Qirgʻizlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
→‎Qirgʻizlar: Xatoni tuzatdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali
Qator 59:
Qirgʻiz nomi ilk bor geegun shaklida xitoycha „Xanshu“ („Xan sulolasi tarixi“; milodiy 1-asr) yilnomasida miloddan avvalgi 203 yilgi voqealar bayonida tilga olinadi. Qirgʻizlarning kelib chiqishi haqida turli qarashlar mavjud, xususan ularning Yenisey qirgʻizlari deb atalmish xalqdan tarqalgani masalasi munozarali. Qirgʻizlarning ilk etnik tarixi qad. qabila ittifoklari (hunlar, dinlinlar, saklar va usunlar) bilan bogʻliq. Turk xoqonligi va koʻchmanchi davlat uyushmalari davrida (6—10-asr), keyinchalik qirgʻizlar [[tarkibiga kirgan qabilalar Sayan-Oltoy]], [[Irtish boʻyi]], [[Sharqiy Tyanshanning turkiy aholisi orasida shakllanganlar]]. Qirgʻizlarning bir qismi 9—12-asrlarda, katta qismi esa oʻrta asrlar davomida gʻarbga koʻchib, Issiqkoʻl atroflari, Yettisuv havzasi, Tyanshan (Tangritog) yon bagʻirlari, Fargʻona vodiysining togʻoldi hududlari va Dashti Qipchoq oʻlkalariga borib joylashgan.
 
Qirgʻizlarning asosiy qismi Tyanshan va Issiqkoʻl oraligʻini makon tutib, bu yerdagi bir necha turkiy qabilalar bilan birgalikda hozirgi qirgʻiz xalqini tashkil qilgan. Qirgʻiz xalqi tarkibiga, shuningdek, Yettisuv va Movarounnahrning turkiy qabilalari, jumladan qarluqlar va uygʻurlar, keyinroq moʻgʻul qabilalari, 16—17-asrda esa kelib chiqishi qozoqnoʻgʻaylar bilan bogʻliq qabilalar kirgan. Qirgʻizlarning bir qismi boshqa turkiy xalqlarning etnogenezida qatnashgan. Xususan, 92 oʻzbek urugʻiga oid shajaranomalarning barchasida qirgʻiz etnonimi qayd qilingan. Shuningdek, Oʻzbekistonning bir nschanecha viloyatlarida qirgʻiz nomi etnotoponim sifatida saqlanib qolgan.
 
Qirgʻizlar qoʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvachilik, ayrim tumanlarda dehqonchilik bilan shugʻullangan.