Yusuf (paygʻambar): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 19:
Yusufni sotib olgan amaldor xotiniga: "Uni yaxshilab joylashtir, shoyad bizga manfaat bersa yoki bola qilib olsak", - dedi. Bu paytda Yusufning yoshi o'n ikkida edi. Mana shunday qilib, Yusuf misrlik amaldorning qo'lida xuddi o'z o'g'lidek katta bo'ladi. Voyaga yetgan vaqtida Alloh taolo unga hukmni va ilmni ato etdi. Albatta, u go'zal amal qiluvchi bandalardan edi.
 
So'zimizning avvalida aytdik, Yusuf alayhissalom go'zal husn egasi edi. Shuning uchun ham uni o'z qaramog'iga olgan ayol chidolmadi. Xuddi eriga tayyorlangandek tayyorlanib, eshiklarni berkitdi va Yusufga: "Yonimga kel", - dedi. Shunda Yusuf alayhissalom: "Alloh saqlasin! Axir u joyimni yaxshilab bergan xojam-ku! Albatta zolimlar najot topmaslar", - dedi. Yusuf alayhissalom bunday harom ish qilishdan Alloh saqlasin, demoqda. Keyin u yaxshilikni unutadigan odam ham emas. Xo'jasiniXojasini unga qilgan yaxshiliklarini ko'rib turib, unga xiyonat qilishdan tiyilmoqdatiyildi, faxshgafahshga aralishishibaralishib, zolimlardan bo'lib qolishni xohlamaydixohlamadi.
 
Keyin haligi ayol unga intildi, shunda Yusuf alayhissalom Allohning burhon-hujjatini ko'rdi. Alloh taolo Yusuf alayhissalomdan fahshni ana shunday qilib tiyib qo'ydi. Albatta Yusuf alayhissalom muxlis bandalardandir.
 
Shu o'rinda ba'zi manbalarda noto'g'ri fikrlar ham bor ekan. "Yusuf ham u ayol bilan bo'lishni xohladi, ammo Robbisining hujjatini ko'ribriganidan keyin, qaytdi", degan jumlalar mutlaqo xatodir. Yusuf alayhissalom bu ish haqida umuman o'ylamagandi ham. Alloh esa uning fahshga aralashib qolmasligi uchun hujjat nozil etganqilgan edi.
 
Keyin Yusuf alayhissalom eshik tomon chopdi. Uning ortidan u ayol ham yugurdi. So'ng u ayol Yusufning ko'ylagini orqasidan yirtdi. Shunda eshik oldida u xotinning eriga duch kelishdi. Shunda ayol makr qilishni boshladi va eriga: "Sening ahlingga yomonlik xohlaganning jazosi qamalmoq yoki alamli azobdir" - dedi. Ya'ni Yusuf alayhissalomni ayblay boshladi. Yusuf esa: "Uning o'zi mening nafsimni xohladi", - dedi.
 
Shunda u xotinning ahlidan bir kishi guvohlik berdi. Manbalarga ko'ra bu boshqa xonada yotgan bir chaqaloq bo'ladi. U chaqaloq AllohAllohning qudrati bilan so'zladi: "Agar Yusufning ko'ylagi old tomindantomondan yirtilgan bo'lsa, xotin rost aytibdi, u yolg'onchidir. Agar uning ko'ylagi orqa tomondan yirtilgan bo'lsa, Yusuf rost aytibdi. Xotin yolg'onchidir". UHaligi xotinning eri Yusufning ko'ylagi orqa tomondan yirtilganini ko'rib: "Bu siz ayollarning makringlarmakringiz. Albatta, sizlarning makrlaringiz buyuk makr bo'ldi. Ey, Yusuf, sen bu ishmiishni unut. Sen, xotin, gunohingga istig'for ayt. Albatta, sen xato qilguvchilardan bo'lding", - dedi.
 
Bu gap shaharga tarqadi. Shahar ayollari: "Azizning xotini xizmatkorining nafsini xohlabdi. Unga juda muhabbat qo'yib qolgan ekan-da! Biz u ayolni, albatta, ochiq-oydin adashuvda deb bilamiz", - deyishdi.(Bun yerdagi Aziz - haligi ayolning eri. O'sha paytlarda sanoat ishlari bilan shug'ullangan kishilarni "Aziz" deb atashgan.) Ayolning qulog'iga shahardagi gap-so'zlar yetib bordi. Keyin ularni odam yuborib bir joyga chaqirtirdi. Ularga suyanib o'tiradigan joy tayyorladi. Va har birlarining qo'llariga pichoq berdi. So'ng Yusufga: "Ularning oldiga chiq!", - dedi. U ayollar Yusuf alayhissalomni ko'rgan paytlarida lol qoldilar, es-hushlarini yo'qotganlaridan qo'llarini qiymaladilar. Amma og'riqni his etmadilar. Shunda ular: "Yo pok Parvardigoro! Bu bashar emas! Bu karamli farishtaning o'zi-ku!", - deyishdi. So'ng Yusufga intikishdiintilishdi, hammalari uning nafsini xohladi.
 
Shu holatda u ayol o'zini ulardan g'olib sezdi va: "Siz meni malomat qilgan edingiz. Ha, men undan nafsini xohladim, biroq u o'zini saqladi. Agar mening amrimni bajarmasa, albatta, qamalur va xor bo'lguvchilardan bo'lur", - dedi.
 
Yusuf alayhissalom shunda: "Ey, Robbim, ular meni chorlayotgan narsadan ko'ra menga qamoq mahbubroqdir. Bu ayollarning makrini mendan nari qilmasang, johillardan bo'lib qolaman", - dedi. Bas, Alloh uning duosini ijobat qilib, ularning makrini undan nari qildi. Albatta, Allohning O'zi eshiguvchieshitguvchi va bilguvchi zotdir.
 
Bo'lib o'tgan voqealardan so'ng, Aziz va uning atrofidagilarga, xotinning ahlihaahliga Yusufning beayb ekanligi alomatlari zohir bo'lib, ko'zlari bilan ko'rganlaridan keyin, uni bir muddat qamashlari ayon bo'ldi. Yusuf alayhissalomning boshiga yangi sinov keldi. U kishi qamoqqa tushdi.
 
Zindondagilarning va Misr hokimining tushi taʼbirini toʻgʻri aytib, u yerdan qutuladi. Davlat xazinasini saklovchi lavozimiga tayinlanadi. Yusur Misr taxtida adolat bilan hukm yurgiza boshladi. Zulayhoni oʻz nikohiga oladi. Boshqa davlatlarda ocharchilik yuz berganda ham, Misr zaminida toʻkinchilik boʻladi. Ittifoqo Kanʼon (hozirgi Livan)dan uning akalari don soʻrab kelib qolib, Yusufni tanimaydilar. Yusuf bir puxta tadbir bilan ularni oʻz xatogunohlariga iqror qiladi va otasi Yaʼqubning qoʻzlari ochilishiga sabab boʻladi. Uni Misrga olib keladi. Islom anʼanasida Yusuf chiroyli yigit sifatida tasvirlanadi. Qurʼonda Alloh barcha ummatlari boshlariga tushgan balo-qazolarga sabr-qanoat qilsa, ularni kulfatlardan xalos etib, saodatli kunlarga yetkazajagi uqtiriladi. Oʻrta asrlar musulmon sharqida yaratilgan koʻpchilik badiiy asarlarda Yusuf haqidagi rivoyatdan keng foydalanilgan (qarang [["Yusuf va Zulayho"]]).