Yusuf (paygʻambar): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 95:
Qolganlari otasining oldiga borib boʻlgan voqeani aytdilar. Bularni eshitib Yaʼqub alayhissalom: „Yoʻq, havoi nafsingiz sizga bir ishni yaxshi koʻrsatdi. Endi meni ishim chiroyli sabr qilish. Shoyadki, Alloh ularning hammasini huzurimga jamlab keltirsa. Albatta, Uning Oʻzi bilguvchi va hikmatli zotdir“, — dedi. Yaʼqub alayhissalom Yusufni yoʻqotganida ham shu gapni aytgandi. Bu safar ham shuni takrorlab, hamma oʻgʻillarimni Alloh jamlab keltirsaydi, deb umid qildi. Va oʻgʻillaridan yuz burib, dardini ichiga yutib, „Oh, Yusuf!“ deganicha koʻp yigʻladi. Koʻp yigʻlaganligidan koʻzlari koʻr boʻldi. Bir qancha vaqt oʻtgandan keyin oʻgʻillari bundan xabardor boʻlib, unga: „Allohga qasamki, toki madordan ketguningizcha, toki halok boʻluvchilardan boʻlguningizcha Yusufni zikr qilaverasiz“, — dedilar. Yaʼqub alayhissalom: „Albatta, men dard-u hasratimdan faqat Allohning Oʻziga shikoyat qilmoqdaman va Allohdan siz bilmagan narsani bilaman. Ey, oʻgʻillarim boringlar, Yusufni va uning ukasini izlanglar, Allohning rahmatidan noumid boʻlmanglar. Haqiqatda Allohning rahmatidan faqat kofir qavmlargina noumid boʻlurlar“, — dedi.
 
Har borganlarida olib kelgan taomlari bir yilga yetarliyetardi. Keyingi yili oʻgʻir ahvolga tushdilar. Azizga olib boradigan deyarli sarmoyalari yoʻq edi. Shunday boʻlsa ham bor yoʻqlarini toʻplab, Misrga bordilar. Yusuf alayhissalomning oldiga kirganlarida: „Ey, Aziz, bizni va ahlimizmi zarar tutdi va arzimagan sarmoya keltirdik. Bas, bizga oʻlchovni toʻliq qilib ber va sadaqa ham ber. Alloh, albatta, sadaqa beruvchilarni mukofotlaydir“, — dedilar. Avval oʻzlari yomon koʻrib, oʻldirishni niyat qilgan kishidan endi sadaqa soʻrash holiga yetdilar, ammo uni Yusuf ekanligini bilmasdilar. Shu holda Yusuf alayhissalom: „Johillik paytingizda Yusufga va uning inisiga nima qilganlaringizni bilasizlarmi?“, — dedi. Shunda akalari hayron boʻlib qoldilar. Koʻzlari Aziz siymosida Yusufni koʻrdi, quloqlari uning ovozini eshitdi va: „E-e, hali sen, sen Yusufmisan?!“, — dedilar. Yusuf alayhissalom: „Men Yusufman, — Binyaminni ularga ishora qilib, — mana bu inim. Alloh bizga marhamat koʻrsatdi. Haqiqatda kim taqvo va sabr qilsa, Alloh, albatta, goʻzal ish qiluvchilarning ajrini zoye qilmagay“, — dedi. Soʻng akalari: „Allohga qasamki, haqiqatda Alloh seni bizdan ustun qildi. Biz esa xatokorlardan boʻldik“, — deyishdi. Yusuf alayhissalom ularning avvalgi qilmishlarini kechirgandi. Shuning uchun u: „Bugungi kunda sizni ayblash yoʻq. Sizlarni Alloh magʻrifat qilgay. U rahm qilguvchilarning eng rahmlirogʻidir“, — dedi. Akalari otasi haqida unga aytishgach, Yusuf: „Mening mana bu koʻylagimni olib borib, otamning yuziga tashlangiz. Soʻngra ahlingiz ila jam boʻlib huzurimga kelinglar“, — dedi. Bir koʻylak bilan koʻzning tuzalishi, albatta, paygʻambarlarga Alloh ato etgan moʻjizalardandir.
 
Akalari Misrdan karvon bilan yoʻlga chiqdilar. Yaʼqub alayhissalom va oilasi Kaʼnonda yashardi. Misr bilan uning orasi sakkiz kunlik yoʻl edi. Ammo, karvon joyidan qoʻzgʻalishi bilan Yaʼqub alayhissalomga Yusufning hidi sezildi va atrofidagilarga: „Meni aqldan ozgan demanglar-u, albatta, men Yusufning hidini sezmoqdaman“, — dedi. Uning huzuridagilar bunga ishonmadi. Shu sabab ular: „Allohga qasamki, sen hali ham eski adashuvingdasan“, — deyishdi.