Yusuf (paygʻambar): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 59:
Bu yerdan xulosa shuki, Allohdan o'zgaga suyanib bo'lmasligidir. Yusuf alayhissalom bir marta Allohdan o'zgaga suyanib qo'ygandi, Alloh soqiy bolani esidan uning iltimosini chiqarib qo'ydi. Albatta, Alloh yaxshi ko'rgan bandasidan bir xato o'tsa, darrov uni jazolaydi. Qaytib bu xatoni qilmasligi uchun. Shu sababli Yusuf alayhissalom zindonda yetti yil qolib ketdi.
 
Kunlardan bir kuni bu shaharning podshohi hadeb bir xil tush ko'raverganidan a'yonlarini yig'ib, ulardan tushini ta'bir qilishlarini so'rab: "Men tushimda yettita semiz sigirni yettita oriq sigir yeyotganini va yettita yashil boshoqni va shuncha qurug'ini ko'rmoqdaman. Ey, a'yonlar, agar tush ta'birini qiladigan bo'lsangiz, menga tushimning fatvosini bering", - dedi. Shunda a'yonlari: "Bu alg'ov-dalg'ov tushdir. Biz bunday tushlarning ta'birini biluvchi emasmiz", - deyishdi.
Zindondagilarning va Misr hokimining tushi taʼbirini toʻgʻri aytib, u yerdan qutuladi. Davlat xazinasini saklovchi lavozimiga tayinlanadi. Yusur Misr taxtida adolat bilan hukm yurgiza boshladi. Zulayhoni oʻz nikohiga oladi. Boshqa davlatlarda ocharchilik yuz berganda ham, Misr zaminida toʻkinchilik boʻladi. Ittifoqo Kanʼon (hozirgi Livan)dan uning akalari don soʻrab kelib qolib, Yusufni tanimaydilar. Yusuf bir puxta tadbir bilan ularni oʻz xatogunohlariga iqror qiladi va otasi Yaʼqubning qoʻzlari ochilishiga sabab boʻladi. Uni Misrga olib keladi. Islom anʼanasida Yusuf chiroyli yigit sifatida tasvirlanadi. Qurʼonda Alloh barcha ummatlari boshlariga tushgan balo-qazolarga sabr-qanoat qilsa, ularni kulfatlardan xalos etib, saodatli kunlarga yetkazajagi uqtiriladi. Oʻrta asrlar musulmon sharqida yaratilgan koʻpchilik badiiy asarlarda Yusuf haqidagi rivoyatdan keng foydalanilgan (qarang [["Yusuf va Zulayho"]]).
 
Ancha muddat o'tganidan so'ng, haligi qamoqdan ozod bo'lgan soqiy yigitning esiga Yusuf alayhissalom tushlar ta'birini bilishini keldi va podshohga borib: "Bu tushning ta'birini sizga men beraman. Meni yuboring", - dedi. U Yusuf alayhissalomning oldiga borish uchun podshohdan ruxsat olgandan keyin, borib Yusufga dedi: "Yusuf, ey, rostgo'y zot, bizga yettita semiz sigirni yettita oriq sigir yeyotganini va yettita yashil boshoqni va shuncha qurug'ining ta'birni ayt. Shoyadki odamlarning oldiga qaytib borsam, ular ham bilsalar". Yusuf bu tushni ta'bir qila boshladi: "Ketma-ket yetti yil ziroat qilasizlar. Yig'ishtirib olgan hosilingizni boshog'ida qoldiring. Magar ozgina yeydiganingizni qoldirmang. So'ng undan keyin yettita shiddatli yil keladi, ular oldindan tayyorlab qo'yganingizni yeydilar. Magar ozgina saqlab qo'yganingizgina qolur". Ya'ni yettita semiz sigir va shuncha yashil boshoqning ta'biri shuki, yetti yil serhosil keladi. Hosil to'planganda, hosillarni boshog'ida qoldirilsa, yaxshi saqlanadi, qurt-qumursqalar yemaydi. Faqat o'zlari uchun yetarlisinigina olishini Yusuf aytib o'tmoqda. E'tibor bersak, Yusuf alayhissalom tushni ta'bir qilishdan tashqari, qanday chora-tadbirlar ko'rish kerakligini aytdi. Yettita oriq sigir va shuncha quruq boshoq esa, qahatchilik yillaridir. Bu qahatchilik yillarida, odamlar serhosil kelgan yillardagi hosillardan foydalanishlari kerak bo'ladi. Yusuf alayhissalom davom etib: "So'ngra undan keyin bir yil keladiki, unda odamlar serob qilinadilar va mevalarni siqadilar", - dedi. Bu podshohning ko'rgan tushidan tashqaridir. Bu Yusuf alayhissalomning payg'ambarlik mo'jizalaridan edi.
 
Soqiy yigit podshohning oldiga borib bo'lgan voqeani aytdi. Podshoh Yusufni ilmli, solih kishi ekanini anglab, dedi: "Uni menga keltiringlar". So'ng podshoh Yusuf alayhissalomga elchi yubordi. Elchi uning oldiga borib, podshohning huzuriga chorlaganda Yusuf: "Xo'jang huzuriga qaytib bor va undan qo'llarini kesgan ayollarning holi nima bo'lganini so'ra, albatta, Robbim ularning makrini bilguvchidir", - dedi. Ya'ni Yusuf alayhissalom qamoqdan o'zini aybsizligini isbotlab chiqmoqchi edi.
 
Elchi qaytib borib buni podshohiga aytdi. So'ng podshoh haligi ayollarni to'pladi va: "Yusufning nafsini xohlagan paytingizda ahvolingiz qanday edi?", - dedi. Ayollar: "Alloh saqlasin biz unda yomonlik sezmadik", - deyishdi. Azizning xotini: "Endi haqiqat zohir bo'ldi. Men uning nafsini xohladim. U sodiqlardandir. Bu men unga yo'g'ida orqasidan xiyonat qilmaganimni, albatta, Alloh xoinlarning makrini to'g'rilikka yo'llamasligini bilishi uchundir. Va o'z nafsimni oqlamayman. Albatta, nafs, agar Robbim rahm qilmasa, yomonlikka ko'p undovchidir. Albatta, Robbim mag'rifatli va bilguvchidir", - dedi.
 
Podshohning Yusufga ixlosi oshib aytdi: "Uni menga keltiringlar. Uni o'zimga xos kishilardan qilib olaman". Va uni olib kelishdi. So'ng podshoh: "Albatta, sen bugungi kunda, huzurimizda makonatli va ishonchli kishilardandirsan". Ya'ni uni o'ziga xos odamlardan qilmoqchiligini bildirdi. Yusuf alayhissalom: "Meni yerning xazinalari ustiga qo'y. Albatta men muhofaza qiluvchi va biluvchiman", - dedi. Ya'ni Yusuf alayhissalom, men xazinani qanday muhofaza qilish - saqlash va uni qanday tasarruf qilishni biluvchiman, dedi. Shundan so'ng Yusuf alayhissalom mamlakatning xazinaboniga aylandi.
 
Zindondagilarning va Misr hokimining tushi taʼbirini toʻgʻri aytib, u yerdan qutuladi. Davlat xazinasini saklovchi lavozimiga tayinlanadi. Yusur Misr taxtida adolat bilan hukm yurgiza boshladi. Zulayhoni oʻz nikohiga oladi. Boshqa davlatlarda ocharchilik yuz berganda ham, Misr zaminida toʻkinchilik boʻladi. Ittifoqo Kanʼon (hozirgi Livan)dan uning akalari don soʻrab kelib qolib, Yusufni tanimaydilar. Yusuf bir puxta tadbir bilan ularni oʻz xatogunohlariga iqror qiladi va otasi Yaʼqubning qoʻzlari ochilishiga sabab boʻladi. Uni Misrga olib keladi. Islom anʼanasida Yusuf chiroyli yigit sifatida tasvirlanadi. Qurʼonda Alloh barcha ummatlari boshlariga tushgan balo-qazolarga sabr-qanoat qilsa, ularni kulfatlardan xalos etib, saodatli kunlarga yetkazajagi uqtiriladi. Oʻrta asrlar musulmon sharqida yaratilgan koʻpchilik badiiy asarlarda Yusuf haqidagi rivoyatdan keng foydalanilgan (qarang [["Yusuf va Zulayho"]]).
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->