Yusuf (paygʻambar): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 26:
 
Keyin Yusuf alayhissalom eshik tomon chopdi. Uning ortidan u ayol ham yugurdi. So'ng u ayol Yusufning ko'ylagini orqasidan yirtdi. Shunda eshik oldida u xotinning eriga duch kelishdi. Shunda ayol makr qilishni boshladi va eriga: "Sening ahlingga yomonlik xohlaganning jazosi qamalmoq yoki alamli azobdir" - dedi. Ya'ni Yusuf alayhissalomni ayblay boshladi. Yusuf esa: "Uning o'zi mening nafsimni xohladi", - dedi.
 
Shunda u xotinning ahlidan bir kishi guvohlik berdi. Manbalarga ko'ra bu boshqa xonada yotgan bir chaqaloq bo'ladi. U chaqaloq Alloh qudrati bilan so'zladi: "Agar Yusufning ko'ylagi old tomindan yirtilgan bo'lsa, xotin rost aytibdi, u yolg'onchidir. Agar uning ko'ylagi orqa tomondan yirtilgan bo'lsa, Yusuf rost aytibdi. Xotin yolg'onchidir". U xotinning eri Yusufning ko'ylagi orqa tomondan yirtilganini ko'rib: "Bu siz ayollarning makringlar. Albatta, sizlarning makrlaringiz buyuk makr bo'ldi. Ey, Yusuf, sen bu ishmi unut. Sen, xotin, gunohingga istig'for ayt. Albatta, sen xato qilguvchilardan bo'lding", - dedi.
 
Bu gap shaharga tarqadi. Shahar ayollari: "Azizning xotini xizmatkorining nafsini xohlabdi. Unga juda muhabbat qo'yib qolgan ekan-da! Biz u ayolni, albatta, ochiq-oydin adashuvda deb bilamiz", - deyishdi.(Bun yerdagi Aziz - haligi ayolning eri. O'sha paytlarda sanoat ishlari bilan shug'ullangan kishilarni "Aziz" deb atashgan.) Ayolning qulog'iga shahardagi gap-so'zlar yetib bordi. Keyin ularni odam yuborib bir joyga chaqirtirdi. Ularga suyanib o'tiradigan joy tayyorladi. Va har birlarining qo'llariga pichoq berdi. So'ng Yusufga: "Ularning oldiga chiq!", - dedi. U ayollar Yusuf alayhissalomni ko'rgan paytlarida lol qoldilar, es-hushlarini yo'qotganlaridan qo'llarini qiymaladilar. Amma og'riqni his etmadilar. Shunda ular: "Yo pok Parvardigoro! Bu bashar emas! Bu karamli farishtaning o'zi-ku!", - deyishdi.
 
Yusuf zino qilishdan oʻzini tiyadi, lekin Zulayho igʻvosi tufayli gunohsiz zindonga tashlanadi. Zindondagilarning va Misr hokimining tushi taʼbirini toʻgʻri aytib, u yerdan qutuladi. Davlat xazinasini saklovchi lavozimiga tayinlanadi. Yusur Misr taxtida adolat bilan hukm yurgiza boshladi. Zulayhoni oʻz nikohiga oladi. Boshqa davlatlarda ocharchilik yuz berganda ham, Misr zaminida toʻkinchilik boʻladi. Ittifoqo Kanʼon (hozirgi Livan)dan uning akalari don soʻrab kelib qolib, Yusufni tanimaydilar. Yusuf bir puxta tadbir bilan ularni oʻz xatogunohlariga iqror qiladi va otasi Yaʼqubning qoʻzlari ochilishiga sabab boʻladi. Uni Misrga olib keladi. Islom anʼanasida Yusuf chiroyli yigit sifatida tasvirlanadi. Qurʼonda Alloh barcha ummatlari boshlariga tushgan balo-qazolarga sabr-qanoat qilsa, ularni kulfatlardan xalos etib, saodatli kunlarga yetkazajagi uqtiriladi. Oʻrta asrlar musulmon sharqida yaratilgan koʻpchilik badiiy asarlarda Yusuf haqidagi rivoyatdan keng foydalanilgan (qarang [["Yusuf va Zulayho"]]).