Yusuf (paygʻambar): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 97:
Qolganlari otasining oldiga borib bo'lgan voqeani aytdilar. Bularni eshitib Ya'qub alayhissalom: "Yo'q, havoi nafsingiz sizga bir ishni yaxshi ko'rsatdi. Endi meni ishim siroyli sabr qilish. Shoyadki, Alloh ularning hammasini huzurimga jamlab keltirsa. Albatta, Uning O'zi bilguvchi va hikmatli zotdir", - dedi. Ya'qub alayhissalom Yusufni yo'qotganida ham shu gapni aytgandi. Bu safar ham shuni takrorlab, hamma o'g'illarimni Alloh jamlab keltirsaydi, deb umid qildi. Va o'g'illaridan yuz burib, dardini ichiga yutib, "Oh, Yusuf!" deganicha ko'p yig'ladi. Ko'p yig'laganligidan ko'zlari ko'r bo'ldi. Bir qancha vaqt o'tgandan keyin o'g'illari bundan xabardor bo'lib, unga: "Allohga qasamki, toki madordan ketguningizcha, toki halok bo'luvchilardan bo'lguningizcha Yusufni zikr qilaverasiz", - dedilar. Ya'qub alayhissalom: "Albatta, men dard-u hasratimdan faqat Allohning O'ziga shikoyat qilmoqdaman va Allohdan siz bilmagan narsani bilaman. Ey, o'g'illarim boringlar, Yusufni va uning ukasini izlanglar, Allohning rahmatidan noumid bo'lmanglar. Haqiqatda Allohning rahmatidan faqat kofir qavmlargina noumid bo'lurlar", - dedi.
 
Har borganlarida olib kelgan taomlari bir yilga yetarli. Keyingi yili o'g'ir ahvolga tushdilar. Azizga olib boradigan deyarli sarmoyalari yo'q edi. Shunday bo'lsa ham bor yo'qlarini to'plab, Misrga bordilar. Yusuf alayhissalomning oldiga kirganlarida: "Ey, Aziz, bizni va ahlimizmi zarar tutdi va arzimagan sarmoya keltirdik. Bas, bizga o'lchovni to'liq qilib ber va sadaqa ham ber. Alloh, albatta, sadaqa beruvchilarni mukofotlaydir", - dedilar. Avval o'zlari yomon ko'rib, o'ldirishni niyat qilgan kishidan endi sadaqa so'rash holiga yetdilar, ammo uni Yusuf ekanligini bilmasdilar. Shu holda Yusuf alayhissalom: "Johillik paytingizda Yusufga va uning inisiga nima qilganlaringizni bilasizlarmi?", - dedi. Shunda akalari hayron bo'lib qoldilar. Ko'zlari Aziz siymosida Yusufni ko'rdi, quloqlari uning ovozini eshitdi va: "E-e, hali sen, sen Yusufmisan?!", - dedilar. Yusuf alayhissalom: "Men Yusufman, - Binyaminni ularga ishora qilib, - mana bu inim. Alloh bizga marhamat ko'rsatdi. Haqiqatda kim taqvo va sabr qilsa, Alloh, albatta, go'zal ish qiluvchilarning ajrini zoye qilmagay", - dedi. So'ng akalari: "Allohga qasamki, haqiqatda Alloh seni bizdan ustun qildi. Biz esa xatokorlardan bo'ldik", - deyishdi. Yusuf alayhissalom ularning avvalgi qilmishlarini kechirgandi. Shuning uchun u: "Bugungi kunda sizni ayblash yo'q. Sizlarni Alloh mag'rifat qilgay. U rahm qilguvchilarning eng rahmlirog'idir", - dedi. Akalari otasi haqida unga aytishgach, Yusuf: "Mening mana bu ko'ylagimni olib borib, otamning yuziga tashlangiz. So'ngra ahlingiz ila jam bo'lib huzurimga kelinglar", - dedi. Bir ko'ylak bilan ko'zning tuzalishi, albatta, payg'ambarlarga Alloh ato etgan mo'jizalardandir.
Yusuf bir puxta tadbir bilan ularni oʻz xatogunohlariga iqror qiladi va otasi Yaʼqubning qoʻzlari ochilishiga sabab boʻladi. Uni Misrga olib keladi. Islom anʼanasida Yusuf chiroyli yigit sifatida tasvirlanadi. Qurʼonda Alloh barcha ummatlari boshlariga tushgan balo-qazolarga sabr-qanoat qilsa, ularni kulfatlardan xalos etib, saodatli kunlarga yetkazajagi uqtiriladi. Oʻrta asrlar musulmon sharqida yaratilgan koʻpchilik badiiy asarlarda Yusuf haqidagi rivoyatdan keng foydalanilgan (qarang [["Yusuf va Zulayho"]]). <!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
Akalari Misrdan karvon bilan yo'lga chiqdilar. Ya'qub alayhissalom va oilasi Ka'nonda yashardi. Misr bilan uning orasi sakkiz kunlik yo'l edi. Ammo, karvon joyidan qo'zg'alishi bilan Ya'qub alayhissalomga Yusufning hidi sezildi va atrofidagilarga: "Meni aqldan ozgan demanglar-u, albatta, men Yusufning hidini sezmoqdaman", - dedi. Uning huzuridagilar bunga ishonmadi. Shu sabab ular: "Allohga qasamki, sen hali ham eski adashuvingdasan", - deyishdi.
 
O'g'illari yetib kelib, ko'ylakni uning yuziga tashlaganlarida, yana ko'zlari ochildi. Ya'qub alayhissalom: "Sizlarga men, Allohdan sizlar bilmaydigan narsani bilaman, demaganmidim?", - dedi. O'g'illari: "Ey, otamiz, gunohlarimiz uchun istig'for ayt. Albatta biz xatokorlardan bo'lgan ekanmiz", - dedilar. U: "Sizlar uchun Robbimga istig'for aytaman. Albatta, Uning O'zi mag'rifat qilguvchi va rahmli Zotdir", - dedi.
 
Shundan so'ng hammalari Ya'qub alayhissalom boshchiligida yurtlari Ka'nondan Misrga qarab yo'lga tushdilar. Ularni Misrning chegarasida Yusuf alayhissalom kutyotgan edi. Ular Yusuf alayhissalomning huzuriga kirgan chog'larida u o'zini ota-onasining quchog'iga otdi va: "Allohning xohishi ila Misrga omonlikda kiringlar!", - dedi. So'ng Misrga kelib Yusufning saroyiga kirganlarida u ota-onasini o'z taxtiga chiqardi. Keyin ota-onasi va akalari Yusufga sajda qilgan hollarida yiqildilar. Bu ibodat sajdasi emas, hurmat sajdasi edi. Shunda Yusuf alayhissalom otasiga: "Ey, otajon, bu avval ko'rgan tushimning ta'biridir. Robbim uni haqqa aylantirdi. Darhaqiqat, U menga yaxshilik qildi. Meni qamoqdan chiqardi. Shayton men bilan akalarimning orasini buzgandan so'ng, sizlarni biyobondan olib keldi. Albatta, Robbim nimani xohlasa, o'shanga latifdir. Albatta, Uning O'zi bilguvchi va hikmatli zotdir", - dedi. Qissa boshidagi Yusufning o'n ikki yoshida ko'rgan tushi haqiqatga aylandi. Ba'zi manbalarda Yusufning o'sha tushi bilan bu voqeagacha 22 yil o'tgan deyiladi, ba'zilarida 40 yil. Qaysi biri to'g'ri ekanligini Allohning O'zi biladi. Yusuf alayhissalom so'zida davom etib Allohga duo qildi: "Ey, Robbim, haqiqatda menga mulk berding va menga tushlarning ta'birini o'rgatding. Ey, osmonlar-u yerni yaratgan zot! Sen dunyo-yu oxiratda mening valiyyimsan. Meni musulmon holimda jonimni olgin va solihlar qatoriga qo'shgin".
 
Mana shu yerda Yusuf alayhissalomning qissasi o'z nihoyasi yetadi. "Yusuf" surasi 111 oyatdan iborat. 101-oyatda Yusuf alayhissalomning qissasi yakunlanadi.
 
Yusuf bir puxta tadbir bilan ularni oʻz xatogunohlariga iqror qiladi va otasi Yaʼqubning qoʻzlari ochilishiga sabab boʻladi. Uni Misrga olib keladi. Islom anʼanasida Yusuf chiroyli yigit sifatida tasvirlanadi. Qurʼonda Alloh barcha ummatlari boshlariga tushgan balo-qazolarga sabr-qanoat qilsa, ularni kulfatlardan xalos etib, saodatli kunlarga yetkazajagi uqtiriladi. Oʻrta asrlar musulmon sharqida yaratilgan koʻpchilik badiiy asarlarda Yusuf haqidagi rivoyatdan keng foydalanilgan (qarang [["Yusuf va Zulayho"]]). <!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Yusuf''' ([[Ivrit]]: '''יוֹסֵף'''/Yosef, [[Arabcha]]: '''يوسف'''/Yusuf) [[Yahudiylik|Yahudiy]] dinining otasi, [[Islom]]ga koʻra esa [[payg'ambar]]dir. [[Yoqub]]ning oʻn ikki oʻlidan oʻn birinchisi. Buvasi [[Ishoq]], Buvasining otasi [[Ibrohim]]. Yoqubning eng yahshi koʻrgan hotinidan tugʻilgan eng suyukli oʻgʻlidir. Yusufga [[Xudo|Tangri]] tarafidan tushlarni tabirlash qobiliyati berilgan edi. Hasadchi akalari uni oldin chuqurga otadilar, keyin esa [[Misr]]li savdogarlarga qul sifatida sotadilar.