Yusuf (paygʻambar): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 59:
Kunlardan bir kuni bu shaharning podshohi hadeb bir xil tush koʻraverganidan aʼyonlarini yigʻib, ulardan tushini taʼbir qilishlarini soʻrab: „Men tushimda yettita semiz sigirni yettita oriq sigir yeyotganini va yettita yashil boshoqni va shuncha qurugʻini koʻrmoqdaman. Ey, aʼyonlar, agar tush taʼbirini qiladigan boʻlsangiz, menga tushimning fatvosini bering“, — dedi. Shunda aʼyonlari: „Bu algʻov-dalgʻov tushdir. Biz bunday tushlarning taʼbirini biluvchi emasmiz“, — deyishdi.
 
Ancha muddat oʻtganidan soʻng, haligi qamoqdan ozod boʻlgan soqiy yigitning esiga Yusuf alayhissalomalayhissalomning tushlar taʼbirini bilishinibilishi keldi va podshohga borib: „Bu tushning taʼbirini sizga men beraman. Meni yuboring“, — dedi. U Yusuf alayhissalomning oldiga borish uchun podshohdan ruxsat olgandan keyin, borib Yusufga dedi: „Yusuf, ey, rostgoʻy zot, bizga yettita semiz sigirni yettita oriq sigir yeyotganini va yettita yashil boshoqni va shuncha qurugʻining taʼbirni ayt. Shoyadki odamlarning oldiga qaytib borsam, ular ham bilsalar“. Yusuf bu tushni taʼbir qila boshladi: „Ketma-ket yetti yil ziroat qilasizlar. Yigʻishtirib olgan hosilingizni boshogʻida qoldiring. Magar ozgina yeydiganingizni qoldirmang. Soʻng undan keyin yettita shiddatli yil keladi, ular oldindan tayyorlab qoʻyganingizni yeydilar. Magar ozgina saqlab qoʻyganingizgina qolur“. Yaʼni yettita semiz sigir va shuncha yashil boshoqning taʼbiri shuki, yetti yil serhosil keladi. Hosil toʻplanganda, hosillarni boshogʻida qoldirilsa, yaxshi saqlanadi, qurt-qumursqalar yemaydi. Faqat oʻzlari uchun yetarlisinigina olishini Yusuf aytib oʻtmoqda. Eʼtibor bersak, Yusuf alayhissalom tushni taʼbir qilishdan tashqari, qanday chora-tadbirlar koʻrish kerakligini aytdi. Yettita oriq sigir va shuncha quruq boshoq esa, qahatchilik yillaridir. Bu qahatchilik yillarida, odamlar serhosil kelgan yillardagi hosillardan foydalanishlari kerak boʻladi. Yusuf alayhissalom davom etib: „Soʻngra undan keyin bir yil keladiki, unda odamlar serob qilinadilar va mevalarni siqadilar“, — dedi. Bu podshohning koʻrgan tushidan tashqaridir. Bu Yusuf alayhissalomning paygʻambarlik moʻjizalaridan edi.
 
Soqiy yigit podshohning oldiga borib boʻlgan voqeani aytdi. Podshoh Yusufni ilmli, solih kishi ekanini anglab, dedi: „Uni menga keltiringlar“. Soʻng podshoh Yusuf alayhissalomga elchi yubordi. Elchi uning oldiga borib, podshohning huzuriga chorlaganda Yusuf: „Xoʻjang huzuriga qaytib bor va undan qoʻllarini kesgan ayollarning holi nima boʻlganini soʻra, albatta, Robbim ularning makrini bilguvchidir“, — dedi. Yaʼni Yusuf alayhissalom qamoqdan oʻzini aybsizligini isbotlab chiqmoqchi edi.