuf alayhissalom: "Alloh saqlasin! Axir joyimni yaxshilab bergan xojam-ku! Albatta zolimlar najot topmaslar", - dedi. Yusuf alayhissalom bunday harom ish qilishdan Alloh saqlasin, demoqda. Keyin u yaxshilikni unutadigan odam ham emas. Xo'jasini unga qilgan yaxshiliklarini ko'rib turib, unga xiyonat qilishdan tiyilmoqda, faxshga aralishishib, zolimlardan bo'lib qolishni xohlamaydi.
 
Karvonda ketayotganlar Yusufni quduqdan chiqarib misrlik katta amaldorga sotadilar. Amaldorning xotini Zulayho Yusufni sevib qolib yoʻldan urmoqchi boʻladi. Yusuf zino qilishdan oʻzini tiyadi, lekin Zulayho igʻvosi tufayli gunohsiz zindonga tashlanadi. Zindondagilarning va Misr hokimining tushi taʼbirini toʻgʻri aytib, u yerdan qutuladi. Davlat xazinasini saklovchi lavozimiga tayinlanadi. Yusur Misr taxtida adolat bilan hukm yurgiza boshladi. Zulayhoni oʻz nikohiga oladi. Boshqa davlatlarda ocharchilik yuz berganda ham, Misr zaminida toʻkinchilik boʻladi. Ittifoqo Kanʼon (hozirgi Livan)dan uning akalari don soʻrab kelib qolib, Yusufni tanimaydilar. Yusuf bir puxta tadbir bilan ularni oʻz xatogunohlariga iqror qiladi va otasi Yaʼqubning qoʻzlari ochilishiga sabab boʻladi. Uni Misrga olib keladi. Islom anʼanasida Yusuf chiroyli yigit sifatida tasvirlanadi. Qurʼonda Alloh barcha ummatlari boshlariga tushgan balo-qazolarga sabr-qanoat qilsa, ularni kulfatlardan xalos etib, saodatli kunlarga yetkazajagi uqtiriladi. Oʻrta asrlar musulmon sharqida yaratilgan koʻpchilik badiiy asarlarda Yusuf haqidagi rivoyatdan keng foydalanilgan (qarang [["Yusuf va Zulayho"]]).
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->