Yusuf (paygʻambar): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 20:
 
So'zimizning avvalida aytdik, Yusuf alayhissalom go'zal husn egasi edi. Shuning uchun ham uni o'z qarmog'iga olgan ayol chidolmadi. Xuddi eriga tayyorlangandek tayyorlanib, eshiklarni berkitdi va Yusufga: "Yonimga kel", - dedi. Shunda Yusuf alayhissalom: "Alloh saqlasin! Axir joyimni yaxshilab bergan xojam-ku! Albatta zolimlar najot topmaslar", - dedi. Yusuf alayhissalom bunday harom ish qilishdan Alloh saqlasin, demoqda. Keyin u yaxshilikni unutadigan odam ham emas. Xo'jasini unga qilgan yaxshiliklarini ko'rib turib, unga xiyonat qilishdan tiyilmoqda, faxshga aralishishib, zolimlardan bo'lib qolishni xohlamaydi.
 
Keyin haligi ayol unga intildi, shunda Yusuf alayhissalom Allohning burhon-hujjatini ko'rdi. Alloh taolo Yusuf alayhissalomdan fahshni ana shunday qilib tiyib qo'ydi. Albatta Yusuf alayhissalom muxlis bandalardandir.
 
Shu o'rinda ba'zi manbalarda noto'g'ri fikrlar ham bor ekan. "Yusuf ham u ayol bilan bo'lishni xohladi, ammo Robbisining hujjatini ko'rib qaytdi" degan jumlalar mutlaqo xatodir. Yusuf alayhissalom bu ish haqida umuman o'ylamagandi ham. Alloh esa uning fahshga aralashib qolmasligi uchun hujjat nozil etgan edi.
 
Yusuf zino qilishdan oʻzini tiyadi, lekin Zulayho igʻvosi tufayli gunohsiz zindonga tashlanadi. Zindondagilarning va Misr hokimining tushi taʼbirini toʻgʻri aytib, u yerdan qutuladi. Davlat xazinasini saklovchi lavozimiga tayinlanadi. Yusur Misr taxtida adolat bilan hukm yurgiza boshladi. Zulayhoni oʻz nikohiga oladi. Boshqa davlatlarda ocharchilik yuz berganda ham, Misr zaminida toʻkinchilik boʻladi. Ittifoqo Kanʼon (hozirgi Livan)dan uning akalari don soʻrab kelib qolib, Yusufni tanimaydilar. Yusuf bir puxta tadbir bilan ularni oʻz xatogunohlariga iqror qiladi va otasi Yaʼqubning qoʻzlari ochilishiga sabab boʻladi. Uni Misrga olib keladi. Islom anʼanasida Yusuf chiroyli yigit sifatida tasvirlanadi. Qurʼonda Alloh barcha ummatlari boshlariga tushgan balo-qazolarga sabr-qanoat qilsa, ularni kulfatlardan xalos etib, saodatli kunlarga yetkazajagi uqtiriladi. Oʻrta asrlar musulmon sharqida yaratilgan koʻpchilik badiiy asarlarda Yusuf haqidagi rivoyatdan keng foydalanilgan (qarang [["Yusuf va Zulayho"]]).